Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
4.3. Pul agregatlari 
 
Pul  massasi  darajasini  hisoblashning  asosiy  tamoyillaridan  biri 
mablag‘larni  likvidlilik  darajasi  hisoblanadi.  Muomaladagi  pulning 
turlari  pul  agregatlari  bilan  guruhlarga  ajratiladi.  Unga  ko‘ra 
muomaladagi mablag‘lar likvidlilik bo‘yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab 
yuqori  likvidli  mablag‘lar  past  likvidligiga  qarab  M1,  M2,  M3,….Mn 
yoki  L  agregatlarga  ajratiladi.  Pul  agregatlari  tarkibi  va  soni  turli 
mamlakatlarda turlichadir.  
Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarning  moliya  statistikasida  pul 
massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlaridan foydalaniladi:  
M1
  –  muomaladagi  naqd  pullar  (banknotalar,  tangalar)  va  joriy 
bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;  
M2
  –  M1  va  tijorat  banklaridagi  muddatli  va  jamg‘arma  qo‘yil-
malaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;  
M3
  –  M2  va  ixtisoslashgan  kredit  muassasalaridagi  jamg‘arma 
qo‘yilmalarini kiritgan; 
M4
  –  M3  hamda  yillik  tijoriy  banklarining  depozitli  sertifikat-
laridan iborat.  
AQShda pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya 
va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Fransiyada – ikkita pul agregatidan 
foydalaniladi.  
Pul  massasi  tarkibi  va  dinamikasini  tahlil  qilish  Markaziy  bank 
tomonidan  to‘g‘ri  pul-kredit  siyosati  olib  borishda  muhim  ahamiyat 
kasb etadi.  
Rossiya  Federatsiyasida  muomaladagi  jami  pul  massasi  hisob-
kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.  
MO
 – naqd pullar;  
M1
  agregati  –  MO  agregati  va  hisob-kitob,  joriy  va  boshqa 
schyotlar  (maxsus  schyotlar,  kapital  qo‘yilmalar  schyotlari,  akkreditiv 
va  chek  schyotlari,  mahalliy  byudjet  schyotlari,  byudjet,  kasaba, 
uyushmalari,  jamoat  va  boshqa  tashkilotlarning  schyotlari,  davlat 
sug‘urta  mablag‘lari,  uzoq  muddatga  kreditlash  fondi)dagi  mablag‘lar 
tijorat  banklariga  qo‘yilmalar  va  jamg‘arma  banklaridagi  talab  qilib 
olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;  


100 
M2
  –  M1  agregati  va  jamg‘arma  banklaridagi  muddatli 
qo‘yilmalardan iborat;  
M3
  –  M2  agregati  hamda  depozitli  sertifikatlar  va  davlat  zayom 
obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.  
AQShda  naqd  va  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  amalga 
oshiradigan  pullar  lividlilik  darajasiga  qarab  quyidagi  pul  agregatlari 
bilan belgilanadi: 
 
 M1 =
  naqd  pullar  (banknotlar  va  tangalar),  talab  qilib  olguncha 
saqlanadigan depozitlar, pul cheklari, boshqa chek depozitlari; 
M2 =
 
M1
  + 
chek  bo‘lmagan  jamg‘arma  depozitlar,  muddatli 
jamg‘armalar (100 ming dollargacha); 
M3 =
 
M2  +  100  dollardan  yuqori  muddatli  jamg‘armalar,  jamg‘arma 
sertifikatlar va boshqalar; 
 L =
 
M3  +  xazina  jamg‘arma  obligatsiyalari,  davlatning  qisqa 
muddatli majburiyatlari, tijorat qimmatli qog‘ozlar va boshqalar. 
 
Pul  massasi  tarkibida  naqd  pullar  ulushining  past  yoki  yuqoriligi 
muhim  o‘rin  tutadi.  MDHga  a’zo  mamlakatlarning  pul  massasi 
tarkibida  naqd  pullarning  ulushi  sezilari  darajada  yuqori.  Odatda 
rivojlangan  mamlakatlarning  pul  massasi  tarkibida  naqd  pullarning 
ulushi 5 – 10 foizni tashkil etadi. 
Pul 
massasining 
o‘zgarishiga  nafaqat  muomaladagi  pul 
miqdorining o‘zgarishi, balki pul aylanish tezligi ham ta’sir qiladi. 
Pul 
aylanish  muomalasi  tezligi  – 
pulning  tovarlar  va  xizmatlar  uchun 
to‘lovlarni amalga oshirishda qatnashish sur’atidir.  
O‘zbekistonda  pul  agregatlari  quyidagi  tarkibiy  qismlardan 
iborat
31
.  
 
M0 =
  naqd  pullar  (Markaziy  bankning  rasmiy  kursi  bilan  milliy 
valyutada hisobga yuritiladigan xorijiy valyutalar); 
M1 = 
M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari – 
byudjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablag‘lari; 
M2 = 
M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar; 
M3 = 
M2  +  sertifikatlar  +  maqsadli  zayom  obligatsiyalari  +  davlat 
zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. 
 
                                           
31
  Markaziy  bankning  rasmiy  kursi  bilan  milliy  valyutada  hisobga  yuritiladigan  horijiy  valyutalar 
agregatlar tarkibiga kiritiladi.  


101 
Pul  massasi  tarkibini  uning  harakatiga  qarab  ikkiga  bo‘lish 
mumkin,  ya’ni  pul  massasining  aktiv  qismi  –  bu  pul  mablag‘larining 
xo‘jalik  faoliyatidagi  turli  xil  shakldagi  hisob-kitoblarni  olib  borish 
bilan  bog‘liq  qismi  va  ikkinchisi,  passiv  qism  –  jamg‘armadagi  pullar 
va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.  
Pul  muomalasi  qonuniga  ko‘ra,  pul  muomalasi  tezligi  pul  massa-
sining  o‘sishiga  nisbatan  proporsional  ravishda  ortib  boradi.  Iqtiso-
diyotning pul vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini aniqlashda mo-
netizatsiya  koeffitsiyenti  ko‘rsatkichidan  foydalaniladi.  Ushbu  ko‘r-
satkich ma’lum davr ichida o‘rtacha pul massasi darajasini jami ijtimoiy 
mahsulotning nominal qiymati o‘rtasidagi nisbati asosida aniqlanadi.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish