Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
13.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining  
naqd pul muomalasi bo‘yicha asosiy vazifalari 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to‘lov  vositasi  sifatida 
banknotlar  va  tangalar  ko‘rinishdagi  naqd  pul  belgilarini  muomalaga 
chiqarish va muomaladan qaytarib olish bo‘yicha mutloq huquqga ega.  
Shunga  muvofiq,  muomalaga  naqd  pul  chiqarish,  ularni  saqlash, 
muomaladan qaytarib olish va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan 
pul  belgilarini  yangi  pul  belgilariga  almashtirish  vazifalarini  bajaradi. 
Shuningdek,  muomalaga  chiqarilmagan  pul  belgilarini  saqlash 
maqsadida  Markaziy  bank  Rezerv  fondlarini  tashkil  etadi  va  ular 
bo‘yicha  pul  mablag‘larining  tarkibiy  qismlarini,  ya’ni  banknot  va 
tangalar  ko‘rinishidagi  qoldiq  limitlarini  belgilaydi.  Tijorat  banklari 
aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham  Markaziy  bank tomonidan 
o‘rnatiladi. 


236 
Markaziy  bank  Respublika  banklarida  pul  muomalasini  va  kassa 
ishlarini  tashkil  etish  hamda  ularning  buxgalteriya  hisobini  yuritish 
bilan bog‘liq barcha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi. 
Markaziy  bank  o‘zining  asosiy  maqsadini  to‘la  qonli  bajarish, 
ya’ni  pul  muomalasini  barqaror  saqlab  turishga  hamda  milliy 
valyutaning  barqarorligini  ta’minlash  uchun  pul  muomalasi  holatini 
muttasil  o‘rganadi  va  tahlil  qiladi  hamda  uni  mustahkamlash  uchun 
amaliy  choralar  ko‘radi.  Asosiy  naqd  pul  oqimlari  tijorat  banklari 
kassalari  orqali  o‘tganligi  sababli,  Respublikada  faoliyat  yuritayotgan 
tijorat  banklarining  naqd  pul  muomalasi  bilan  bog‘liq  faoliyatini 
tartibga soladi va nazorat qiladi. 
Markaziy  bank  tomonidan  naqd  pul  muomalasini  tartibga  solish 
maqsadida  tijorat  banklari  va  ularning  mijozlari  uchun  majburiy 
bo‘lgan quyidagi talablar o‘rnatilgan: 
a)
 
kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi; 
b)
 
tijorat  banklari  kassalariga  naqd  pullarni  topshirish  va  olish 
tartibi; 
d)
 
tijorat banklari aylanma kassalariga limit o‘rnatish tartibi; 
e)
 
tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira 
pullarini tashkil qilish tartibi; 
f)
 
tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho‘t qilish tartibi; 
g)
 
xo‘jalik subyektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati 
tomonidan tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi; 
h)
 
banknotlar  va  monetalarni  to‘lovga  yaroqlilik  qobiliyatini 
aniqlash tartibi; 
i)
 
xo‘jalik subyektlari kassalari qoldig‘iga limit o‘rnatish tartibi; 
j)
 
naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi; 
k)
 
kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi; 
l)
 
chakana  savdo  korxonalariga  naqd  pulsiz  hisob  –  kitob  qilish 
tartibi.  
Markaziy  bank  va  uning  hududiy  Bosh  boshqarmalari  (HBB) 
zimmasiga  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahrida  pul  muomalasini  tashkil  etish,  tijorat  banklari  naqd  pul  bilan 
bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoring yuritadi.  
Bank  muassasalariga  kelib  tushgan  pul  birliklari  va  tangalarning 
qayta sanalishi, to‘lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to‘lov 
qobiliyatini  yo‘qotgan  pul  birliklarini  toifalarga  ajratilgan  holda 
saralash, taxlash, tegishli ravishda o‘rab bog‘lash va qayta muomalaga 


237 
chiqarilishi kabi ishlarning sifatini yanada oshirish yuzasidan Markaziy 
bankning  barcha  muassasalari  va  tijorat  bank  bo‘limlariga  doimiy 
ravishda  tegishli  ko‘rsatmalar  berib  boriladi.  Pul  birliklarining 
«yaroqli»,  «eskirgan»  va  «to‘lovga  yaroqsiz»  toifalar  bo‘yicha 
mezonlarini ishlab chiqadi.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish