Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

“Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar 
bahosining  ortib  ketishi  natijasida  muomaladagi  qog‘oz  va  tanga 
pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishidir”.
  
Tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  ortib  ketishini  har  doim  ham 
inflyatsiya  sifatida  qaralishi  maqsadga  muvofiq  emas,  agar 
muomaladagi  pul  massasi  tegishli  tovarlar  va  xizmatlar  massasi  bilan 
ta’minlanmasligi  natijasida  ularning  bahosi  ortsagina  bunday  holat 
inflyatsiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha pul massasi 
paydo  bo‘lmagan  holatda  yalpi  talabning  yalpi  taklifga  nisbatan  ortib 
ketishi  natijasida  bozor  kon’yukturasining  o‘zgarishi,  ya’ni  bozorda 
tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  ortib  ketishi  iqtisodiyotda  inflyatsiya 
mavjudligini  anglatmaydi.  Bunday  holatda  baholarning  ortishi 
noinfilyatsion  omillar  ta’siri  natijasida  paydo  bo‘ladi.  Xususan, 
iqtisodiy va tabiiy resurslarning taqchilligi natijasida ularning bahosini 
ortishi,  mavjud  tovarlar  va  xizmatlar  sifatining  pastligi  natijasida  kam 
hajmdagi  sifatli  tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  ortib  ketishi  kabilar 
shular jumlasidandir. 
                                           
38
  Деньги,  кредит,  банки: Учебник  для  вузов/  Под.  ред.  В.А.  Щегорцова. М.:ЮНИТИ  –  ДАНА, 
2005. С. 81. 
39
 Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. Т.: Иқтисод – Молия, 2007. 71 б.  


137 
Umuman olganda, ta’kidlash joizki, iqtisodiyotda inflyatsiyaning 
vujudga  kelishi  muomalada  pul  mablag‘lari  hajmining  haddan  ortiq 
ko‘payishi natijasida pul muomalasi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozdan 
dalolat  beradi.  Bu  tovarlar  va  xizmatlar  umumiy  bahosining  sezilarli 
sur’atlarda  o‘sib  borishida  (1),  tovarlar  va  xizmatlar  taqchilligida  (2), 
rezidentlarning  milliy  valyutadan  “qochishi”,  ya’ni  ularning  xorijiy 
valyutalarni  jamg‘arishga  bo‘lgan  iqtisodiy  manfaatdorligini  ortib 
borishida  (3),  milliy  valyutaning  xorijiy  valyutalarga  nisbatan 
kursining 
pasayishida 
(4), 
mablag‘larni 
ko‘chmas 
mulklarga 
joylashtirilishida  (5),  tovar  va  xizmatlarning  baholarini  boshqa 
barqaror pul birliklariga bog‘lab aniqlash kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda  inflyatsiya  darajasini  aniqlashning  turli  yo‘llari 
mavjud  bo‘lib,  ulardan  asosiylari  iste’mol  baholari  indeksi  (1)  va 
inflyatsiya darajasini (2) aniqlovchi tengliklar hisoblanadi. 
 
IBI 

JDIKB 
х  100% (1) 
O‘DIKB 
 
bu yerda: 
1.
 
IBI – iste’mol baholari indeksi; 
2.
 
JDIKB – joriy davrdagi iste’mol savatchasi baholari; 
3.
 
O‘DIKB – o‘tgan davrdagi iste’mol savatchasi baholari. 
 
Inflyatsiya 
darajasi 

1
иб
I
-
0
иб
I
 
х  100% (2) 
0
иб
I
 
 
bu yerda: 
1.
 
1
иб
I
– joriy davr iste’mol baholari; 
2.
 
0
иб
I
– bazaviy davr iste’mol baholari. 
Iste’mol  savatchasi  –  odamlarning  birinchi  darajali  ehtiyojlarini 
qondirish  uchun  zarur  bo‘lgan  tovar  va  xizmatlar  yig‘indisi.  Iste’mol 
savatchasi  yordamida  odamlarning  yashash  uchun  zarur  bo‘lgan  eng 
kam  miqdordagi  xarajatlar  miqdori  hisob  –  kitob  qilinadi.  Iste’mol 
savatchasiga  Rossiyada  407  ta,  AQShda  300  ta,  Fransiyada  250  ta, 
Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turlari kiradi. 
Inflyatsiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish