Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Xalqaro hisob – kitoblarning vujudga



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

19.4. Xalqaro hisob – kitoblarning vujudga
kelishi va mohiyati 
 
Xalqaro valyuta hisob – kitoblarning vujudga kelishi va rivojlani-
shining asosida mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar almashi-
vuning mavjudligi, kapital aylanmasining vujudga kelishi va uning 
hajmini doimo ortib borishi yotadi. Xalqaro hisob – kitoblar xalqaro 
tashqi tovar va xizmatlar aylanmasini tashkil etish, tijorat va notijorat 
operatsiyalarni amalga oshirish, kreditlar berish va kapital xarakatida 
namoyon bo‘ladi. 
Xalqaro hisob – kitoblar
– turli mamlakatlar yuridik va jismoniy 
shaxslari o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar nati-
jasida vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlarni tartibga solish 
usullaridir. Mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalar-
ning asosiy hajmi xorijiy valyutalarni ko‘chirish, ya’ni xalqaro hisob – 
kitoblar asosida amalga oshiriladi. 
Xalqaro hisob – kitoblarni amalga oshirishda banklarning xorijiy 
mamlakatlardagi bo‘limlari yoki xorijiy banklar bilan o‘rnatilgan 
vakillik hisobraqamlaridan (korrespondentlik munosabatlari) foyda-
laniladi.
Korrespondent munosabatlarda “loro” (xorijiy banklarning 
mahalliy banklardagi), “nostro” (mahalliy banklarning xorijiy banklar-
dagi) hisobraqamlarini ochish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob – 
kitoblarda qo‘llaniladigan korrespondent hisobraqamlar ochilganda 
banklar o‘rtasida ushbu hisobraqamlar bo‘yicha hisob – kitoblarni 
amalga oshirish tartibi, komission to‘lovlarning miqdori, sarflangan 
mablag‘larni to‘ldirish yo‘llari va boshqa masalalarni bajarish haqida 
o‘zaro kelishuv tuziladi. 
Banklar xalqaro hisob–kitoblarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga 
oshirish maqsadida likvidli valyutalarda zarur miqdordagi valyuta 
pozitsiyalarni taminlashga xarakat qiladi, bunda asosiy e’tibor amalga 
oshiriladigan hisob–kitoblarni belgilangan muddat va miqdorda to‘lab 
berishga qaratiladi. 
Xalqaro bank amaliyotidan ma’lumki, xalqaro hisob–kitoblarni 
amalga oshirayotgan banklar “nostro” hisobvaraqalari bo‘yicha tegishli 
valyutada daromad olish,
shuningdek, ushbu mablag‘larni jahon ssuda 
kapitali bozorlarida valyutali aktivlarga joylashtirish maqsadida 
tegishli qoldiqni saqlashga harakat qiladi.


343 
Xalqaro hisob – kitoblarda banklarning faoliyati tegishli mahalliy 
va xalqaro miqiyosdagi huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi. 
Xalqaro joriy valyuta operatsiyalardan dunyoning etakchi mamlakatlari 
milliy valyutasi to‘lov vositalari vazifasini bajaradi. Birinchi jahon 
urushiga qadar funt sterlingda muomalaga chiqarilgan veksellar (trat-
tallar) xalqaro hisob–kitoblar bo‘yicha operatsiyalarning 80 foizini 
bajardi. 
Mamlakatlar o‘rtasida mehnat taqsimotining kuchayishi va 
ularning iqtisodiyotini rivojlanishida o‘zaro mutanosiblikning vujudga 
kelishi bois, angliya funt sterlingi xalqaro hisob–kitoblardagi ulushi 
1948 yilda 40 foizga, 1999 yilarning boshida esa 5 foizga tushib qoldi.
AQSh dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982 yilda 78 foizga 
etdi, 2000 yillarning boshida evro, yaponiya iyenasi, shvetsariya franki 
va boshqa etakchi mamlakatlar milliy valyutalari xalqaro to‘lov 
vositasi sifatida foydalanila boshlandi, natijada AQSh dollarining 
xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan 
ayrim hisob – kitoblarda 1970 yildan SDR (spetsialnie prav 
zaimstvovaniya), 2000 yildan so‘ng evro faol qo‘llanila boshlandi.
Xalqaro hisob – kitoblarning rivojlanishi natijasida oltinni to‘lov 
vositasi sifatidagi roli nafaqat ichki hisob – kitoblardan, balki xalqaro 
to‘lovlarni amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standarti eng 
rivojlangan davrda ham xalqaro hisob–kitoblarda undan to‘lov balan-
sining passiv qoldig‘ini to‘lashda foydalanildi. Oltin standartining 
bekor qilinishi va sariq metallga kredit pullarni almashtirish to‘xtatil-
gandan so‘ng xalqaro majburiyatlarni oltinga to‘lash zaruriyati 
yo‘qoldi. 
Biroq, ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy–iqtisodiy 
barqarorlik buzilganda jahon pulini bajarayotgan milliy valyutalarga 
nisbatan ishonchning yo‘qolishi natijasida xalqaro hisob – kitoblarda 
oltindan foydalanish hollari amaliyotdan ma’lum.
Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob–kitoblar-
ning asosiy qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi 
davrda (1950 – 1958 yillarda) ayrim ko‘p tomonlama hisob – kitoblar 
dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan to‘langan. 
Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o‘zining to‘lov balansi 
barqarorligini ta’minlash maqsadida oltin zaxiralarini dunyoning 
etakchi valyutalariga sotadi. Bu o‘z – o‘zidan ko‘rinib turibdiki, oltin 


344 
xalqaro hisob – kitoblarda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etmasdan, oltin 
bozorlari orqali hisob – kitoblarni amalga oshirishga erishmoqda. 
Xalqaro hisob – kitoblarning holati va rivojlanishiga qator omillar 
ta’sir etadi. Xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy 
siyosat, valyuta qonunchiligi, xalqaro savdoni tashkil etishning qonun 
va qoidalari, shuningdek, moliya – kredit tizimining rivojlanganlik 
darajasi shular jumlasidandir. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish