Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 


322 
 
 
 
XIX BOB. VALYUTA TIZIMI VA PULNING XALQARO 
MUNOSABATLARDAGI HARAKATLARI
 
19.1. Valyuta tizimi va uning elementlari 
 
Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishida mamlakatlar 
o‘rtasida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro bozor-
larning paydo bo‘lishi, xo‘jalik yuritishning xalqaro tizimini shaklla-
nishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning globallashuvi hamda internat-
sionallashuvi asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi. 
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiy – iqtisodiy muno-
sabatlarni rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Xalqaro takror ishlab 
chiqarish va valyuta munosabatlari o‘rtasida bevosita va qarama– qar-
shi aloqa mavjud bo‘lib, ular xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy ka-
pital va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida namoyon bo‘ladi. 
Mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarining holati milliy va 
xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy 
muhit, shuningdek, boshqa qator omillar bilan baholanadi. 
Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va internatsionallashuvi 
sharoitida ichki ishlab chiqarish jarayonlar tashqi omillarga bog‘liq 
bo‘lib qoladi. Jumladan, xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika 
taraqqiyoti, xorijiy kapitalning migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar 
valyuta munosabatlari orqali tartibga solib boriladi. Xalqaro valyuta 
munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy inqirozlari mahalliy va 
xalqaro darajadagi takror ishlab chiqarish jarayoniga salbiy tasir 
ko‘rsatadi. 
Mamlakatlar o‘rtasida xalqaro ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar – 
ning rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining shakllanishi va 
mazmunan rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o‘z 
navbatida valyuta tizimini shakllanishiga xizmat qildi.
Valyuta tizimi
– valyuta munosabatlarini tashkil etish va tartibga 
solish shakli bo‘lib, mahalliy qonunchilik yoki xalqaro kelishuv 
asosida mustahkamlanadi. Xalqaro iqtisodiy adabiyotlarda – milliy, 
xalqaro va hududiy valyuta tizimlari mavjudligi e’tirof etiladi. 


323 
Dastlab milliy valyuta tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta 
tizimlari xalqaro amaliyotdagi normalarni inobatga olgan holda 
mahalliy qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solinadi. Milliy valyuta 
tizimi mamlakat pul tizimini tashkil etib, erkin ravishda mamlakat 
hududidan o‘zga hududlarda to‘lov vositasini bajarishi mumkin. 
Buning uchun qator omillar mavjud bo‘lishi lozim. Xususan, milliy 
iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi taminlangan 
bo‘lishi, milliy valyutani sotib olish qobiliyati mustahkam bo‘lishi, 
mamlakat jahon xo‘jaligida yuqori mavqei va reytingga ega bo‘lishi 
kabilar shular jumlasidandir. 
Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishining asosini mamla-
katlarning milliy valyuta tizimi tashkil etadi va mamlakatlar o‘rtasida 
o‘zaro kelishuvlar asosida mustahkamlanadi. Dastlabki xalqaro valyuta 
tizmining vujudga kelishi 1850 yillarga to‘g‘ri keladi. Xalqaro valyuta 
tizimining barqaror samarali amal qilishi, uning tegishli tamoyillariga 
rioya etilishi, mamlakatlar o‘rtasida siyosiy iqtisodiy barqarorlik 
ta’minlanishini talab etadi, aks holda xalqaro valyuta tizimi vaqti – 
vaqti bilan inqirozga uchraydi, buning natijasida amaldagi valyuta 
tizimi barham topib, uning o‘rniga yangisi tashkil topadi.
Milliy va xalqaro valyuta tizimining amal qilishi, ularning 
elementlarida namoyon bo‘ladi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish