Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

13.2. O‘zbekiston Markaziy banki,
maqsadi va vazifalari
 
O‘zbekiston Markaziy banki iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, 
yuridik maqomga ega tashkilot hisoblanadi. Markaziy bank o‘z daro-
madlari hisobidan xarajatlarni amalga oshiradi. Agar uning xarajatlari 
daromadlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, ushbu farq (zarar) davlat byudjeti 
hisobidan qoplab beriladi. Hisobot yilining oxirida Markaziy bank 
ixtiyorida qolgan ortiqcha mablag‘ (foyda) to‘lig‘icha davlat byudjeti 
hisobiga o‘tkazib beriladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Markaziy banki tashkil topganidan 
buyon hisobot yilini moliyaviy zarar bilan qoplamagan, aksincha 
hisobot yilning so‘nggida juda katta miqdordagi mablag‘ni davlat 
byudjetiga o‘tkazib kelmoqda.
Markaziy bankning asosiy daromad manbalari sifatida emission 
daromad, tijorat banklariga beriladigan qayta moliyalash hisobidan 
oladigan foizlar, hukumatning oltin va valyuta zaxiralarini tasarruf 
etishdan oladigan foizlar, tijorat banklaridan iqtisodiy me’yorlarni 
buzganligi uchun undiradigan jarimalari, tijorat banklari elektron to‘lov 
tizimidan foydalanganliklari uchun to‘laydigan to‘lovlari va boshqa 
manbalarni keltirish mumkin. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan O‘zbekiston 
Markaziy banki qisqa muddat ichida banklarning banki sifatida juda 
katta ishlarni amalga oshirdi, shuningdek, uning faoliyati takomillashib 
va rivojlanib bordi. Buning natijasida uning faoliyatini amalga oshirish, 
huquq va majburiyatlarini belgilaydigan alohida huquqiy hujjatni qabul 
qilish zaruriyati vujudga keldi. Natijada 1995 yil 21 dekabrda 
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun qabul 
qilindi. Ushbu qonun 9 ta bo‘lim va 60 ta moddadan iborat bo‘lib, 
Markaziy bankning maqsadi, majburiyat va huquqlarini belgilaydi, 
shuningdek, Markaziy bankning barcha faoliyat turlari mazkur 
qonunda aniq va ravshan qilib belgilab qo‘yildi.
Mazkur qonunga ko‘ra, Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shu-
g‘ullanishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy yordam ko‘rsa-
tishi va ularning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30 - moddasiga 
asosan Markaziy bank va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek 


232 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari barcha 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi, 
yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno. 
Markaziy bank mamlakat banklarining banki hisoblanib, 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi. 
“Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonunning 31 – moddasida belgilangan 
holatlar bundan mustasno. Unga ko‘ra Markaziy bank, qonun hujjat-
larida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va bosh-
qaruv organlari, ayrim davlat qo‘mitasi va muassasalari, shuningdek, 
o‘zining huzuridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy 
hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalarini 
amalga oshirishi mumkin. 
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqaror-
ligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ushbu maqsadni amalga oshirish 
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 

monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi 
siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 

O‘zbekiston Respublikasida hisob – kitoblarning samarali 
tizimini tashkil etish va ta’minlash;

banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va 
garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, 
kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat 
qilish, qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash; 

O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin – valyuta 
rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo‘shgan holda, 
saqlash va tasarruf etish; 

mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi.
Markaziy bank o‘tgan yil faoliyatini mustaqil auditor tashkilotlar 
tekshiruvidan 
keyin 
hisobotni 
keyingi 
yilning 
15 
mayidan 
kechiktirmasdan Oliy Majlis Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi 
va hisobot beradi. 
 
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv 
Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab 
beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv o‘n bir kishidan iborat bo‘ladi. 
Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning o‘rinbosarlari, 
shuningdek, bankning asosiy bo‘linma rahbarlari kiradi. 
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkazib turila-
di, boshqaruv majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi va hal etiladi:


233 

monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan, 
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy 
bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning 
Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;

Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi; 

Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini 
hal qiladi; 

banknotalar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, 
shuningdek, pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgi-
laydi; 

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar 
miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;

banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari, 
mikrokredit tashkilotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy 
operatsiyalar o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya 
etilishini ko‘rib chiqadi;

bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va 
ularni chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyush-
malari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyati, shuningdek 
qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini 
amalga oshiradi; 

Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; 

Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, 
qayta tuzadi va tugatadi; 

Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi; 

Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib 
chiqadi; 

Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va 
korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi; 

Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va 
tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi; 

Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish, 
ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ularning 
kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga 
muvofiq belgilaydi; 

Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib 
chiqadi va hal qiladi. 


234 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 
shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror 
faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank 
faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida Markaziy 
bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb quyidagilar 
belgilab olindi: 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish