Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

Ist’emol  (ipoteka)  krediti
  asosan  aholiga  yashashi  uchun  zarur 
bo‘lgan  buyumlarni  (uy,  mashina,  televizor,  muzlatgich,  mebel  va 
boshqalar)  olishga  beriladi.  Iste’mol  krediti  pul  va  tovar  ko‘rinishida 
bo‘lishi mumkin. Pul ko‘rinishidagi iste’mol krediti bank muassasalari 
tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida savdo 
tashkilotlarining hisobiga o‘tkazib beriladi. 
O‘zbekistonda  keyingi  yillarda  iste’mol  krediti  hisoblangan 
ipoteka  krediti  juda  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanib  bormoqda.  Ipoteka 
krediti  iqtisodiyotning  markazlashgan  tuzumi  sharoitida  mavjud 
bo‘lmagan.  Bu  holat  o‘sha  davrda  nashrdan  chiqqan  lug‘atlarda  ham 
e’tirof etilgan. Xususan, 1988 yilda mamlakatimizda nashrdan chiqqan 
O‘zbekiston  sovet  ensiklopediyasida  ipotekaga  “Ipoteka  (yun),  uzoq 
muddatli kredit olish uchun ko‘chmas mulk (yer, imoratlar)ni garovga 
qo‘yish.  Sotsialistik  mamlakatlarda  yo‘q.”
57
,  deb  ta’rif  berilgan.  Agar 
ushbu  ta’rifning  “sotsialistik  mamlakatlarda  yo‘q”  degan  jumlasiga 
e’tibor  qaratadgan  bo‘lsak,  haqiqatda  ham  markazdan  rejalashtirish 
tuzumi  sharoitida  ushbu  kredit  turining  amal  qilmaganligining  guvohi 
bo‘lishimiz mumkin.  
Shuningdek,  1984  yilda  Moskva  shahrida  nashrdan  chiqqan 
moliya  –  kredit  lug‘atida  ipotekaga  berilgan  ta’rif  ham  buni  tasdiq-
laydi, unda “Ipoteka – (yunoncha hypotheke so‘zidan olingan bo‘lib – 
garov,  zaklad)  ssuda  olish  maqsadida  turli  shakldagi  ko‘chmas 
mulklarning  (asosan  yer  va  qurilish  binosi)  garovidir.  Qarzdorning 
to‘lovga layoqatsizligi sharoitida kreditlarning talabi garovga qo‘yilgan 
mulkni  sotish  evaziga  qondiriladi.  SSSR  va  boshqa  mamlakatlarda 
qo‘llanilmaydi.”
58
, deb ta’kidlanadi. 
                                           
57
  К.Х.  Хонназаров  ва  бошқалар.  Ўзбекистон  совет  энциклопедияси.  Энциклопедик  луғат.  Т.  1. 
Т., 1988. 323 б. 
58
  В.С.Захаров,  Л.А.Дробозина,  Л.Н.  Красавина  и  др.  Финансово  –  кредитный  словарь.  Т.1.  М.: 
МиФ, 1984. С. 477. 


172 
Xorijiy  mamlakatlar  iqtisodiy  adabiyotlarida  ipoteka  atamasi 
ko‘chmas  mulklarni  garovga  qo‘yish  natijasida  vujudga  keladigan 
moliyaviy  munosabat  bo‘lib,  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri 
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida 
qolishi ma’lum bo‘ladi. Ipoteka atamasi va ipoteka krediti haqida so‘z 
yuritganda,  ularning  iqtisodiy  mohiyatini  to‘liq  aniqlash  maqsadida, 
quyidagi ikkita holatga e’tiborimizni qaratamiz. 
Birinchi holat, ipoteka – bu garov. Garov mavjud ekan – ipoteka 
mavjud  bo‘ladi,  garov  mavjud  bo‘lmasa  ipoteka  ham  bo‘lmaydi,  bu 
kredit  ipoteka  krediti  hisoblanmaydi.  Ushbu  holatni  yanayam  aniqroq 
qilib  aytadigan  bo‘lsak,  bank  qarzdorga  uy  joyni  yer,  kvartira  yoki 
uchastkani  garovga  qo‘yish  orqali  kredit  berdi.  Ushbu  kredit  qarz 
oluvchi  tomonidan  qanday  maqsadga  ishlatilsa  ham  bu  kredit  ipoteka 
krediti hisoblanadi.  
Ikkinchi  holat,  bank  qarz  oluvchiga  uy  joy  olish  uchun  ta’min-
lanmagan  kredit  berdi,  ya’ni  garov  sifatida  kredit  oluvchi  tomonidan 
hech qanday narsa qo‘yilmadi. Bu ishonchli ipoteka krediti bo‘ladi. 
Ipoteka  so‘zi  (atamasi)ni  kelib  chiqishining  tub  ildiziga  e’tibor 
qaratganimizda,  uning  vujudga  kelishi  va  shakllanishining  asosida  qa-
dimgi yunonlarning qarz berish munosabatlari yotganligi ma’lum bo‘ladi.  
Demak,  manbalarga  ko‘ra,  ipoteka  atamasi  birinchi  marta 
eramizdan  oldingi  VI  asrda  Yunonistonda  vujudga  kelgan.  Qadimgi 
greklar  qarz  oluvchini  kreditor  oldidagi  majburiyati  evaziga  yerni 
tikishgan. Qarz oluvchining  yer  maydonining chetiga maxsus yog‘och 
o‘rnatilgan  bo‘lib,  unda  ushbu  yer  garov  vazifasini  o‘tayotganligi 
haqidagi yozuv qayd etilgan. Bu yog‘och ustun “ipoteka” deb atalgan, 
yunon tilida “tirgovich”, “poya”, “taglik” ma’nolarini anglatgan
59
.  
Bizning  nazarimizda,  ipoteka  atamasining  vujudga  kelishi  va 
uning  ma’nosi  yuqoridagi  matnda,  atroflicha,  to‘liq  va  aniq  berilgan. 
Shu  bilan  birga,  mazkur  ta’rif  uning  dastlabki  vujudga  kelishi 
jarayonidagi  mohiyatini  anglatish  bilan  birga,  hozirgi  kundagi  ipo-
tekaga  xos  bo‘lgan  xususiyatlarni  to‘liq  ochib  berishga  xizmat  qil-
maydi,  albatta  bu  tabiiy  holat,  chunki  iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlari 
va  munosabatlarning  takomillashuvi  ipoteka  atamasining  ham  ri-
vojlanishi  va  takomillashuviga  sabab  bo‘lmoqda.  Quyida  ipoteka  ata-
masiga berilgan ta’rifda fikrimizning tasdig‘ini kuzatishimiz mumkin.  
                                           
59
 Ефремова В.М. Толковый словарь. М.: Инфра – М, 1997. С. 321.  


173 
Demak,  ipoteka  (yunon.  hypotheke  –  zaklad,  garov)  –  ko‘chmas 
mulk  ko‘rinishidagi  garov  (asosan  yer  va  binolar)  bo‘lib,  asosiy 
maqsad  ssudani  olishga  qaratilgan.  Ipoteka  shunday  garov  turi-ki  u 
kreditorning qo‘liga berilmaydi, balki qarzdorning ixtiyorida qoladi
60

Masalan,  yuqorida  qayd  etilgan  moliya  –  kredit  lug‘atida  unga 
quyidagi  tavsiflar  berilgan.  “Ipoteka  krediti  –  uzoq  muddatli  ssuda 
bo‘lib,  kapitalistik  mamlakatlarda  yer  va  ishlab  chiqarish  hamda 
yashash  uchun  qurilgan  binolarni  garovga  qo‘yish  asosida  beriladi. 
Quldorchilik tuzumi davrida vujudga kelgan bo‘lib, feodalizm davrida 
kengaydi,  biroq  kapitalizm  sharoitida  rivojlandi.  XIX  asrning  o‘rta-
laridan  boshlab  ipoteka  krediti  sifatida  ixtisoslashgan  –  ipoteka 
banklari  tomonidan,  qator  mamlakatlarda  qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa 
tijorat  banklari  tomonidan  berila  boshladi.  Revolyutsiyaga  qadar 
Rossiyada  dvoryan  va  yerli  (zemelnie)  banklar  tomonidan  berilgan”.
 
 Taniqli iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin “ipotekali kredit 
– ko‘chmas mulk, yer maydoni garovi ostida berilib, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida  faol  ishlatiladigan  kreditning  bir  shakli  hisoblanadi.  Yer 
mulkiga  ega  tashkilotlar  va  ixtiyorida  xususiylashtirilgan  xonadoni 
(kvartira),  yer  maydonlari  bo‘lgan  aholiga  bozor  iqtisodiyotiga  xos 
bo‘lgan  kredit  munosabatlariga  kirishish  imkonini  beradi
61
,  deya 
ta’kidlaydi.  Olim  ipoteka  kreditiga  bergan  ta’rifida  uning  bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  yuz  berishi,  shuningdek,  aholining  xonadoni  va 
yerini xususiylashtirish lozimligiga alohida e’tibor qaratgan.  
“Ipotekali  kredit  –  deya  ta’kidlaydi,  yana  bir  rossiyalik  olim 
A.S.Neshitoy,  uy  –  joy  olish,  qurish  yoki  yerni  sotib  olish  uchun 
beriladigan kredit. Odatda, ushbu kreditni banklar va ixtisoslashtirilgan 
bank  bo‘lmagan  moliya  –  kredit  institutlari  taqdim  etadi”
62
.  Bu  erda 
ipoteka kreditini olish uchun qo‘yiladigan garov obyektining ahamiyati 
xususida fikr bildirilmagan. Chunki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, agar 
kreditning  garovi  sifatida  mulk  qo‘yilmas  ekan  u  ipoteka  krediti 
hisoblanmaydi
63
.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish