Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

natijaviyligini  ta’minlashdan  og‘zaki  va  ko‘rgazmali  usullari  aloqadorligining 
xilma  –  xil  shakllari  mavjudligi  va  kerakli  joylarda  ularning  har  biridan  samarali 
foydalanishi e’tiborga olinadi. Bunga sabab ta’limda mavzuning mazmuni, mavjud 
ko‘rgazmali  vositalarning  xarakteri  va  ta’lim  oluvchilar  tayyorgarlik  darajasidan 
                                                            
4
 
Getting Started: Idea Book on Pedagogy for New Faculty. Faculty Teaching Excellence Program 
UNIVERSITY OF COLORADO  BOULDER Office of Academic Affairs 2008 p.56
 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
59
 
kelib  chiqib,  har  bir  ta’lim  jarayonning  holatiga  mos  ular  uyg‘unligidan  oqilona 
foydalanish dars samaradorligini ta’minlashga imkoniyat yaratadi:  
 Ta’lim tamoyillari. Bu o‘qish va o‘qitish jarayonida obektiv mavjud bo‘lgan 
va uni bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikdan kelib chiqib, 
odamlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  ta’lim  jarayonida  amal  qilishlikka  tavsiya 
etilgan harakatlar tarkibidir. 
Demak, ta’lim tamoyillari – bu o‘qituvchining faoliyatini va ta’lim oluvchining 
bilish  faoliyatini  xususiyatini  belgilovchi  asosdir.  U  ta’lim  beruvchi  va  ta’lim 
oluvchi  faoliyatining  muhim  ichki  tomonlarini  aks  ettiradi  hamda  turli  normada, 
turli  mazmunda  va  har  xil  yo‘sinda  tashkil  etiladigan  ta’limning  samaradorligini 
belgilaydi. 
Ana shuning uchun ham mazkur jarayonda o‘qituvchining pedagogik mahorati 
juda  zarur  va  unda  ta’lim  berishning  muhim  ob’ktiv  qonuniyatlarini  ta’lim 
tamoyillari o‘zida aks ettiradi. 
Pedagogikada o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga imkon beruvchi 
ko‘pgina  umumiy  tamoyillar  mavjud.  Ular:  onglilik  va  faollik;  ko‘rgazmalilik; 
tizimlilik  va  muntazamlilik;  mustahkamlik;  tushunarlilik;  ilmiylik;  nazariya  bilan 
amaliyot  birligi;  ta’lim  –  tarbiyaning  birligi;  ta’lim  –  tarbiya  tizimi  va  uning 
uzunligi; pedagogik texnologiya tamoyillari. 
 Pedagogik yondashuv bu ta’lim – tarbiyadagi o‘zaro bog‘liqlik. Tarkibiy va 
tashkiliy  jihatdan  bir  butun  bo‘lgan  jarayon  va  hodisalarni  o‘rganuvchi  pedagogik 
faoliyatdir. 
Pedagogik  yondashuvlar  turlari  ular  qo‘llanilayotgan  manbaga  mos  holda 
turlicha bo‘ladi. Ular ichidan pedagogik texnologiyalarning ta’lim – tarbiyada keng 
qo‘llanilishi bilan texnologik yondashuvga e’tibor kuchaymoqda.  
 Texnologik yondashuv – bu ta’limning aniq kutilgan natijalariga ega bo‘lgan 
uzluksiz jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat: tizimli yondashuv 
asosida o‘quv jarayonini loyihalash; o‘quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish; 
ta’lim oluvchilarni ularning hatti – harakatlari asosida o‘qitish; teskari aloqa; bilim,  
 ko‘nikma va malakalarning to‘la o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga 
erishishini kafolatlashi; o‘qitishning samaradorligiga erishishi.  
 Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori – bu mazkur qarorni amalga 
oshirishdagi o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi vazifalarni belgilash va taklif – 
mulohazalarni  hisobga  olish  hamda  amaliyotda  foydalanishga  tavsiyalash  ishlab 
chiqish natijasi. 
Mazkur  jarayon  o‘qitishga  har  tomonlama  mos  tushuvchi  ta’lim 
texnologiyalarini yaratishda, ilg‘or axborotli ta’lim texnologiyalarini hayotga joriy 
etishda,  qarorlarni  qabul  qilish  bo‘yicha  ta’lim  oluvchilar  vazifalarini  belgilashda, 
qarorni joriy etishda, taklif va mulohazalarni yig‘ishlarda mukammal qarorlar qabul 
qilishga didaktik asos bo‘la oladi. 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
60
 
Ta’limning  mulohazalarga  asoslangan  qarori  ilmiy  –  pedagogik,  tashkiliy  – 
pedagogik  faoliyatda  va  ular  natijalarini  nazorat  qilish  yo‘nalishidagi  ishlarda 
qo‘llanilishi samarali natijalarni beradi; 
 Pedagogik  qobiliyat  –  bu  o‘qituvchining  pedagogik  faoliyatga  xos  bo‘lgan 
zaruriy  xususiyatlari  majmuasidan  iborat  bo‘lib,  unda  shu  xususiyatlar  negizida 
pedagogik  faoliyat  bilan  mohirona  shug‘ullana  olishlik  layoqatining 
shakllanganligining muayyan darajasidir. 
 
Mikro darajadagi o‘qitish 
 Mikro darajadagi o‘qitish - guruhlarda qaytuvchan aloqani tashkil etishga 
mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitish metodlari orasidagi o‘qitishning unumliligini 
oshirishdagi xamkasblik (pedagoglar orasidagi) metodidir. Xar bir ishtirokchi 
simpozium vaqtida o‘quv jarayoni xaqida qisqa ma’lumot beradi. Lekin bu holat 
boshqa bo‘limlar tomonidan etirozlarga sabab bo‘lgan. Ushbu holatda o‘qitish 
portfoliosini yaratish maqbul echim bo‘lib hisoblandi. O‘qitish porfoliosini yaratish 
o‘qituvchilarni shaxsiy portfoliosini tashkil etish va rivojlantirishga turtki bo‘ladi. 
Ishtirokchilar ta’limni samaradorligini oshiruvchi porfolioni qanday ishlatish va 
portfolioni tarkibiy qismlarini taxlil qilish to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarga ega 
bo‘ladilar. SHular orqali ular o‘z portfoliolarini to‘ldirish tartibi rejasini tuzib 
chiqadilar
5
.  
Mazkur  jarayonda,  ayniqsa  o‘qituvchining  pedagogik  mahorati  oshishi 
asosidagi  ta’lim  metodlarining  samaradorligini  oshirishda  quyidagi  qobiliyatlari 
muhim  asos  bo‘la  oladi:  pedagogning  bilish  qobiliyati;  pedagogning  diqqatni 
taqsimlay  olish  qobiliyati;  pedagogning  istiqbolni  belgilay  olish  qobiliyati; 
pedagogning  kasbiy  madaniyati  va  bilimdonligi  qobiliyati;  pedagogning  kasbiy 
nazokati va kuzatuvchilik qobiliyati; pedagogning ma’naviy – ma’rifiy madaniyati 
va  nutq  qobiliyati;  pedagogning  obro‘  orttira  olish  qobiliyati;  pedagogning 
tashkilotchilik  qobiliyati;  pedagogning  tushuntira  olish  qobiliyati;  pedagogning 
to‘g‘ri tushuntira olish qobiliyati; pedagogning to‘g‘ri muomala qilish qobiliyati va 
shu kabilar. 
        

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish