Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
 
VII BOB. INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH 
YO‘LLARI 
 
7.1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari 
 
Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyat-
siyani  vujudga  keltiruvchi  iqtisodiy  kategoriyalardan  biri  hisoblanadi. 
“Inflyatsiya” termini – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib – “
shishirilgan”, 
“bo‘rttirilgan”, “ko‘pchigan” 
kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning 
iqtisodiy  mohiyati  muomaladagi  naqd  pullarning  sotib  olish  qobi-
liyatini  pasayishi,  tovarlar  va  xizmatlarning  bahosini  o‘sib  borishini 
anglatadi.  
Inflyatsiya  so‘zi  birinchi  marta  amerikalik  iqtisodchi  A.Delmar 
tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSh Federal 
hukumati  1861  –  1865  yillarda  mamlakat  fuqarolar  urushi  davrida 
davlatning  xarajatlarini  qoplash  maqsadida  muomalaga  juda  katta 
miqdorda  qog‘oz  pullarni  emissiya  qilishi  sabab  bo‘ldi.  G‘arbiy 
Yevropa  mamlakatlari  iqtisodiy  adabiyotlarida  inflyatsiya  termini 
birinchi  jahon  urushidan  keyin,  sobiq  ittifoq  adabiyotlarida  esa  1920 
yillarning o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi. 
Biroq,  shuni  ta’kidlash  joizki,  inflyatsiya  natijasida  pullarning 
qadrsizlanishi,  ularning  to‘lov  qobiliyatining  pasayishi  kabi  muam-
molar  tarixan  qog‘oz  pullar  muomalaga  chiqarilishi  va  tangalarning 
zarb  qilishi  davridan  boshlangan.  Dastlabki  davrlarda  inflyatsiyaning 
vujudga  kelishining  asosiy  sabablaridan  biri,  hukumat  tomonidan 
iqtisodiyotga  haddan  ortiqcha  sifati  va  og‘irligi  talab  darajasidan  past 
bo‘lgan  haqiqiy  qiymatga  ega  bo‘lmagan  tanga  pullar  muomalaga 
chiqarilishi  hisoblanadi.  Masalan,  Qadimgi  Yunonistonda  miloddan 
avvalgi  VI  asrda  metall  tangalarning  tarkibida  qimmatbaho  metal-
larning  hajmini  yarmidan  ko‘prog‘ini  oddiy  metallarga,  ya’ni  haqiqiy 
qiymatga ega bo‘lmagan metallarga almashtirildi. Xuddi shu holat Rim 
Imperatorlari  tomonidan  ham  amalga  oshirildi.  O‘rta  asrlarga  kelib, 
ko‘pchilik  davlatlarning  hukumdorlari  kumush  tangalarni  mis  tanga-
larga,  keyinchalik  oddiy  alyumin  metallarga  almashtirdi.  Bu  jarayon 
hukumatga qimmatbaho metallarni tejash evaziga mamlakat xazinasiga 


