Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
 


295 
 
 
 
XVII BOB. NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI 
 
17.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish 
 
Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va 
alohida  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish  huquqi  bo‘lgan  kredit 
tashkiloti  tushuniladi.  Nobank  kredit  tashkilotlari  har  qanday  bank 
operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Xususan: 

 
yuridik  va  jismoniy  shaxslariga  hisob-kitob  xizmatlarini 
ko‘rsatish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish; 

 
hisob –raqam ochish va yuritish 

 
vakillik  hisob  varaqlarini  ochish  va  pul  mablag‘larini  o‘z 
nomiga  joylashtirish  va  boshqa  shu  kabi  operatsiyalar  shular 
jumlasidandir.  
Nobank kredit tashkilotlarining vujudga kelishining asosiy sabab-
laridan biri tez va kichik miqdordagi kreditlarni berish, nisbatan yuqori 
foiz  to‘lovlarni  to‘lash  hisoblanadi.  Chunki,  tijorat  banklari  kredit 
summasi  qancha  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  barchasiga  bir  xil  talabni 
qo‘yadi va bunga ko‘pchilik hollarda ma’lum kun talab etiladi.  
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga: 

 
kredit uyushmalari; 

 
mikrokredit tashkilotlari; 

 
lombardlar; 

 
lizing kompaniyalari; 

 
faktoring kompaniyalari kiradi. 
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan 
tovarlarni to‘la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi: 
a)
 
 moliyaviy lizing; 
b)
 
 operativ lizing. 
Nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyatidagi  quyidagi  xos  xusu-
siyatlariga  ega.  Nobank  kredit  tashkilotlari  faqat  alohida  olingan  bank 
operatsiyalarini amalga oshiradi. 
Nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyati  tor  doirada  ixtisoslashgan 
bo‘ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi.  


296 
 Nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyati  Markaziy  bank  tomonidan 
Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi. Nobank kredit 
tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi: 

 
ustav kapitali; 

 
boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam; 

 
o‘z a’zolaridan jalb qilingan pul mablag‘lari; 

 
tijorat banklarining kreditlari; 

 
sof foyda; 

 
foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar; 

 
o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi. 
O‘zbekiston  Respublikasida  faktoring  kompaniyalari  mavjud 
emas.  Faktoring  operatsiyalarini  tijorat  banklari  bajaradi.  Ammo  ular 
tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olishi mumkin emas.  
Lizing  kompaniyalari  uzoq  muddatli  kreditlar  bozorida  tijorat 
banklari bilan raqobat qila oladilar. Ular bahosi yuqori va uzoq muddat 
foydalaniladigan  tovarlarni  uzoq  muddatli  ijaraga  beradilar.  Lizing 
shartnomalarining  o‘rtacha  muddati  3-5  yilni  tashkil  qiladi.  Ammo 
lizing kompaniyalarining zaif jihati bo‘lib ularda resurslar yetishmaydi. 
Ular  faoliyatini  asosan  o‘z  mablag‘lari  hisobidan  moliyalashtirishga 
majburdirlar.  Shu  sababli  ular  tijorat  banklarining  uzoq  muddatli 
kreditlarini keng ko‘lamda jalb qiladilar.  
O‘zbekiston  Respupblikasida  lizing  operatsiyasi  bilan  tijorat 
banklari va lizing kompaniyalari shug‘illanadi. Asosiy muammo shun-
daki,  to  lizing  obyekti  lizing-oluvchi  tomonidan  qabul  qilib  olinma-
gunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.  
Kliring  uylari  (palatalari)  nobank  kredit  tashkiloti  hisoblanadi  va 
ular  chek  va  hosilaviy  qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  o‘zaro  hisob-kitob-
larni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchiga bankda hisob 
ochadi.  Bu  hisoblar  mazmuniga  ko‘ra  aktiv-passiv  hisoblar  hisoblanadi, 
ya’ni bu schyotlar debit yoki kredit qoldiqqa ega bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pchilik  mamlakatlarda  nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyati 
Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo 
Angliya,  Germaniya,  Lyuksenburg  kabi  mamlakarlarda  ular  nazorat 
funksiyasiga  ega  emas.  Shu  sababli  ushbu  mamlakatlarda  nobank 
kredit  tashkilotlarining  faoliyati  moliya  bozorining  regulyatori  tomo-
nidan  nazorat  qilinadi.  Nazorat  jarayonida  nobank  kredit  tashkilot-
larining  ustav  kapitalining  minimal  miqdoriga  nisbatan  talablar 
qo‘yiladi. 


297 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish