67
naqd pulsiz hisob – kitoblarni, shu jumladan bank kartalaridan foyda-
langan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radilar;
-yuridik shaxslar bilan kelishgan holda ularning kassalaridagi
naqd pul qoldig‘i limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va
muddatlarini
belgilaydilar;
-naqd pul mablag‘larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy
monitoringni
amalga oshiradilar;
-haqiqatda tushgan tushumlar va berilgan naqd pullarning kassa
aylanmalarining xomcho‘t hisob – kitoblaridan farq qilish sabablarini
tahlil qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash
choralarini ko‘radilar.
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi (MB HBB)
zimmasiga pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish, Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tijorat
banklarining faoliyatini muvofiqlashtirish va uning monitoringi
yuklatiladi. MB HBBlari xususan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
pul muomalasining holatini o‘rganadi, banklarning kassa aylan-
malarini tahlil qiladi, pul muomalasining holatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlarni
jamlaydi va tartibga soladilar;
pul muomalasini mustahkamlashga qaratilgan takliflarni
tayyorlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahrining joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga
qo‘yadilar;
naqd pulga bo‘lgan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutib,
mintaqalar va tijorat banklari filiallari o‘rtasida naqd pul mablag‘larini
tezkor qayta taqsimlashni amalga oshiradilar;
tijorat banklari bilan birgalikda naqd pul zaxiralari hajmining
eng kam miqdorini tasdiqlaydilar;
banklarning pul muomalasiga doir ishlarini tahlil qiladi va
o‘rganadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Yuridik shaxslar tomonidan kassa
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga (1998 yil 17 dekabrda
565 – son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq o‘z kassalarida naqd pul
qoldiqlari bo‘yicha belgilangan limitlar doirasida naqd pulga ega
bo‘lishlari mumkin.
Yuridik shaxslar kassadagi belgilangan naqd pul qoldig‘ining
limitdan ortiqcha qismini bank bilan kelishilgan tartibda va muddat-
larda hisobvaraqqa kiritib qo‘yish uchun bankka topshirishlari shart.
69
bo‘lmagan muddat mobaynida (banklardan uzoq masofada joylashgan
yuridik shaxslar esa 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga ega. Bu muddat
tugagach, ko‘zlangan maqsad uchun ishlatilmagan pullar bankka
qaytariladi va keyinchalik yuridik shaxslarga ularning birinchi talabi
bilanoq o‘sha maqsadlarga ishlatish uchun beriladi.
Pulning
aylanishini
tezlashtirish
va
bank
kassalariga
tushumlarning o‘z vaqtida tushishi zaruratidan kelib chiqqan holda,
banklar tomonidan har bir yuridik shaxsga ularning rahbarlari bilan
kelishilgan tarzda tushum topshirish vaqti va tartibi belgilanadi.
Kassadagi naqd pul qoldiqlarining belgilangan limitlari, tushumni
topshirish tartibi va muddatlari banklar tomonidan har bir yuridik
shaxsga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Banklar yuridik shaxslarning pul tushumlarini o‘z vaqtida va
to‘liq topshirishlari bo‘yicha monitoring olib boradilar.
Markaziy bank tijorat banklarini naqd pulga bo‘lgan talabini
qondirish maqsadida kassa buyurtmalariga asosan ularga naqd pullarni
jo‘natadi, ular o‘rtasida naqd pullarning taqsimlanishi va maqsadli
foydalanishi ustidan umumiy monitoringni tashkil etadi.
Markaziy bank tijorat banklarining aylanma kassasiga naqd
pullarni saqlashning maksimal miqdorini o‘rnatadi.
Unga tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullar 10101
– “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida hisobga olib
boriladi.
O‘rnatilgan kassa limitidan ortgan naqd pullar tegishli 10102 –
“Zaxiradagi naqd pullar” hisobvarag‘iga kirim qilinadi va Markaziy
bankning tegishli ruxsati bilan ishlatiladi.
Markaziy bank ushbu hisobvaraqdagi kassa limitidan ortiqcha
mablag‘larni ishlatish bo‘yicha tijorat bankiga:
– tijorat bankiga foydalanishga
ruxsat berishi haqida;
– boshqa tijorat bankiga jo‘natish haqida;
– Markaziy bankning hisob – kassa markazining zaxira fondiga
topshirish haqida bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent
shahri va viloyalarida tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd
pullarni va kassa limitidan ortiqcha mablag‘larni ishlatish va nazorat
qilish ishlari Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari orqali
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: