325
doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o‘lchov birligi)
4,86 dollarga teng bo‘lgan.
Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar
yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini
o‘tagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga
yetishining asosiy sabablaridan biri sifatida,
dunyoning deyarli barcha
davlatlarida dollarning to‘lov vositasi sifatida amal qilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat
taqsimotida,
xalqaro
kapital
oqimida,
xalqaro
ishchi
kuchi
migratsiyasida va boshqalarda ko‘rishimiz mumkin.
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi,
barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent “maxsus
tovar” sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning
bu jarayonlardagi o‘rni unchalik katta emas. Chunki,
oltinni
muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan
kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi
mamlakatda sun’iy inflyatsiyani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi
bilan birga, mamlakat to‘lov balansining muvozanatini ta’minlagan.
Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar
bahosining ortishiga olib keladi. O‘z
navbatida aholining nominal
daromadlari ortadi, bu esa importning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past
bo‘ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan
qisqaradi. O‘z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni
keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valyuta zaxiralarini
kamayishiga olib keladi. Shu o‘rinda aytish joizki, bank depozitlarining
sun’iy ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditlar
hajmining ortishi ham oltin – valyuta zaxiralarini
kamayishiga olib
keladi. Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari
depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun
mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me’yorini
saqlash lozim bo‘ladi. Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini
tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati
ta’minlanadi. Bu esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini tug‘diradi va
mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat
o‘zaro savdo – iqtisodiy munosabatda bo‘lgan barcha davlatlarda
narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar davom etadi.
326
O‘z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal
qilishiga
aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va
ushbu pul tizimining mukammalligidan qat’iy nazar inflyatsiya,
retsessiya natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz
bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini o‘rnatilishi,
qonuniy to‘lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo‘yilganligi,
qog‘oz pullarni joriy etilishi va inflyatsiyani rag‘batlantirilishi kabi
yo‘nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat
qilgan. Davlatning pul muomalasiga ta’sir
etish choralarini joriy
etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o‘zgarishlar asosan bozor talabidan
kelib chiqib amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: