Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
Markaziy  bank
 
pul muomalasini tartibga solishda pul – kredit siyosatining bevosita va 
bilvosita 
instrumentlardan 
foydalanadi. 
Markaziy 
bank 
pul 
muomalasini  tartibga  solishda  tijorat  banklari  va  Markaziy  bankning 
Hududiy  bosh  boshqarmalari  (MB  HBB)  bilan  o‘zaro  hamkorlikda 
faoliyat yuritadi.  
Pul  muomalasini  tashkil  etish  va  tartibga  solishda  tijorat 
banklari quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 
-jismoniy  shaxslarning  bo‘sh  pul  mablag‘larini  omonatlarga  jalb 
qilishga,  jismoniy  shaxslar  pul  daromadlarining  naqd  pulsiz  tartibda 
omonatlarga  o‘tkazilishini  kengaytirishga,  tovar  va  xizmatlar  uchun 


67 
naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni,  shu  jumladan  bank  kartalaridan  foyda-
langan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radilar;  
-yuridik  shaxslar  bilan  kelishgan  holda  ularning  kassalaridagi 
naqd pul qoldig‘i limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va 
muddatlarini belgilaydilar;  
-naqd pul mablag‘larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy 
monitoringni amalga oshiradilar; 
-haqiqatda  tushgan  tushumlar  va  berilgan  naqd  pullarning  kassa 
aylanmalarining  xomcho‘t  hisob  –  kitoblaridan  farq  qilish  sabablarini 
tahlil qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash 
choralarini ko‘radilar. 
Markaziy  bankning  hududiy  bosh  boshqarmasi  (MB  HBB) 
zimmasiga  pul  muomalasiga  doir  ishlarni  tashkil  etish,  Qoraqal-
pog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridagi  tijorat 
banklarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  uning  monitoringi 
yuklatiladi. MB HBBlari xususan quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 

 
pul muomalasining holatini o‘rganadi, banklarning kassa aylan-
malarini  tahlil  qiladi,  pul  muomalasining  holatini  tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlarni jamlaydi va tartibga soladilar; 

 
pul  muomalasini  mustahkamlashga  qaratilgan  takliflarni 
tayyorlab,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahrining  joylardagi  davlat  boshqaruv  organlari  muhokamasiga 
qo‘yadilar; 

 
naqd pulga bo‘lgan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutib, 
mintaqalar va tijorat banklari filiallari o‘rtasida naqd pul mablag‘larini 
tezkor qayta taqsimlashni amalga oshiradilar; 

 
tijorat  banklari  bilan  birgalikda  naqd  pul  zaxiralari  hajmining 
eng kam miqdorini tasdiqlaydilar; 

 
banklarning  pul  muomalasiga  doir  ishlarini  tahlil  qiladi  va 
o‘rganadilar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini  amalga  oshirish  qoidalari”ga  (1998  yil  17  dekabrda 
565  –  son  bilan  ro‘yxatga  olingan)  muvofiq  o‘z  kassalarida  naqd  pul 
qoldiqlari  bo‘yicha  belgilangan  limitlar  doirasida  naqd  pulga  ega 
bo‘lishlari mumkin. 
Yuridik  shaxslar  kassadagi  belgilangan  naqd  pul  qoldig‘ining 
limitdan  ortiqcha  qismini  bank  bilan  kelishilgan  tartibda  va  muddat-
larda hisobvaraqqa kiritib qo‘yish uchun bankka topshirishlari shart.  


68 
Kassadagi  naqd  pul  qoldig‘i  limitlarini,  tushumni  topshirish 
tartibi va  muddatlarini belgilash uchun banklar yilning birinchi chora-
gida  savdo  tashkilotlari  va  boshqa  yuridik  shaxslardan  buyurtmanoma 
– hisob – kitob oladilar.  
Kassadagi naqd pullar qoldig‘i limiti har yili kassaga ega bo‘lgan 
va  naqd  pulli  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshiruvchi  barcha  yuridik 
shaxslarga belgilanadi. 
Yuridik  shaxsning  turli  banklarda  bir  nechta  hisobvaraqlari 
mavjud  bo‘lgan  taqdirda  u  o‘z  ixtiyoriga  ko‘ra  xizmat  ko‘rsatuvchi 
banklarning biriga kassadagi naqd pul limitini belgilash uchun hisob  – 
kitob  bilan  murojaat  etadi.  Banklarning  birida  kassa  qoldig‘i  limiti 
belgilangandan  so‘ng  yuridik  shaxs  belgilangan  kassa  qoldig‘i  limiti 
to‘g‘risidagi xabarnomani unga tegishli hisobvaraqlar ochilgan boshqa 
banklarga jo‘natadi.  
Kassadagi  naqd  pullar  limitini  belgilash  uchun  buyurtmanoma  – 
hisob  –  kitobni  xizmat  ko‘rsatuvchi  banklarning  birortasiga  taqdim 
etmagan yuridik shaxslar bo‘yicha kassa qoldig‘i limiti nolga teng deb 
hisoblanadi, yuridik shaxs tomonidan bankka topshirilmagan naqd pul 
mablag‘lari esa limitdan ortiqcha deb hisoblanadi. 
Kassadagi 
naqd 
pullar 
qoldig‘ining 
quyidagi 
limitlari 
belgilanadi: 
-  doimiy  naqd  pul  tushumiga  ega  va  uni  ish  kunining  oxirida 
bankka topshirishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslar uchun – keyingi ish 
kuni  ertasiga  normal  ish  faoliyatini  ta’minlash  uchun  zarur  bo‘lgan 
miqdorda; 
- keyingi kunda topshirishi shart bo‘lgan yuridik shaxslar uchun - 
o‘rtacha kunlik naqd pul tushumidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;  
-  tushumni  har  kuni  topshirmaslik  huquqiga  ega  bo‘lgan  yuridik 
shaxslar  uchun  –  tushum  summasi  va  uni  topshirish  bo‘yicha 
belgilangan muddatga bog‘liq bo‘lgan miqdorda; 
-  doimiy  naqd  pul  tushumiga  ega  bo‘lmagan  yuridik  shaxslar 
uchun  -  o‘rtacha  kunlik  naqd  pul  xarajati  miqdorida  (mehnat  haqi 
to‘lovlari, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa, mukofot va 
stipendiya xarajatlaridan tashqari). 
Yuridik  shaxslar  o‘z  kassalarida  naqd  pullarni  belgilangan 
limitlardan  ortiqcha  miqdorda  faqat  mehnatga  haq  to‘lash,  ijtimoiy 
sug‘urta  bo‘yicha  nafaqalar,  pensiya  va  stipendiyalar  berish  uchun, 
bankdan  olingan  kunni  qo‘shib  hisoblagan  holda,  3  ish  kunidan  ortiq 


69 
bo‘lmagan  muddat  mobaynida  (banklardan  uzoq  masofada  joylashgan 
yuridik shaxslar esa 5 ish kunigacha) saqlash huquqiga ega. Bu muddat 
tugagach,  ko‘zlangan  maqsad  uchun  ishlatilmagan  pullar  bankka 
qaytariladi  va  keyinchalik  yuridik  shaxslarga  ularning  birinchi  talabi 
bilanoq o‘sha maqsadlarga ishlatish uchun beriladi. 
Pulning 
aylanishini 
tezlashtirish 
va 
bank 
kassalariga 
tushumlarning  o‘z  vaqtida  tushishi  zaruratidan  kelib  chiqqan  holda, 
banklar  tomonidan  har  bir  yuridik  shaxsga  ularning  rahbarlari  bilan 
kelishilgan tarzda tushum topshirish vaqti va tartibi belgilanadi. 
Kassadagi naqd pul qoldiqlarining belgilangan limitlari, tushumni 
topshirish  tartibi  va  muddatlari  banklar  tomonidan  har  bir  yuridik 
shaxsga yozma ravishda ma’lum qilinadi. 
Banklar  yuridik  shaxslarning  pul  tushumlarini  o‘z  vaqtida  va 
to‘liq topshirishlari bo‘yicha monitoring olib boradilar. 
Markaziy  bank  tijorat  banklarini  naqd  pulga  bo‘lgan  talabini 
qondirish maqsadida kassa buyurtmalariga asosan ularga naqd pullarni 
jo‘natadi,  ular  o‘rtasida  naqd  pullarning  taqsimlanishi  va  maqsadli 
foydalanishi ustidan umumiy monitoringni tashkil etadi.  
Markaziy  bank  tijorat  banklarining  aylanma  kassasiga  naqd 
pullarni saqlashning maksimal miqdorini o‘rnatadi.  
Unga tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullar 10101 
–  “Aylanma  kassadagi  naqd  pullar”  hisobvarag‘ida  hisobga  olib 
boriladi.  
O‘rnatilgan  kassa  limitidan  ortgan  naqd  pullar  tegishli  10102  – 
“Zaxiradagi  naqd  pullar”  hisobvarag‘iga  kirim  qilinadi  va  Markaziy 
bankning tegishli ruxsati bilan ishlatiladi.  
Markaziy  bank  ushbu  hisobvaraqdagi  kassa  limitidan  ortiqcha 
mablag‘larni ishlatish bo‘yicha tijorat bankiga: 
 – tijorat bankiga foydalanishga ruxsat berishi haqida; 
 – boshqa tijorat bankiga jo‘natish haqida; 
 –  Markaziy  bankning  hisob  –  kassa  markazining  zaxira  fondiga 
topshirish haqida bo‘lishi mumkin. 
Ta’kidlash  lozimki,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Toshkent 
shahri  va  viloyalarida  tijorat  banklarining  aylanma  kassasidagi  naqd 
pullarni  va  kassa  limitidan  ortiqcha  mablag‘larni  ishlatish  va  nazorat 
qilish  ishlari  Markaziy  bankning  hududiy  bosh  boshqarmalari  orqali 
amalga oshiriladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish