Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Aktseptsiz  to‘lov  talabnomalari  bilan  hisob  –  kitoblar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

Aktseptsiz  to‘lov  talabnomalari  bilan  hisob  –  kitoblar

Aktsept-
siz  to‘lov  talabnomalar  bilan  hisob  –  kitoblarda  bank  to‘lovchining 
roziligisiz  uning  hisobvarag‘idagi  mablag‘ni  oluvchining  hisobiga 
o‘tkazib  beradi.  Tijorat  banklari  aktseptsiz  to‘lov  talabnomalar  bilan 
hisob – kitoblarni amalga oshirishni ayrim  subyektlarga ruxsat beradi. 
Xususan, ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi: 

 
issiqlik  energiyasi  uchun  hisob  –  kitoblarda.  Bu  holda 
talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – 
faktura  mahsulot  yetkazib  beruvchi  tomonidan  bevosita  iste’molchiga 
xizmat  ko‘rsatuvchi  bankka  taqdim  etiladi.  To‘lov  talabnomasining 
maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida 
foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; 

 
qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining 
asl  nusxasi  ilova  qilingan  holda.  Talabnomaga  boshqa  hujjatlar  ilova 
qilinganda aktseptsiz hisobdan chiqarishga qabul qilinmaydi; 

 
qarzdor  boshqa  banklarda  ochilgan  ikkilamchi  hisobvaraqlari 
bo‘yicha  kreditlarni  vaqtida  uzmaganda  banklar  tomonidan  ham 
qo‘yiladi. 
Amaliyot  (operatsion)  kun  tugagandan  keyin  kelib  tushgan 
aktseptsiz  talabnomalarda  "kechki"  degan  shtamp  qo‘yiladi  va  ular 


82 
keyingi ish kunida to‘lanadi yoki to‘lovchining hisobraqamida mablag‘ 
bo‘lmaganda 2 – kartotekaga kirim qilinadi. 
To‘lov  talabnomasi  bilan  hisob  –  kitoblarning  amaliyotda 
nisbatan  kam  qo‘llanilishining  asosiy  sababi,  uning  kamchiliklari 
afzalliklariga 
nisbatan 
ko‘pligidadir. 
Jumladan, 
uning 
asosiy 
kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq: 
 – mablag‘ oluvchi tovar jo‘natgandan va xizmatlarni ko‘rsatgan-
dan  so‘ng  to‘lov  talabnomasini  bankka  taqdim  etishi  natijasida,  mab-
lag‘ni  to‘lovchiga  tovar  va  xizmatlarning  sifati  to‘liq  qoniqtirmagan 
hollarda  to‘lovdan  voz  kechishi  turli  ziddiyatli  holatlarni  keltirib 
chiqaradi; 
 –  to‘lovchining  hisobvarag‘ida  mablag‘ning  bo‘lmasligi  yoki 
yetarli miqdorda emasligi banklarda debitor va kreditorlik qarzlarining 
ortib ketishiga olib keladi; 
 –  to‘lov  hujjatlarining  aylanishi  va  rasmiylashtirish  jarayoni 
to‘lov  topshiriqnomalariga  nisabatan  qo‘shimcha  vaqt  va  ortiqcha 
mehnatni talab etadi.  
Afzallik  jihatlari  shundan  iboratki,  to‘lovchining  hisobraqamida 
mablag‘  bo‘lmagan  hollarda  ham  jo‘natilgan  tovarlar  va  ko‘rsatilgan 
xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Umuman  olganda,  to‘lov  talabnomasi  bilan  hisob  –  kitoblarni 
amalga  oshirish  mablag‘ni  oluvchi  va  beruvchi  uchun  hamda  bank 
uchun  ham  qo‘shimcha  vaqt  va  ish  jarayonini  talab  etadi.  Shu  bois 
bo‘lsa  kerak,  hisob  –  kitoblarning  mazkur  shakli  amaliyotda  boshqa 
hisob – kitob shakllariga nisbatan kamroq qo‘llaniladi.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish