Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Tayanch tushuncha va iboralar



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

Tayanch tushuncha va iboralar:  Kasb  ta’limi  o‘qituvchisi,  
kompenentlilik,  kompetensiya,  metodik,kompetentlik  turlari, 
kasbiy tarbiyalanganlik, kasbiy faoliyat 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
160
 
•  aniq  pedagogik  hamda  ishlab  chiqarish  muammoli  vaziyatlarda  masalakmi 
ajratib  olish  va  ularni  hal  qilish  usuli  sifatida  pedagogik  va  texnik-texnologik 
tafakkumi rivojlantirish; 
•  bo‘lajak  kasb  ta’limi  o‘qituvchisining  pedagogik-shaxsiy  faoliyati  asosi 
sifatida  pedagogik,  umumkasbiy  va  ixtisoslikga  oid  bilimlami  o‘zlashtirishga 
nisbatan ijobiy munosabatda boiishga erishish
•  bo‘lajak  kasbiy  faoliyat  individual  metodining  asosi  sifatida,  o‘quv-
pedagogik  va  ishlab  chiqarish  harakatlarining  reproduktiv  va  ijodiy  usullarini 
shakllantirish;  muhim  kasbiy-pedagogik  sifatlarini  rivojlantirish  (hamdardlik, 
bolalami sevish va boshqalar), kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini 
yuzaga keltirish hisoblanadi. 
Oliy ta’lim tizimining birinchi bosqichida ta’lim dasturlari umumiy o‘rta va o 
‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bilan  uzluksizlik  va  uzviylikni  ta’minlagan  holda 
talabaning  o  ‘quv  rejasidagi  fanlar  bloklarini  (gumanitar,  ijtimoiy-iqtisodiy, 
matematik  va  tabiiy-ilmiy;  umumkasbiy  ixtisoslik  hamda  qo‘shimcha) 
o‘zlashtirishlarini  nazarda  tutadi.  Hozirgi  kunda  kasb  ta’limi  yo‘nalishi  bo‘yicha 
bakalavro'qituvchilami  tayyorlashda  metodik  kompetentliklarini  shakllantirishga 
yetarlicha  e’tibor  berilmayapti.  Kasb  ta’limi  yo‘nalishi  bo‘yicha  ta’lim  olayotgan 
bo’lajak  bakalavr-o‘qituvchilaming  metodik  faoliyat  bilan  shug‘ullanishlari  uchun 
bo‘sh  vaqtlaridan  unumli  foydalana  olmasliklari,  o‘z  kasbiy  bilim  va  malakalarini 
oshirish  ustida  shug'ullanmasliklari,  kutubxonalarda  metodik  kompetentliklarini 
shakllantirishlari uchun ta’lim olayotgan mutaxassisliklari doirasida adabiyotlaming 
yetarli  darajada  ta’minlanmaganligi,  axborot  texnologiyalaridan  hamda  elektron 
ta’lim  resurslaridan  unumli  foydalana  olmasliklari  muammoning  dolzarbligini 
ko‘rsatadi.  Ushbu  muammoni  ijobiy  hal  qilish  uchun  talabalaming  ta’lim  olishini, 
pedagogik faoliyatga kompetentlik darajalarini izchil tizimga keltirish kerak. Ta’lim 
olish  yetuk  mutaxassis  bo‘lib  yetishishning  muhim  omili  hisoblanadi.  Bu  ayniqsa 
kasbiy  tayyorgarlik  tizimida  yakqol  namoyon  bo'ladi.  Ajdodlarimiz  ham  yosh 
avlodning  kasb-hunar  egallashiga,  yetuk,  tarbiyali,  taraqqiyotga  xizmat  qiluvchi 
inson  boMib  yetishishiga  ahamiyat  berishgan.  Buyuk  allomalarimiz  o‘z  asrlarida 
kasbni  ulug‘lashni,  kasb-xunar  egalariga  xurmat  va  extiromni  ta’kidlab  o‘tganlar. 
Yusuf  Xos-Hojib,  Axmad  Yugnakiy,  Bahovuddin  Naqshbandiy,  Shayh  Najmiddin 
Kubro,  Muhammad  al  Xorazmiy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Al-Farg‘oniy,  Axmad 
Yassaviy,  Abdurahmon  Jomiy,  Imom  al  Buxoriy,  va  Alisher  Navoiy  kabi  buyuk 
mutafakkirlar  kasbni,  kasb-hunami  ulug‘laganlar.  Yuqorida  sanab  o‘tilgan  buyuk 
allomaiar  o‘z  hayoti  va  ijodiy  faoliyatiarida  kasb-hunar  egallashni  ulug'lash  bilan 
bir  qatorda  kasb-hunar  egallashda  mustaqil  ish  bajarishning  naqadar  muhimligi 
ta’kidlaganlar.  Kasbiy  faoliyatda  kasb  ta’limi  o‘qituvchisining  metodik 
kompetentligini  shakllantirish  orqali  inson  hayotga,  shaxs  tarbiyasiga,  ijtimoiy 
munosabatlar rivojlanishga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin.  


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
161
 
Bo‘lajak  kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  metodik  kompetentligini  shakllantirishda 
ta’limni  taraqqiy  ettirishning  ishlab  chiqilgan  kasb  ta’limi  o‘qituvchisini  kasbiy 
shakllantirishning modeli - ta’lim va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan 
pedagogik  hamda  muammoli  vaziyatlaming  muvaffaqiyati  hal  etilishini 
ta’minlovchi,  motivatsion  xislatlar,  inteilektual  salohiyat,  irodaviy  sifatlar,  amaliy 
ko‘nikmalar, hissiy sifatlar, o‘z - o‘zini boshqara olish sifatlarini ta’riflovchi hamda 
kasb egasining mustaqil bilim olishi va o‘z - o ‘zini rivojlantirishda aks ettiruvchi 
andoza  hisoblanadi.  “Kompetentli”  inson  o‘z  ishida  qandaydir  masalani  bilag‘oni 
deb tan olingan, xabardor bo‘lgan, obroMi, to‘la huquqli, doiralarda vakolatga ega 
bo‘lgan,  qobiliyatli  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Amalda  barcha  lug‘at  tuzuvchilar 
“kompetentlik”  va  “kompetensiya”  kategoriyalarini  chegaralab  qo‘yadilar. 
Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir birini o‘mini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir 
vaqtda  kompetensiya  so‘zi  uchun  yagona  izohlash  yo‘q,  bu  tushuncha  “vakolatlar 
yig‘indisi  (huquq  va  majburiyatlar)  qandaydir  organ  yoki  lavozimli  shaxsning, 
qonun,  nizomlar  bilan  belgilab  qo‘yilgan  ushbu  organ  yoki  boshqa  xolatlar”, 
“nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga  ega bo‘lish (egalik 
qilish)”,  “kimdir  yaxshi  xabordor  bo‘lgan  savollar  to‘plami  (sohasi)”  tushuniladi. 
Shuningdek  pedagogik  kompetensiya  ta’rifi  qo‘yidagicha  ham  bo‘lish  mumkin: 
“pedagoglik maxoratiga ega shaxs sifatida obro‘lilik, sezish, tajriba kabi masalalar, 
hodisalar  to‘plami  (doirasi);  vakolatlar  doirasi,  savollar,  hodisalami  nimalamidir 
yurgizishga  to‘g‘ri  keladigan  soha”,  “pedagog  shaxsining  shaxsiy  imkoniyatlari” 
uning  malakasi  (bilim,  tajriba),  muayyan  doiradagi  qarorlami  ishlab  chiqishda 
qatnashishni ta’minlaydigan yoki muayyan bilimlar o ‘quvlar borligi evaziga o‘zini 
xal  etishi  tushuniladi.  Stiv  Uiddet  va  Sara  Xollifordlar,  “umumiy  qarashlar 
shakllanib,  ularga  muvofiq  “kompetensiya”  va  “kompetentlik”  tushunchaiari 
quyidagi ma’nolami beradi deb xisoblaydilar: I. Ishchi vazifalami hal qilish uchun 
va ishning zaruriy natijalarini olish uchun zaruriy qobiliyat, ko ‘p hollarda 
kompetentlik aniqlanadi. 2. Ahloqning zaruriy standartlari aksidagi  qobiliyat 
kompetentlik  -  deb aniqlanadi (1-rasm).  Shunday  qilib,  agar  Eyler  aylanalari 
ko‘rinishida  kompetentlik  va  kompetensiyaning  o‘zaro  nisbati  ko‘rsatilsa  unda 
“kompetensiya”  birlamchi,  “kompetentlik”-  ikkilamchi  ekanligi  ko‘rsatib  o  ‘tiladi. 
Berilgan  ahloqiy  uquvlarga  ko‘ra  shaxs  o  ‘zining  u  yoki  bu  sohadagi 
kompetentiigini  shakllantiradi  va  agar  kompetentlilik  va  kompetensiya  ulaming 
interferensiyasida  (2-rasm)  biriashsa  (mos  tushsa),  unda  shaxs  kompetentli  deb 
hisoblanadi. 
Bitiruvchilarning  kasbiy  tayyorgarligi  darajasiga  qo‘yiluvchi  talablar  nuqtai 
nazaridan  kompetentlik  talabalaming  muayyan  vaziyatlarda  bilim,  malaka  va 
faoliyat  usullari  to‘plamini  maqsadga  muvofiq  qo‘llash  qobiliyatini  anglatadi. 
Kompetentlik - bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni 
amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalaming egallanishi  


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
162
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish