Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 


156 
 
 
 
IX BOB. KREDITNING ZARURLIGI, FUNKSIYALARI,  
SHAKLLARI VA TURLARI  
 
9.1. Kreditning zarurligi va mohiyati 
 
Jamiyatda  tovar  –  pul  munosabatlaridan  keyingi  vujudga  kelgan 
muhim ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan biri 
kredit munosabatlari
 
hisoblanadi.  
Kredit  bu 
kreditor  va  kredit  oluvchi
  o‘rtasida  tuzilgan  ssuda 
bitimiga asosan, kreditor tomonidan kredit oluvchilarga pul yoki tovar 
shaklidagi  moddiy  ne’matlarni  ma’lum  bir  muddatga  uning  qiymatini 
qaytarib  berishi  va  foydalangan  davri  uchun  qo‘shimcha  to‘lov  (foiz) 
to‘lanishini  aks  ettiruvchi  iqtisodiy  munosabatlardir.  Demak,  bu 
sharoitda kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib kreditor va kredit 
oluvchilar  hisoblansa,  uning  obyekti  bo‘lib  tuzilgan  bitimga  binoan 
ma’lum  muddatga  foydalangani  uchun  berilgan  pul  yoki  tovar 
shaklidagi moddiy buyumliklar hisoblanadi. Kreditning maqsadi bo‘lib 
foiz ko‘rinishida qo‘shimcha daromad olish hisoblanadi. 
Kredit,  pul  kabi  iqtisodiy  kategoriya  bo‘lib,  pul  mablag‘larining 
samarali  ishlashiga,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  va  jismoniy  shaxs-
larning  ortiqcha  vaqt  va  mablag‘  sarf  qilmasdan  qo‘shimcha  pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Iqtisodiy 
adabiyotlarda 
kredit 
munosabatlarining 
yuzaga 
kelishining asosiy sabablari sifatida quyidagilar aks ettirilgan. 
Birinchidan
,  ishlab  chiqarish  jarayonida  kapitalning  aylanish 
davrining  turlichaligi.  Ma’lum  bir  tovarni  ishlab  chiqarish  davri  bir 
necha soatni tashkil etsa, boshqa bir tarmoqda bu davr (P–T–I/Ch–T
1

P
1
) bir necha oylar hattoki yillarni tashkil etishi mumkin. Bu sharoitda 
qaysi  tarmoqlarda  mahsulot  ishlab  chiqarish  davri  qisqa  bo‘lsa  ular 
bozorda  sotuvchi  sifatida  tayyor,  lekin  boshqa  bir  tarmoqda  ishlab 
chiqarish davri uzoqroq davom etsa ular bozorda sotib oluvchi sifatida 
tayyor  bo‘lmaydi.  Bu  sharoitda  ular  tovarlarni  kredit  hisobidan  sotib 
olishga  yoki  banklardan  kredit  olib  mahsulot  sotib  olishga  maj-
burdirlar.  


157 
Ikkinchidan
, kapitalizmga kelib ishlab chiqarilgan tayyor mahsu-
lotlar  hajmining  keskin  oshishi.  Masalan,  mehnat  taqsimotining 
dastlabki davrlarida bir etikdo‘z bir juft etik tiksa uni kreditsiz bemalol 
sotishi mumkin edi. Biroq kapitalizm sharoitida oyoq kiyim fabrikasida 
bir kunda bir necha yuz minglab etik ishlab chiqarila boshladi. Bu esa 
o‘z  navbatida  mahsulotning  bir  qismini  kreditga  sotish  zaruriyatini 
vujudga keltirdi. 
 Uchinchidan
,  kapitalizm  davrida  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar 
va  iste’molchilar  orasidagi  masofaning  uzayishi.  Avvallari  etikdo‘z 
tikkan  etigini  shu  kunning  o‘zida  sotgan  bo‘lsa,  endi  bir  mamlakatda 
ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  boshqa  davlatlarda  sotilmoqda.  Bu  esa 
o‘z  navbatida  mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  mahsuloti  sotilgunga 
qadar  (T
1
–P
1
)  ma’lum  bir  davrni  talab  etadi.  Bu  davrda  ishlab 
chiqaruvchi  tovarlarni  sotguncha  o‘z  faoliyatini  yuritib  turishi  uchun 
kreditdan foydalanishga majbur bo‘ladi. 
Kredit  munosabatlari  iqtisodiy  fanlarning  barcha  bo‘g‘inlarida 
bevosita  yoki  bilvosita  alohida  ijtimoiy  –  iqtisodiy  jarayon  sifatida 
o‘rganiladi.  
Iqtisodiy  adabiyotlarda  “kredit”  so‘zi  lotincha 
“creditum”
  – 
ssuda,  qarz  so‘zidan  paydo  bo‘lganligi  qayd  etiladi.  Ayrim  iqtisodchi 
olimlar  “
credo”, 
ya’ni  “
ishonaman
”  degan  ma’noni  anglatishini  qayd 
etadi
42
.  Albatta,  kredit  munosabatlarida  ishtirok  etayotgan  subyekt-
larning bir – biriga bo‘lgan ishonchi asosiy omil hisoblanadi. Bu yerda 
kreditor,  kreditni  berishda  asosiy  masala  kredit  oluvchiga  nisbatan 
“ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadi. 
Biroq,  kredit  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  amal  qilishi  uchun 
birgina  ishonchning  o‘zi  yetarli  bo‘lmaydi.  Kredit  va  kredit 
munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday 
bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi  o‘rtasida o‘zaro 
iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz 
oluvchi  nuqtai  nazardan  ko‘radigan  bo‘lsak,  kreditorni  ushbu  muno-
sabatlarni  rivojlantirishiga  asosiy  omil  bu  iqtisodiy  manfaatdorlik, 
ya’ni kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish 
jarayonini  uzluksizligini  ta’minlash  orqali  tegishli  iqtisodiy  manfaat-
dorlikka erishishdir.  
                                           
42
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник/Под  ред.  В.В.Иванова,  Б.И.Соколова.  М.:  ТК  Велби, 
Проспект, 2008. С.410. 


158 
Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  kredit  va  kredit  munosabatlarini 
vujudga  kelishi  va  rivojlanishida  har  ikkala  tomonning  ham  iqtisodiy 
manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.  
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kreditning  zarurligi  quyidagi  omil-
lar bilan belgilanadi: 
 – kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy 
manfaatdorligini ta’minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz 
to‘lovlari  sifatida  foyda  olsa,  qarz  oluvchi  ishlab  chiqarishning  uzluk-
sizligini  ta’minlash  orqali  tegishli  foydani  shakllantirish  imkoniyatiga 
ega bo‘ladi; 
 –  iqtisodiyotda  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘lar  ssuda  kapitali 
sifatida jamg‘arilib, tegishli maqsadlarga yo‘naltiriladi; 
 – iqtisodiyotda ishlab chiqarish siklining davriyligi. Bunda ayrim 
tarmoqlarda  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘lari  vujudga  kelsa, 
boshqalarida qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug‘iladi, ushbu 
jarayon kredit orqali tartibga solinadi; 
 –  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  qo‘shimcha  mo-
liyaviy  resurslarga  bo‘lgan  ehtiyojning  asosiy  qismi  kreditlar  orqali 
qondiriladi. 
Zamonaviy  iqtisodiyotda  kredit  muhim  moliyaviy  element  sifa-
tida  mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlanishining  ajralmas  qismi  hisob-
lanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlani-
shining asosida tovar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan 
bo‘lsak  –  kapital  muomalasi  va  aylanishi  yotadi.  Jamiyatda  kapital 
muomalasi va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, bular 
yuqorida ta’kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi.  
Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta’riflarni 
shakllantirgan.  Xususan,  Shegorsov  V.A.  tahriri  ostida  tayyorlangan 
darslikda,  “Kredit  –  qaytarish  va  to‘lov  sharti  bilan  qarzdorga 
vaqtinchalik foydalanish  maqsadida pul  mablag‘i yoki  moddiy buyum 
ko‘rinishida 
berish 
jarayonida 
vujudga 
keladigan 
iqtisodiy 
munosabatlar tizimidir” tarzidagi ta’rifi shakllantirilgan
43
.  
Professor  O.I.Lavrushin  tahriri  ostida  nashr  etilgan  darslikda 
kreditning mohiyatiga aniq ta’rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, 
kredit  ijtimoiy  munosabatlarning  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  iqtisodiy 
kategoriyadir.  Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy  munosabatlarda 
                                           
43
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник  для  вузов/  Под.  ред.  В.А.Щегорцова.  М.:ЮНИТИ  –  ДАНА, 
2005. С.176. 


159 
emas, balki iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi qiymatning harakati 
jarayonida namoyon bo‘ladi. Darslikda, kreditning mohiyatini aniq aks 
ettirish  uchun  uning  tarkibi,  harakat  qilish  jarayoni  va  vujudga  kelish 
asosiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi
44
.  
Boshqa  rossiyalik  iqtisodchi  olimlar  “Pulli  (tovarli)  kredit  to‘lov 
asosida amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi 
o‘zaro harakatining yig‘indisir.”, degan ta’rifni berishgan
 45
.  
O‘zbekistonlik  iqtisodchilardan  professor  Sh.Abdullayeva  tomo-
nidan  nashr  ettirilgan  darslikda:  “Kredit  –  bu  vaqtincha  bo‘sh  turgan 
pul mablag‘larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan ma’lum muddat-
ga,  haq  to‘lash  sharti  bilan  qarzga  olish  va  qaytarib  berish  yuzasidan 
kelib  chiqqan  iqtisodiy  munosabatlar  yig‘indisidir”  tarzidagi  ta’rif 
berilgan
46
.  
Kreditning  iqtisodiy  mohiyatiga  berilgan  ta’riflardan  ko‘rinib 
turibdiki, bu borada iqtisodchi olimlarning fikrlari bir – biridan sezilarli 
darajada  farq  qiladi.  Shu  bois, 
“Kredit  –  tegishli  tamoyillar  asosida 
(qaytarishlik,  to‘lovlilik,  ta’minlanganlik,  muddatlilik  va  maqsadlilik) 
qiymat  va  moddiy buyum  ko‘rinishida,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga 
taqdim  etiladigan  iqtisodiy  kategoriyalarning  bir  shaklidir”
  tarzidagi 
ta’rifni shakllantirishga jazm etdik. 
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to‘liqroq ochib berishda 
uning  subyektiv va  obyektiv  mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit 
munosabatlarining  vujudga  kelishida,  shuningdek,  uning  mohiyatini 
ochib berishda kreditning subyektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi. 
Kreditning  subyektiv  mohiyati  bir  –  biriga  bog‘liq  bo‘lgan 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish