soliq idoralarining soliq to’lovchilari oldida ishonchga va yuksak obro’ga ega ekanligi; vazirliklar va idoralar vazifalarining aniq chegaralanib qo’yilganligi va ular ishida bir- birini takrorlashning yo’qligi; hukumatning vakili bo’lgan va uning nomidan ish olib boradigan soliq agentining (inspektorining) katta ahamiyatga va obro’ga ega ekanligi; kadrlarni tahlil etish, o’rganish, oldidan belgilash, o’qitish, soliq to’lovchilar (jamoatchilik) bilan aloqalar bo’yicha institutlarning mavjudligi; • soliqqa tortish tizimini tashkil qilish, rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti yuksak darajada o’zaro bog’liqligi, qabo’l qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslanganligi hisoblanadi; •soliq idoralarining, ayniqsa, axborot almashinish sohasida moliya organlari va bank tizimi bilan chambarchas bog’liqligidir; Endi bo’lardan tashqari har bir modelning bir-biridan farq qiladigan alohida belgilari to’g’risida to’xtalamiz, birinchi bo’lib amerikacha modelni ko’rib chiqamiz. Amerikacha model quyidagi belgilari bilan klassifikatsiyalanadi: -soliq tizimi bo’yicha soliq to’lovchilarining tushunishi uchun murakkabligi, shu sababdan mamalakatda 50 mingdan ortiq mustaqil holda xususiy soliq maslahatchilari ish olib borib, shu tizimga doir bo’lgan muammolarni echishga harakat qilmoqda; -mamlakatning soliq tizimi juda katta boshqaruv tizimi hamda ijrochilik apparatiga egaligi bilan alohida ajralib turadi; -soliq organlari umumiy tuzilishini mamlakat miqyosida qat’iy markazlashtirishning yo’qligi, mamlakat soliq idoralarining 3 darajali, ya’ni federal, shtat va shahar darajalarining har bir vakilining to’liq qarashligi va mustaqilligi; -naqd pul bilan ishlaydigan kichik biznesning (savdo rastalaridan savdo qiluvchilar, ko’chadagi savdo va xizmatlar va shularga o’xshagan faoliyat turlari) daromadlarini nazorat qilishning samarali usullari AQShda yo’lga qo’yilmagan; -noqonuniy daromad manbalari (o’z daromadlarini yashiruvchilar va soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlovchilar) to’g’risida ma’lumot beruvchi ko’ngilli axborotchilar tarmog’ining mavjudligi; Jahon soliq tizimining Yaponcha modeli quyidagi asosiy belgilari bilan xarakterlanadi: -moliya, soliq, bank, sug’urta, bojxona xizmatlari va shu kabi davlat byudjetini sarmoyaga to’ldiradigan tizimlar Yaponiya Moliya Vazirligi nazorati ostida hisoblanadi; -Yaponiyada juda yuksak darajada vatanparvarlik ruhi, mamlakatga, davlat boshqaruv organlariga, vazirliklarga, mehnat bo’limi bitimini imzolagan kompaniyaga, firmaga, muassasaga sodiqlik hissi mavjudligi va natijada kadrlar qo’nimsizligining yo’qligi, shu jumladan soliq organlari tizimida ham ko’zatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |