Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish shakllari



Download 1,1 Mb.
bet71/149
Sana21.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#505125
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149
Bog'liq
2 5310129683092735966

11.5. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish shakllari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” Nizom asosida amalga oshiriladi.


Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari:
1) to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
3) inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;
4) cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi:
1) memorial order;
2) to‘lov topshiriqnomasi;
3) to‘lov talabnomasi;
4) inkasso topshiriqnomasi;
5) akkreditivga ariza;
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (BPK) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag‘larni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki mablag‘larni uning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni tegishli to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to‘lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to‘lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
Banklar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 43-son, 451-modda) muvofiq, hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun etarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni hisobdan chiqarish “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) muvofiq amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi. Hisob-kitob hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Cheklar havo yoki qora rang pastasi bo‘lgan sharikli ruchka bilan yoxud texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldirilishi mumkin.
Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:

  • yuridik shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) bo‘lganda (mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi);

  • yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzo va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.

Mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchasida dumaloq muhr izi qo‘yilmagan bo‘lsa, hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilinadi.
Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:

  • mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;

  • bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;

  • banklarning o‘z ichki operatsiyalarida;

  • mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;

  • buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;

  • jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yozma topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur topshiriq memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish