Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
 
VI BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA 
UNING ELEMENTLARI  
 
6.1. O‘zbekiston pul tizimining tashkil  
topishi va rivojlanishi 
 
O‘zbekistonda  pul  tizimining  tashkil  topishi  milliy  valyuta 
so‘mning  muomalaga  joriy  etilishi  bilan  bevosita  bog‘liqdir.  Milliy 
valyuta  so‘m  muomalaga  joriy  etilgan  davrlarni  asos  qilgan  holda 
mamlakatimiz  pul  tizimini  vujudga  kelishini  shartli  ravishda 
uchta 
bosqichga
 guruhlash orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.  
Birinchi  bosqich
.
  Pul  tizimining  birinchi  bosqichi  1991  yil 
sentyabrdan 1993 yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
Ushbu  davrda  O‘zbekiston  pul  tizimi  Rossiya  pul  tizimiga  bevosita 
bog‘liq  edi.  Chunki  bu  davrda  mamlakatimiz  milliy  valyutasi 
muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar sobiq Ittifoq va Rossiya 
rubli  bilan  amalga  oshirilar  edi.  Bu  davrda  pul  –  kredit  tizimi  o‘z 
boshidan murakkab va og‘ir davrni kechirdi.  
“Mustaqillikning birinchi yillarida O‘zbekiston hukumati siyosiy 
va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida ikki o‘zaro ziddiyatli, 
biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan 
siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan  – yagona rubl, demak, iqtisodiy 
qaram zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O‘zbekiston, balki 
sobiq  Ittifoqning  boshqa  respublikalari  uchun  o‘ziga  xos  xususiyat 
edi”
32

Buning  natijasida  mamlakatimiz  pul  tizimini  tashkil  topishining 
birinchi bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi: 
 –  banklar  orqali  mijozlar  va  aholini  naqd  pul  bilan 
ta’minlashdagi  muammolar.  Dastlab  Rossiya  Davlat  banki  “rubl 
zonasida”gi  mamlakatlarga  berayotgan  har  bir  rublini  25  foizi 
miqdorida to‘lov belgilagan, ya’ni o‘zi bergan 100 rublning 25 rublini 
qaytarib  olib  qolish  sharti  bilan  mablag‘  bergan  bo‘lsa,  asta  sekin  bu 
to‘lov  miqdori  oshib  bordi.  Rossiyada  tovarlarga,  jumladan,  oziq  – 
ovqat  mollari  va  paxtaga  ehtiyojning  kuchayganligi  sababli  o‘zidan 
                                           
32
 Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. Т.: O‘zbekiston, 2001. 33 b. 


119 
olib  kelayotgan  mablag‘ni  100  foiz  tovar  bilan  ta’minlash  shartini 
qo‘ydi.  Ya’ni  O‘zbekiston  o‘zi  olib  ketayogan  qadrsizlangan  qog‘oz 
pullar  o‘rniga  jahon  bozorida  qiymati  oltin  bilan  o‘lchanadigan  paxta 
tolasi berishga majbur bo‘layotgan edi
33
;  
 –  sobiq  Ittifoq  respublikalari  o‘rtasida  iqtisodiy  munosabat-
larning  uzilishi  bilan  bog‘liq,  shuningdek,  hisob  –  kitoblarni  amalga 
oshirishda vujudga kelgan muammmolar. Sobiq Ittifoq barham topgan 
bo‘lsada,  uning  tarkibiga  kirgan  respublikalar  o‘rtasidagi  mavjud 
iqtisodiy  aloqalarni  birdan  to‘xtatib  qo‘yishning  imkoniyati  mavjud 
emas  edi.  Bu  o‘z  navbatida  pul  mablag‘lari  bilan  bog‘liq  hisob  – 
kitoblarni  tashkil  etishni  talab  etardi.  Biroq  sobiq  Ittifoq  davrida  amal 
qilgan rubllarning keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o‘zaro hisob – 
kitob  ishlarining  izdan  chiqishi  ushbu  ishlarni  amalga  oshirishni 
qiyinlashtirib  yubordi.  Shu  bois  ham,  1993  yil  may  oyidan  mamlaka-
timiz Markaziy banki milliy valyutasini joriy etgan MDH mamlakatlari 
va  O‘zbekiston  o‘rtasidagi  tuzilgan  bitimlarni  qayta  ko‘rib  chiqib, 
tijorat  banklariga  Markaziy  bank  vakillik  hisobvarag‘ini  chetlab  o‘tib, 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisob – kitoblarni olib borishi ta’qiqlandi; 
 – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul – kredit 
siyosatini  amalga  oshirishdagi  muammolar.  Pul  tizimini  tashkil 
topishining  birinchi  bosqichida  buning  imkoniyati  mavjud  emas  edi, 
chunki  muomalaga  chiqarilayotgan  pullar  Rossiya  Markaziy  banki 
tomonidan  amalga  oshirilib,  ularni  tartibga  solish  imkoniyati  mavjud 
emas edi. 
Yuqorida  qayd  etilgan  holatlar  nafaqat  mamlakatimiz  bank 
tizimida,  balki  barcha  sobiq  Ittifoq  mamlakatlari  bank  tizimida  ham 
qator  ijtimoiy  –  iqtisodiy  muammolar  vujduga  kela boshladi.  Natijada 
ular 1992 yilning may – iyun oylaridan boshlab o‘z milliy valyutalarini 
muomalaga kirita boshladi.  
Quyidagi  jadvalda  milliy  valyutalarni  muomalaga  kiritgan 
mamlakatlar va ularning sanasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Buning natijasida,  o‘z  milliy  valyutasini  joriy  qilgan  davlatlarda 
sobiq  Ittifoqning  1961  –  1992  yillar  namunasidagi  rubllar  qadrini 
yo‘qotgan “oddiy qog‘oz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, 
bu jarayon mamlakatimiz iste’mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda 
katta hajmda chetga oqib ketishi ro‘y berdi. 
 
                                           
33
 Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. Т.: O‘zbekiston, 2001. 38 b. 


120 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish