ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy sohalarni o`z ichiga qamrab oladi. Shunga muvofiq
tarzda boshqarishning ham uchta asosiy yo`nalishi mavjud. eng asosiysi, iqtisodiy
boshqaruvdir. Chunki, iqtisod – moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va
taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Milliy tiklanish iqtisodni qayta qurishdan
boshlanadi. Iqtisodiy boshqaruv kun tartibidagi eng muhim masala hisoblanadi.
Ijtimoiy-siyosiy boshqaruv kishilarning turli jamoalari (ijtimoiy guruhlar, millatlar,
elatlar, jamoalar va h.k.) o`rtasidagi munosabatlarni ham, ana shu jamoalar ichida
kishilar o`rtasidagi munosabatlarni ham boshqarishdir. Bu turning asosiy mohiyati –
turli guruhlar ittifoqini yanada mustahkamlash va taraqqiy ettirishdan iborat. Bu
turdagi boshqaruvdan ko`zlangan maqsad, ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish,
Do'stlaringiz bilan baham: |