Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
 
XX BOB. XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI,  
ULARNING MAQSADI VA FUNKSIYALARI 
 
 
20.1. Xalqaro moliyaviy institutlarining  
umumiy xarakteristikasi 
 
Xalqaro  valyuta  –  kredit  va  moliya  munosabatlarining  institute-
sional  tuzilishi  o‘z  ichiga  ko‘plab  halqaro  moliyaviy  tashkilotlarni 
oladi.  Ularning  ayrimlari  yirik  moliyaviy  resurs  va  katta  vakolatlarga 
ega bo‘lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya – kredit jarayonlarida bevosita 
va  bilvosita  ishtirok  etadi.  Boshqalari  hukumatlararo  moliyaviy 
masalalarni  muhokama  etish,  moliya  –  kredit  siyosati  bo‘yicha 
tavsiyalar  va  maslahatlar  berish  hamda  moliyaviy  yordam  ko‘rsatish 
bilan shug‘ullanadi. Yana boshqalari axborot yig‘ish, muhim valyuta – 
kredit  va  moliya  muammolari  va  umuman,  iqtisodiyotda  statistik  va 
ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.  
Bu institutlarning asosiy maqsadi – xalqaro va mahalliy ijtimoiy – 
iqtisodiy  doirada  yuz  berayotgan  murakkabliklarga  va  qarama  – 
qarshiliklarni  bartaraf  etish,  yumshatish  hamda  ularning  o‘zaro  ham-
korligini ta’minlashga qaratilgandir.  
Dunyoda  global  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  xalqaro  moliyaviy  ins-
titutlar  tarkibiga,  BMTning  xayrxohligida  tashkil  etilgan,  ixtisos-
lashtirilgan  Xalqaro  valyuta  jamg‘armasi  (XVJ),  Jahon  banki  guruhi, 
Butunjahon  savdo  tashkiloti  kiradi.  Bu  ixtisoslashtirilgan  xalqaro  mo-
liyaviy  institutlar  Birlashgan  millatlar  tashkiloti  (BMT)ning  faoliyati 
bilan  bog‘liq  xalqaro  moliyaviy  va  iqtisodiy  masalalarni  hal  etishda 
bevosita ishtirok etadi. 
 BMTning  ixtisoslashtirilgan  muassasasi  –  iqtisodiy  kengash  – 
Yevropa,  Afrika,  Osiyo  va  Lotin  Amerikasi  uchun  4  mintaqaviy  ko-
missiya  tuzgan.  Osiyo  va  Lotin  Amerikasi  komissiyalari  Osiyo 
taraqqiyot  banki  (OTB)  va  Amerikalararo  taraqqiyot  banki  (ATB)ni 
tashkil  etilishiga  vositachilik  qilgan.  Maxsus  jamg‘armalar  bu 
tashkilotlarni to‘ldirib turadi. 
«Marshall  rejasi»ning  amalga  oshirilishi  munosabati  bilan  1948 
yilda  tuzilgan  Yevropa  iqtisodiy  hamkorligi  tashkiloti,  keyinchalik 


358 
Yevropa  to‘lov  ittifoqining  tashkil  etilishiga  yo‘naltirilgan  (1950  – 
1958  yillar),  1960  yilda  esa  iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish 
tashkilotiga  (IXTR
99
,  Parij)  almashtirilgan.  Hozirda  bu  tashkilot  o‘z 
ichiga  32  mamlakatni  oladi,  uning  vazifalariga  –  tashkilotga  a’zo 
mamlakatarda  iqtisodiy  o‘sishga  ko‘maklashish,  moliyaviy  barqaror-
likka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, 
diskriminatsion  qarama  –  qarshiliklarni  cheklash,  rivojlanayotgan 
mamlakatlarga  yordam  ko‘rsatish  kabilar  kiradi  IXRT  ramkasida  100 
ga yaqin qo‘mita faoliyat kursatadi. 
Ularning  tarkibiga  Noqonuniy  yo‘l  bilan  topilgan  daromadlarni 
legallashtirishga  qarshi  kurash  gruppasi  (FATF)  ham  kiradi.  Bu 
tashkilot 1989 yilda tashkil etilgan va IXRTga a’zo mamlakatlar bilan 
hamkorlikda  noqonuniy  daromadlarni  legallashtirishga  qarshi  kurash 
ishlarini amalga oshiradi.  
IXRTning  maqsadi  –  erkin  savdoga,  yosh  davlatlarning  rivoj-
lanishiga,  a’zo  mamlakatlarni  iqtisodiy  rivojlantirishga  va  moliyaviy 
barqarorlashtirishga  ko‘maklashashishdir.  IXRT  –  o‘ziga  xos  klub 
bo‘lib,  yiliga  2  marta  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  uchun  fikrlar 
almashish va iqtisodiy siyosatni  muvofiqlashtirish, valyuta – kredit va 
moliya  siyosatni  samaradorligini  oshirish,  ilmiy  –  tadqiqot  ishlarini 
tashkil  etish,  jahon  iqtisodiyotining  ekonometrik  andozalari  asosida 
halqaro  qiyoslash  va  bashoratlarni  ishlab  chiqish  borasida  yig‘ilib 
turadi.  
Kreditor  mamlakatlarning  Parij  klubi  –  rivojlangan  mamlakat-
larning norasmiy tashkilotidir. Bu yerda mamlakatlarning davlat qarzlari 
bo‘yicha  to‘lov  muddatlarini  boshqarish  muammolari  muhokama 
qilinadi.  Bir  tomonlama  moratoriyadan(to‘lovni  uzaytirish)  qochish 
maqsadida  kreditorlar  tashqi  qarzlarni  qayta  ko‘rib  chiqish  shartlari 
haqida  qarzdorlar  bilan  «yuzma  –  yuz»  bitimlar  olib  boradi.  Klub 
faoliyati  1956  yilda  tashkil  etilgan  bo‘lib,  Argentina  kreditorlari  Parijga 
qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to‘g‘ri keladi.  
Parij  klubining  majlislarida  XVJ,  Jahon  banki  va  boshqa  yirik 
moliyaviy  institutlardan  kuzatuvchilar  ishtirok  etishadi  va  ko‘pincha 
tashqi  qarzlarning  joriy  yilda  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  qismi  ko‘rib 
chiqiladi. 
Xususiy  bank  –  kreditorlarning  norasmiy  London  klubi  1976 
yildan  faoliyatini  boshlagan  bo‘lib,  qarzdor  mamlakatlarning  xususiy 
                                           
99
ОЭСР – Организация экономического сотрудничества и развития.  


359 
tashqi  qarzlarini  tartibga  solish  muammolarini  muhokama  qiladi. 
London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.  
1970 – yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy – iqtisodiy muam-
molar  dastlab  “yettilik”,  keyinchalik  Rossiya  Federtsiyasi  qo‘shil-
gandan  so‘ng  “sakkizlik”,  Belgiya,  Niderlandiya,  Shvetsariya  va 
Shvetsiya  qo‘shilgandan  keyin  “o‘nlik”  davlat  va  hukumat  rahbarlari 
darajasida hal etilishi yo‘lga qo‘yildi. “O‘nlik”  mamlakatlar rahbarlari 
yig‘ilishida  asosiy  e’tibor  xalqaro  valyuta  –  kredit  masalalariga  qara-
tiladi  va  “har  kim  o‘zi  uchun”,  ya’ni  markazga  intilish  tendentsiya-
lariga  qarama  –  qarshi  bo‘lgan  halqaro  hamkorlik  va  liberalizm  ta-
moyillari asosida ish ko‘rishga intiladi.  
Halqaro  moliya  institutlari,  Halqaro  xisob  –  kitoblar  (HHKB, 
1930  yil)  bankidan  tashqari,  asosan  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin 
paydo bo‘lgan.  
Bu  davlatlararo  institutlar  mamlakatlarga  kreditlar  berish,  jahon 
valyuta  tizimining  amal  qilish  tamoyillarini  ishlab  chiqish,  halqaro 
valyuta – kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish 
bilan  shug‘ullansada,  ularni  tashkil  etilishining  tub  sabablaridan  biri 
rivojlanayotgan  mamlakatlarda  siyosiy  mustaqillikni  joriy  etish,  ular-
ning  xalqaro  doiradagi  ishtirokini  faollashtirish,  milliy  iqtisodiyotda 
vujudga kelayotgan muammolarni mintaqa va xalqaro darajada yechish 
masalalariga qaratilgan. 
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujud-
ga kelishiga quyidagi omillarni keltirish mumkin: 
1.
 
Xalqaro  iqtisodiyotda  moliyaviy  barqarorlikni  ta’minlash 
borasida  kuchlarni  umumlashtirgan  holda  hamkorlikda  faoliyat  yuri-
tish. 
2.
 
Davlatlararo  valyuta  va  moliya  –  kredit  siyosatini  tartibga 
solish yuzasidan xalqaro andozalarni yaratish va amaliyotga joriy etish. 
3.
 
Hamkorlikda  jahon  valyuta  va  moliya  –  kredit  siyosati 
yuzasidan strategik taktikani ishlab chiqish. 
 
 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish