Toshkent kimyo-texnologiya instituti yumb ishlab chiqarish jihozlari va ularni tanlash. Guruh: m 11-18 Bajardi: Hoshimov Q. Qabul qildi: dots Todjixodjaeva u b
Bosim ostida quyish usulidan asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olishda foydalaniladi. Bu usul bilan buyum olishda avvalo polimerni ҳarorat ta’sirida qovushqoq-oquvchan ҳolga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so’ngra esa qolipda buyum shakllanadi (qolipni ichki bo’shlig’ini to’ldirish ҳisobiga) va sovitish tufayli qotadi.
Bu usul bilan og’irligi bir necha grammdan tortib bir necha kilogrammgacha bo’lgan, devor қalinligi 1-20 mm bo’lgan buyum olish mumkin.
Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashgan shnekli quyish mashinalari orqali amalga oshiriladi. Quyish mashinalariga ҳar xil konstrukstiyaga ega bo’lgan maxsus quyish qoliplari o’rnatiladi.