135 
juda  katta  boylik  sifatida  qabul  qilindi.  Biroq,  pullarning  to‘lov 
qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi. 
Muomalada  qog‘oz  pullarning  paydo  bo‘lishi  natijasida  tanga  – 
pul  bilan  bog‘liq  inflyatsiya  muammosi  qog‘oz  –  pulga  o‘z  o‘rnini 
bo‘shatib  beradi.  Davlatning  burjuaziya  boshqarish  tuzumining  vujud-
ga  kelishi  davrida  o‘rta  asrlarda  pul  muomalasida  paydo  bo‘lgan 
muammolarni barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga 
urinishlar bo‘ldi.  
XVIII  –  XIX  asrlarda  va  XX  asrning  boshlarida  birinchi  jahon 
urushiga  qadar  inflyatsiya  muammosi  ayrim  mamlakatlarda  mavjud 
bo‘lib,  davriy  xarakterga  ega  edi.  Masalan,  inflyatsiya  muammosi 
Fransiyada – 1789 – 1791 yillarda Buyuk frantsuz revolyutsiyasi davri-
da,  Angliyada  Napoleon  bilan  urush  davri  –  XIX  asrning  boshlarida 
mavjud  edi.  Oltin  monometallizm  tizimi  joriy  etilgan  mamlakatlarda 
uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.  
Birinchi  jahon  urushi  davrida  oltin  monometallizm  tizimining 
barbod bo‘lishi va qog‘oz pullarning oltin tangalarga qat’iy belgilangan 
kurs  asosida  ayirboshlanishi  bekor  qilinishi  natijasida  davlat  o‘zining 
inflyatsiyaga  qarshi  kurashish  mexanizmidan  mahrum  bo‘ldi.  Shu 
davrdan  boshlab,  inflyatsiya  iqtisodiyotda  doimiy  xarakterga  ega 
bo‘lgan  va  keng  qamrovli  muammo  sifatida  barcha  mamlakatlarda 
namoyon bo‘la boshladi. 
Inflyatsiyaning  mohiyati  iqtisodiy  adabiyotlarda  turli  iqtisodchi 
olimlar  tomonidan  turlicha  talqin  etiladi.  Xususan,  K.R.Makkonnell, 
S.Bryu  va  K.Eklund  inflyatsiyani  iqtisodiyotda  baholarning  o‘rtacha 
ko‘tarilishi  sifatida
36
,  P.Xeyni  esa  pulning  sotib  olish  qobiliyatining 
pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini ta’kidlaydilar
37
.  
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyani vujudga kelishi 
1930  yillarda  muomalaga  haddan  ziyod  qog‘oz  va  tanga  pullarni 
chiqarilishi  natijasida  iqtisodiyotning  “pul  kanallari”  to‘lishi  yuz 
beradi,  bu  o‘z  navbatida  inflyatsiyaga  olib  kelishi  ta’kidlandi,  1940 
yillarda  esa  inflyatsiyaning  sababi  iqtisodiyotda  qog‘oz  pullar  to‘lov 
vositasini  bajarishi  har  qanday  holatda  inflyatsiyani  keltirib  chiqa-
rishini  e’tirof  etishdi,  1950  yillarda  inflyatsiyani  kelib  chiqishining 
                                           
36
 Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. В. 2 т.: Пер. с англ. 
Т. I. М.: Республика, 1992. С. 163.  
37
 Хейне П. Экономической образ мышления. М., 1991. С.484.  


136 
asosiy  sababi  sifatida  uning  yetarli  darajada  oltin  va  boshqa  moddiy 
qimmatliklar bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar. 
1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, ko‘p omilli 
ijtimoiy – iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir 
qilishi  natijasida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  kategoriya  sifatida 
baholadilar. 
Inflyatsiyaning  iqtisodiy  mohiyatiga  qator  xorijiy  va  mahalliy 
olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirishgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi 
olimlari V.A.Shegortsov va V.A.Taranlar “Inflyatsiya – bu tovarlar va 
xizmatlar  sifati  va  iste’mol  qiymati  o‘zgarmagan  holda  ularning 
bahosini  o‘sib  borishidir,  bu  jarayonda  pulning  qadri  pasayib 
boradi.”
38
, deya ta’kidlaydilar.  
Mamlakatimiz  iqtisodchi  olimlaridan,  professor  Sh.Abdullaeva 
inflyatsiyaning  iqtisodiy  mohiyatiga:  “Inflyatsiya  so‘zining  iqtisodiy 
mohiyati  –muomalada  mavjud  bo‘lgan  tovarlar  va  ularning  bahosiga 
nisbatan  ko‘p  pul  chiqarish  degan  ma’noni  anglatadi”  deya  ta’rif 
beradi
39
.  
Guvohi  bo‘lganimizdek,  inflyatsiyaning  mohiyatiga  turlicha 
fikrlar bildirilgan. Fikrimizcha, 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish