Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
3.4.6. Plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar 
 
Mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  tobora  takomillashib 
borishi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining 
turlarini  ko‘paytirmoqda.  Xuddi  shunday  bank  xizmatlaridan  biri  bu 
plastik  kartochkalar  bilan  amalga  oshiriladigan  hisob  –  kitoblar 
hisoblanadi.  
Hozirgi  kunda  mamlakatimizdagi  barcha  tijorat  banklarining 
plastik  kartochkalari  bo‘lib,  ular  orqali  naqd  pullarni  bankomatlardan 
olish  va  savdo  shaxobchalarida  foydalanish  mumkin.  Plastik  kartoch-
kalar  asosan  aholi  o‘rtasida  qo‘llanilib,  naqd  pulga  bo‘lgan  talabni 
kamaytirish,  olib  yurishdagi  qulayligi,  vaqtincha  foydalanmasdan 
turgan mablag‘larni daromad keltirish kabi ijobiy jihatlari mavjud.  
Plastik 
kartochka 
tegishli 
bankda 
kartochka 
egasining 
hisobvarag‘i  mavjudligini  tasdiqlovchi  va  naqd  pulsiz  tovarlar,  ishlar 
yoki  xizmatlarni  sotib  olish  huquqini  beruvchi,  shaxsi  belgilangan, 
bank tomonidan chiqarilgan to‘lov vositasini o‘zida ifoda etadi. 
Plastik  kartochkalar  jismoniy  shaxslar,  yuridik  shaxslar  yoki 
yakka  tartibdagi  tadbirkorlar,  bir  tomondan,  hamda  mahsulotni 
sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar yoki 
yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  (keyingi  matnda  –  savdo  yoki  xizmat 
ko‘rsatish korxonalari), ikkinchi tomondan, o‘rtasidagi bo‘ladigan naqd 
pulsiz  hisob  –  kitoblarda,  shuningdek,  naqd  pul  berish  punktlari 
(NPBP) va bankomatlardan naqd pul olishda qo‘llaniladi. 
Vakolatli  banklar  xalqaro  plastik  kartochkalar  chiqarishi  va  ular 
bo‘yicha  xizmat  ko‘rsatishi  mumkin,  bunda  ular  xalqaro  to‘lov 
tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va tegishli me’yoriy hujjatlarga 
muvofiq, bajariladigan operatsiya qoidalariga amal qilishlari shart. 
Bitta  elektron  kartochkada  bir  necha  “elektron  xamyonlar” 
joylashgan bo‘lishi mumkin. 
Plastik  kartochkada,  uni  shaxs  nomiga  biriktirishda,
 
quyidagi 
rekvizitlar yozilgan bo‘lishi shart: 


90 
a) identifikatsiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar);  
b) bank – emitent (kartochkalarni chiqaruvchi bank)ning kodi; 
d)  hisobvaraq  raqami  va  kartochka  egasining  familiyasi,  ismi, 
otasining ismi (tashkilot nomi); 
e) kartochkaning amal qilish muddati; 
Plastik  kartochkada  bir  necha  xamyonlar  mavjud  bo‘lganda, 
identifikatsiya  belgilari  har  bir  hamyonni  bir  xil  ma’noli  identifi-
katsiyalashi  lozim.  Ko‘rsatilgan  rekvizitlardan  tashqari,  kartochkaga 
operatsiyalarni  amalga  oshirish  va  ular  hisobini  yuritish  uchun  zarur 
bo‘lgan qo‘shimcha belgilar kiritilishi mumkin. 
Plastik  kartochkalar  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar 
qog‘oz ko‘rinishida (slip, elektron terminal kvitansiyasi)  yoki elektron 
shakldagi  (elektron  terminal  jurnalidan  yoki  bankomatdan  olingan 
xujjat) xujjatlarni, shuningdek, hisob – kitoblar qatnashchilari o‘rtasida 
tuzilgan  shartnomalarda  belgilangan  boshqa  hujjatlarni  (bankomat 
kvitansiyasi va boshqalar) tuzish lozimligini ko‘zda tutadi.  
Elektron  hujjatlar  bank  –  ekvayer  (savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish 
korxonalariga  xizmat  ko‘satuvchi  bank)ga,  bank  –  emitentga  yoki 
kliring markaziga, shartnomada kelishilgan davriylikda jo‘natiladi. 
Bitta  bank  bo‘limlari  o‘rtasida  kartochkalar  bo‘yicha  hisob  – 
kitoblar  qilish  texnologiyasi,  Bosh  bank  tomonidan,  o‘z  imkoniyatlari 
va  foydalanadigan  kartochkalar  turlaridan  kelib  chiqqan  holda, 
mustaqil belgilanadi. 
Kartochkalar  bo‘yicha  banklararo  hisob  –  kitoblar  texnologiyasi 
quyidagi variantlarni ko‘zda tutadi: 
a)  hisob  –  kitoblarni  amaldagi  elektron  to‘lovlar  tizimi  (ETT) 
orqali yalpi hisob – kitob asosda o‘tkazish; 
b)  hisob  –  kitoblarni  hisob  –  kitoblar  qatnashchilari  tomonidan 
tashkil  etilgan  protsessing  markazlaridan  kun  davomida  o‘tkazilib, 
yakuniy  o‘zaro  majburiyatlar  hisoblangan  holda,  tijorat  banklarining 
vakillik  hisobvaraqlaridan  yakuniy  hisob  –  kitoblar  summasini 
o‘tkazish. 
ETT  orqali  plastik  kartochkalardan  foydalangan  holda,  amalga 
oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha yalpi hisob – kitoblar qilish, quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: 
1) bank – emitent tomonidan avtorlashtirilmagan holda amalga 
oshirilgan hisob – kitoblarda: 
a)  bank  –  ekvayer  xizmat  ko‘rsatilayotgan  savdo  yoki  xizmat 


91 
ko‘rsatish  tashkilotidan  olingan,  kartochkalardan  foydalangan  holda, 
tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, mablag‘larni uning hisobvarag‘iga 
o‘tkazadi,  bunda  elektron  to‘lovlar  tizimi  orqali  bank  –  emitentga 
jo‘natiluvchi  debetli  elektron  memorial  orderi  avtomatik  ravishda 
shakllantiriladi;  
b)  bank  –  emitentda  olingan  debetli  elektron  memorial  orderga 
asosan  mijozning  kartochkali  hisobvarag‘idan  dasturiy  ravishda 
mablag‘lar  hisobdan  chiqariladi.  Debetli  elektron  memorial  order 
bosmadan chiqariladi va kunlik hujjatlarga tikiladi. 
2)  bank  –  emitent  tomonidan  oldindan  shart  bo‘lgan  tartibda 
avtorizatsiya qilinadigan hisob – kitoblarda: 
a)  bank  –  ekvayerda  xizmat  ko‘rsatilayotgan  savdo  yoki  xizmat 
ko‘rsatish  tashkilotidan  olingan,  kartochkalardan  foydalangan  holda 
tuzilgan  elektron  hujjatlarga  asosan,  ETT  orqali  avtorizatsiyalash  va 
o‘tkazmani  amalga  oshirish  uchun  bank  –  emitentga  jo‘natiladigan 
elektron 
ma’lumot,  foydalanilayotgan  texnologiya  qoidalariga 
muvofiq, avtomatik ravishda shakllantiriladi; 
b)  bank  –  emitent,  olingan  elektron  ma’lumotlarga  asosan,  tran-
zaksiyalar  avtorizatsiyasini  o‘tkazadi,  mijozning  kartochka  hisob-
varag‘idan  mablag‘larni  hisobdan  chiqarish  uchun  avtomatik  ravishda 
elektron  memorial  orderni  shakllantiradi,  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish 
tashkilotining  talab  qilib  olinguncha  depozit  hisobvarag‘iga  mab-
lag‘larni  o‘tkazish  uchun  elektron  to‘lovlar  tizimi  orqali  bank  – 
ekvayerga jo‘natadi;  
d)  bank  –  ekvayerda,  bank  –  emitentdan  olingan  elektron  me-
morial  orderga  asosan,  mablag‘lar  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish 
tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
Memorial  order  bosmadan  chiqariladi  va  bankning  kunlik  hujjatlariga 
tikiladi. 
Protsessing  markazlari  orqali  hisob  –  kitoblarni  o‘tkazish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
a)  kun  davomida  kartochkalar  bo‘yicha  barcha  tranzaksiyalar, 
hisob –  kitoblar  uning  qatnashchilari  tomonidan  tasdiqlangan  tartibda, 
protsessing  markazi  orqali  o‘tkaziladi  va  hisob  –  kitoblarda  qatna-
shuvchi  har  bir  bank  uchun  alohida  ochilgan  shaxsiy  hisobvaraqlarda 
aks ettiriladi; 
b) hisob – kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisob  – ki-
toblar  bo‘yicha  yakuniy  summalar  (majburiyatlar)  tijorat  banklarining 


92 
Markaziy  bankning  Xisob  –  kitoblar  markazida  ochilgan  vakillik 
hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda o‘tkaziladi; 
d)  banklar,  protsessing  markazidan  olingan  ma’lumotlarga  aso-
san,  kartochkalardan  foydalangan  holda  amalga  oshirilgan  operat-
siyalar bo‘yicha, mablag‘larni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadilar 
yoki chiqaradilar.  
Umuman  olganda,  tijorat  banklari  o‘rtasida  amal  qilayotgan 
plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar kelgusida yanada rivojlanadi, 
bu  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  tizimini  rivojlanishiga  va  naqd  pulli 
aylanmalar hajmini qisqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda 
respublikamiz  tijorat  banklari  tomonidan  ko‘plab  bankomatlar 
o‘rnatilib, plastik kartochkalardagi mablag‘larni naqd pulga aylantirish 
muammosi  mavjud  emas.  Shu  bilan  birga,  naqd  pullarni  bank 
muassasalarida elektron pullarga aylantirish ham mumkin. 
 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish