KASBIY TA’LIM
METODIKASI
355
Vaziyatni o‘rganish va vaziyatni baholashga doir savollarni tahlil etish asosida
mavjud seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan SWOT-tahlilni amalga
oshiring.
KEYS №7: Pedagogik nizo va uni hal etish yo‘llari
Ma’lum muddat tibbiy davolanishda bo‘lib, yangi o‘quv yilidan yana qaytadan
ishga qaytgan “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xafizov menejment
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 303 guruhida kasbiy pedagogika fanidan seminar
mashg‘ulotini o‘tkazayotgan edi. Seminar mashg‘ulotida talabalarni kichik
guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom
ettirayotgan bir paytda, mashg‘ulot boshlanganiga o‘ttiz daqiqa bo‘lganida mazkur
guruh talabasi A.Petrova eshiqni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so‘radi.
O‘qituvchi esa mashg‘ulot boshlanganiga ancha vaqt bo‘lganini, u bir necha
marotabadan bo‘yon kechikib kelayotganini aytib, mashg‘ulot vaqtida kechga
qolgan talaba A.Petrovaning auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa,
auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. O‘qituvchi undan auditoriyadan chiqib
ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga
kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga shikoyat xati kelib tushdi.
SHikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga qaramasdan va har
qanday holatda ham o‘qituvchi talabani mashg‘ulotga kiritmasdan, uni turtib
auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etika zid ish ekanligi, o‘qituvchining
KASBIY TA’LIM METODIKASI
356
kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib,
sinovdan o‘tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli
chora ko‘rilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo‘ygan
edi. Ertasi kuni fakultet dekani va o‘rinbosari N.Xafizovni bu haqida ogohlantirdi.
O‘qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, talaba qiz
hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo‘pol munosabatda bo‘ldi. Bir hafta
muddat o‘tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig‘ilishda muhokama
qilib, qaror chiqarib berishni so‘radi. Kafedra majlisida mazkur masala muhokama
etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari har qanday vaziyatda ham N.Xafizovni
qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga
olib, undan uzr so‘rash haqidagi taklifni kiritishdi. N.Xafizovga so‘z berilganda esa,
u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, talaba-
qizdan uzr so‘ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o‘tib, N.Xafizov kafedra
mudirining ishdan bo‘shamasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, o‘z arizasiga
ko‘ra vazifasidan ozod etildi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz N.Xafizovning o‘rnida
bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? N.Xafizovning ishdan bo‘shab
ketishi to‘g‘ri bo‘ldimi?
1. Keys bilan tanishish (individual) – 3
daqiqa
Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing. Muammoli vaziyat
mazmuniga alohida e’tibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal
etishga bag‘ishlanganligini aniqlang.
2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik
guruhlarda) – 5 daqiqa
Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. O‘z fikringizni guruh bilan
o‘rtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi
hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.
3. Muammo echimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa
Guruh bilan birgalikda muammo echimini toping. Muammoga doir echim bir
necha variantda bo‘lishi ham mumkin. SHu bilan birga siz topgan echim qanday
natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.
4. Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5
daqiqa
Guruh bilan birgalikda keys echimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni
tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash
jarayonida aniqlik, fikrning ixcham bo‘lishi tamoyillariga rioya qiling.