Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

Darsni kuzatish 
Dars tahliliga kirish uchun quyidagi qoidalar majburiydir
-  dars  boshlanguncha  va  mazmuni  bilan  tanishmay  turib  o‘qituvchi  yoki 
muhandis-pedagoglarni, o‘quvchilarni turli savollarga jalb etmaslik; 
- savollarni faqat fan dasturi va rejasi yuzasidan berish; 
-  dars  paytida  o‘quv  xonasi,  ustaxonasida  yurish,  daftarlarga  qarash  va 
o‘quvchilarni turli savollar bilan chalg`itmoq mumkin emas; 
- darsga kech kirish va qo‘ng`iroq chalinguncha chiqib ketish mumkin emas; 
-  dars  jarayonida  kuzatuvchi  o‘qituvchining  ishiga  aralashishiga  haqi  yo`q, 
xattoki o‘qituvchi qaysi bir sohada hatoga yoki kamchilikka yo`l qo‘ysa ham (dars 
materialini  xato  tushuntirishi  yoki  dars  usulida  hatoga  yo`l  qo‘ygan  paytlarda).  U 
barcha kamchilik va hatolarni darsdan so‘ng ko‘rsatib o‘tishi mumkin. 
-  kuzatuvchi  diqqat  va  e’tibor  bilan  darsni  kuzatishi  lozim  va  tez  tanqidiy 
nuqtai-nazar bilan darsdagi barcha xolatlarni daftariga yozib borishi kerak. 
  Kasb-hunar  kollejlarida  hozirgi  zamon  darsini  tahlil  qilishda  shuni  bilmoq 
zarurki, qaysiki uni quyidagi tomonlariga e’tiborni qaratmoq zarurdir: 
- darsning aniq maqsadini belgilash va buni dars jarayonida amalga oshirish; 
- dars maqsadi va uslubini hozirgi zamon fani va texnikasiga mos kelishi; 
- fan va texnika rivojini dars jarayonida ko‘rsata bilish; 
- o‘quvchilarni tushunish va bilish faolligini oshirish, ularning olgan bilmlarini 
mustaqil ko‘rsata bilishiga o‘rgatish; 
- dars materialini ilmiy isbotlangan holda tanlash, dars maqsadiga mos xolatda 
va  o‘quvchilarning  qobiliyatini  hisobga  olgan  holda  material  miqyosini  aniqlash, 
darsda ilm olish vazifasini va o‘quvchilarning mustaqil ishlarini aniq belgilashdan 
iboratdir. 
Kasb-hunar  kollejida  nazariy  darsda  4  -ta  dars  maqsadi  belgilanar  ekan, 
darsning  tahlilida  shu  maqsadlarning  qanday  amalga  oshirilganligi  va  ularning 
qanday amalga oshirish usullari aniq ko‘rsatilgan bo‘lmog`i zarur. 
Ta’limiy maqsad o‘qituvchilarda yangi tushunchalar va xarakat usullarini, kasb 
bilimlari  tizimini  egallashga  chorlaydi.  Unda  aniqliklar  bo‘lishi  shart.  Buni 
quyidagicha  amalga  oshirish  mumkin.  Eng  avvalo  o‘quv  dasturining  talablarini 
hisobga olish kerak. O‘quvchilarning bilim hajmi va ko‘nikmalarini, ularning ilmga 
bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmoq kerak. 
O‘qituvchi  dars  rejada  o‘tilgan  materialni  so‘rash  uchun  va  yangi  materialni 
bayon qilish uchun savollar tuzar ekan, o‘quvchilarga mustaqil ishlar belgilash yo`li 
bilan ta’lim maqsadini dars jarayonida amalga oshirish yo`llarini rejalashtiradi. Dars 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
97
 
jarayonida  ta’lim  maqsadini  amalga  oshirilishini  kuzatish  uchun  dars  materialini 
o‘quv  dasturi  asosida  aniqlamoq  kerak.  Dars  materialinining  mazmunining 
ilmiyligini,  hozirgi  zamon  talabiga  mos  kelishini  baholamoq  darkor.  Pedagogning 
darsda qanday metod va uslublardan foydalanishiga etibor bermoq kerak. 
O‘qituvchi  darsda  o‘quvchilarga  dars  materialini  etarli  va  qoniqarli 
tushuntirdimi,  o‘quvchilar  diqqatini  dars  materialidagi  asosiy  tushuncha  va 
muammolarini to‘play oldimi, materialni aniq misollar va faktlar asosida tushuntira 
oldimi, materialda ko‘rsatilayotgan voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini 
yorita olishini hisobga olmoq kerak. 
Dars  tahlilida  muhim  narsa  dars  jarayonida  oldinga  qo‘yilgan  maqsadni 
amalga oshirishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish usulini baholashdir: texnik 
vositalar, ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar. 
Darsni  tahlil  qilishda  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlashini  baholash  muhim 
o‘rinni egallaydi, qaysiki mustaqil ishlash o‘quvchilarga darsning qiyin davrida va 
qanday maqsad bilan berildi-buni aniq baholash ham katta ahamiyatga egadir. 
Tarbiyaviy  maqsad  o‘quvchilarda  aniq  shaxsiy  hususiyatlarni  shakllantirshga 
qaratiladi.  Bu  hususiyatlar  o‘quvchilardagi  kichik  mutaxasisslarning  axloqiy 
sifatlari, mehnatsevrligiga e’tiqod va xalq ishiga tayyor turishdan iboratdir. 
O‘qituvchi  shuni  yaxshi  bilmog`i  zarurki,  dars  doim  o‘quv-tarbiya  ishining 
asosiy shakli bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
Tarbiyani o‘z ichiga olmagan darslar bo‘lmaydi. SHuni aytish o‘rinli va savol 
tug`iladi: “Har qanday dars tarbiyaviy kuchga egamiq”. L.N. Tolstoy ta’kidlaydiki, 
tarbiyasiz  bilim  bo‘lmaydi.  Masala  shundaki,  qanday  shaxsiy  xususiyatlar 
tarbiyalanadi.  Bu  o‘qituvchi  tomonidan  turli  yo`llar  va  usullar  yordamida  amalga 
oshiriladi. Eng muhimi tarbiyani dars mazmuni va uning tashkil qilinishi jarayonida 
amalga  oshiriladi.  O‘qituvchining  dars  rejasida  o‘quvchilarning  tarbiyalashga 
qaratilgan  maqsadlar  shu  darsda  amalga  oshirish  uchun  mo‘lljallangan  bo‘lmog`i 
kerak. 
O‘quvchilar  dars  jarayonida  mamlakatimizda  sodir  bo‘layotgan  voqealarni 
anglamoqlari,  har  kungi  o‘zgarishlarni  va  jamiyat  boyligini  ko‘paytirish  uchun 
barchaning harakati zarurligini anglamoqlari va bilmoqlari kerak. Dars mazmunini 
tahlil  qilishda  darsning  o‘quvchilarga  ko‘rsatgan  tarbiyaviy  ta’sirchanligi  nuqtai 
nazardan qarash kerak. 
Dars  maqsadlariga  baho  berishda  asosiy  maqsadni  o‘qituvchining 
o‘rganilayotgan  mavzuni  jamiyat  uchun  qanchalik  muhim  ekanligini  ko‘rsatishiga 
qaratgan  harakatini  ko‘rsatib,  o‘tishi  zarur.  Nazariy  darslarda  darsning  tarbiyaviy 
maqsadlarini amalga  
oshirish yo`llarini belgilashda o‘qish va tarbiya tizimi birligini hisobga olishga 
diqqatni qaratmoq kerak. SHuni nazarda tutish kerakki, darsda tarbiya ta’sirchanligi 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
98
 
oldindan  belgilangan  bo‘lib,  u  bir  nechta  o‘zaro  bog`langan  va  xarakatdagi 
pedagogik va psixologik faktorlardan kelib chiqadi.  

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish