Yo‘altiruvchi maksadlar. Yo‘naltiruvchi maqsadlar eng katta ko‘lamdagi
ta’lim jarayonining maksadlarini belgilaydi. Masalan, biror mutaxassislikni
7
Sharples, M., McAndrew, P., Weller, M., Ferguson, R., FitzGerald, E., Hirst, T., Mor,Y., Gaved, M. and
Whitelock, D. (2012). Innovating Pedagogy 2012: Open University Innovation Report 1. Milton Keynes:
The Open University p.13
KASBIY TA’LIM METODIKASI
111
egallash buyicha o‘quv maqsadlari. Bu maqsadlar odatda davlat talim
standartlarida o‘z aksini topadi va qonuniy xujjat xisoblanadi. Ular ta’lim
jarayoniga qo‘yilganumumiy talablarni aniqlaydi va uning umumiy yunalishini
belgilab beradi. Umumiy maksadlar. Umumiy maksadlar kichikrok ko‘lamdagi
ta’lim jarayonlariga taallukli bulib, uning mazmuni yo‘naltiruvchi maksadlardan
kelib chikadi. Masalan, biror fan buyicha o‘quv maksadlari. Umumiy maksadlar
xam xar bir fan bo‘yicha tuzilgan davlat ta’lim standartlari ko‘rinishida belgilanishi
mumkin. Umumiy maksadlar yo‘naltiruvchi maqsadlarni o‘z qamrov kulami
darajasida oydinlashtiradi va aniklashtiradi. SHunday bo‘lsada, yo‘naltiruvchi
maksadlar xam ta’lim oluvchi egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va
xulq xakida umumiy tasavvurni beradi. U xam o‘z navbatida pastki kulamda yanada
aniklashtirilishi va oydinlashtirilishi lozimbo‘ladi. Anik maqsadlar (kutilayotgan
natijalar). Anik
maqsadlar eng kichik kulamdagi ta’lim jarayoniga taallukli bo‘lib, uning
mazmuni o‘z navbatida umumiy maksadlardan kelib chikadi. Masalan, biror bir
darsning maksadi. Anik maqsadlar aniq ifoda etilganligi tufayli ta’lim jarayonida
muxim o‘rin tutadi. Ular biror bir mavzuga oid dars, amaliy mashg‘ulot bo‘yicha
o‘lchanishi mumkin bo‘lgan anik yakuniy bilim, ko‘nikma, malaka va xulkni
ifodalaydi. SHuning uchun ularni ifodalashda maksadlar bilan birga ularga erishish
ko‘rsatkichlarini, baxolash mezonlarini va bu natijalarga erishish uchun yaratilishi
lozim bo‘lgan shart-sharoitlar (asbob-uskunalar, materiallar va boshqa zaruriy
vositalar) tavsifini xam berish lozim bo‘ladi. Aniq maksadlar odatda ta’lim
muassasalari o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi. SHuningdek, bu maqsadlar
yukorida turgan mutasaddi ta’lim muassasalari, ilmiy-metodik kengashlar
tomonidan ishlab chikilishi va amaliyotga tadbiq qilinishi mumkin.
Aniq o‘quv maksadlari moxiyatiga ko‘ra uch soxaga bo‘linadi (1 - rasm).
• Kognitiv (nazariy bilimlarni uzlashtirish bilan bog‘lik) o‘quv maksadlari
soxasi;
• Psixomotorik
(amaliy
xatti-xarakatlarni o‘zlashtirish bilan bog‘lik)
o‘quv maqsadlari soxasi;
• Affektiv (xulqo‘zini tutish, atrof-muxitga va tevarak atrofdagilarga
munosabatning shaqllanishi va kadriyatlarni o‘zlashtirish bilan bog‘lik) o‘quv
maqsadlari soxasi.
KASBIY TA’LIM METODIKASI
112
I
Do'stlaringiz bilan baham: |