Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

Xalqaro hisob – kitoblar
 – turli mamlakatlar yuridik va jismoniy 
shaxslari  o‘rtasida  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  munosabatlar  nati-
jasida vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlarni tartibga solish 
usullaridir.  Mamlakatlar  o‘rtasida  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar-
ning asosiy hajmi xorijiy valyutalarni ko‘chirish, ya’ni xalqaro hisob – 
kitoblar asosida amalga oshiriladi. 
Xalqaro hisob – kitoblarni amalga oshirishda banklarning xorijiy 
mamlakatlardagi  bo‘limlari  yoki  xorijiy  banklar  bilan  o‘rnatilgan 
vakillik  hisobraqamlaridan  (korrespondentlik  munosabatlari)  foyda-
laniladi.  
Korrespondent  munosabatlarda  “loro”  (xorijiy  banklarning 
mahalliy banklardagi), “nostro” (mahalliy banklarning xorijiy banklar-
dagi) hisobraqamlarini ochish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob – 
kitoblarda  qo‘llaniladigan  korrespondent  hisobraqamlar  ochilganda 
banklar  o‘rtasida  ushbu  hisobraqamlar  bo‘yicha  hisob  –  kitoblarni 
amalga  oshirish  tartibi,  komission  to‘lovlarning  miqdori,  sarflangan 
mablag‘larni  to‘ldirish  yo‘llari  va  boshqa  masalalarni  bajarish  haqida 
o‘zaro kelishuv tuziladi. 
 Banklar  xalqaro  hisob–kitoblarni  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  amalga 
oshirish  maqsadida  likvidli  valyutalarda  zarur  miqdordagi  valyuta 
pozitsiyalarni  taminlashga  xarakat  qiladi,  bunda  asosiy  e’tibor  amalga 
oshiriladigan  hisob–kitoblarni  belgilangan  muddat  va  miqdorda  to‘lab 
berishga qaratiladi. 
Xalqaro  bank  amaliyotidan  ma’lumki,  xalqaro  hisob–kitoblarni 
amalga oshirayotgan banklar “nostro” hisobvaraqalari bo‘yicha tegishli 
valyutada daromad olish,
 
shuningdek, ushbu mablag‘larni jahon ssuda 
kapitali  bozorlarida  valyutali  aktivlarga  joylashtirish  maqsadida 
tegishli qoldiqni saqlashga harakat qiladi.  


343 
Xalqaro hisob – kitoblarda banklarning faoliyati tegishli mahalliy 
va  xalqaro  miqiyosdagi  huquqiy  xujjatlar  asosida  tartibga  solinadi. 
Xalqaro joriy valyuta operatsiyalardan dunyoning etakchi mamlakatlari 
milliy  valyutasi  to‘lov  vositalari  vazifasini  bajaradi.  Birinchi  jahon 
urushiga  qadar  funt  sterlingda  muomalaga  chiqarilgan  veksellar  (trat-
tallar)  xalqaro  hisob–kitoblar  bo‘yicha  operatsiyalarning  80  foizini 
bajardi. 
Mamlakatlar  o‘rtasida  mehnat  taqsimotining  kuchayishi  va 
ularning  iqtisodiyotini  rivojlanishida  o‘zaro  mutanosiblikning  vujudga 
kelishi  bois,  angliya  funt  sterlingi  xalqaro  hisob–kitoblardagi  ulushi 
1948 yilda 40 foizga, 1999 yilarning boshida esa 5 foizga tushib qoldi.  
AQSh  dollarining  tashqi  savdodagi  ulushi  1982  yilda  78  foizga 
etdi, 2000 yillarning boshida evro, yaponiya iyenasi, shvetsariya franki 
va  boshqa  etakchi  mamlakatlar  milliy  valyutalari  xalqaro  to‘lov 
vositasi  sifatida  foydalanila  boshlandi,  natijada  AQSh  dollarining 
xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.  
Ta’kidlash  joizki,  mamlakatlar  o‘rtasida  amalga  oshiriladigan 
ayrim  hisob  –  kitoblarda  1970  yildan  SDR  (spetsialnie  prav 
zaimstvovaniya), 2000 yildan so‘ng evro faol qo‘llanila boshlandi.  
Xalqaro hisob – kitoblarning rivojlanishi natijasida oltinni to‘lov 
vositasi  sifatidagi roli  nafaqat  ichki  hisob  –  kitoblardan,  balki  xalqaro 
to‘lovlarni amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standarti eng 
rivojlangan  davrda  ham  xalqaro  hisob–kitoblarda  undan  to‘lov  balan-
sining  passiv  qoldig‘ini  to‘lashda  foydalanildi.  Oltin  standartining 
bekor  qilinishi  va  sariq  metallga  kredit  pullarni  almashtirish  to‘xtatil-
gandan  so‘ng  xalqaro  majburiyatlarni  oltinga  to‘lash  zaruriyati 
yo‘qoldi. 
Biroq,  ta’kidlash  joizki,  mamlakatlar  o‘rtasida  ijtimoiy–iqtisodiy 
barqarorlik  buzilganda  jahon  pulini  bajarayotgan  milliy  valyutalarga 
nisbatan  ishonchning  yo‘qolishi  natijasida  xalqaro  hisob  –  kitoblarda 
oltindan foydalanish hollari amaliyotdan ma’lum.  
Masalan,  ikkinchi  jahon  urushi  davrida  xalqaro  hisob–kitoblar-
ning asosiy qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi 
davrda (1950 – 1958 yillarda) ayrim ko‘p tomonlama  hisob – kitoblar 
dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan to‘langan. 
Zamonaviy  sharoitda  mamlakatlar  o‘zining  to‘lov  balansi 
barqarorligini  ta’minlash  maqsadida  oltin  zaxiralarini  dunyoning 
etakchi  valyutalariga  sotadi.  Bu  o‘z  –  o‘zidan  ko‘rinib  turibdiki,  oltin 


344 
xalqaro hisob – kitoblarda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etmasdan, oltin 
bozorlari orqali hisob – kitoblarni amalga oshirishga erishmoqda. 
Xalqaro hisob – kitoblarning holati va rivojlanishiga qator omillar 
ta’sir  etadi.  Xususan,  mamlakatlar  o‘rtasidagi  ijtimoiy  –  iqtisodiy 
siyosat,  valyuta  qonunchiligi,  xalqaro  savdoni  tashkil  etishning  qonun 
va  qoidalari,  shuningdek,  moliya  –  kredit  tizimining  rivojlanganlik 
darajasi shular jumlasidandir. 
 
 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish