Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Talabalarning  mustaqil  fikrlarini  rivojlantirishda  ta’lim  nazariyasi  va



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

Talabalarning  mustaqil  fikrlarini  rivojlantirishda  ta’lim  nazariyasi  va 
amaliyot asoslari  
Ta’lim  jarayonining  ilmiy,  nazariy  uslubiy  va  amaliy  asoslarini,  ya’ni  ta’lim, 
bilim  berish,  o‘qitish  nazariyasi  bilan  pedagogikaniig  mustaqil  bo‘limi  didaktika 
shug‘ullandi. Didaktika — grekcha so‘z bo‘lib, "didasko", ya’ni, o‘qitish o‘rgatish 
maonolarini  beradi.Ta’lim  qonuniyatlarini  o‘rganish,  ta’lil  qilish  jarayonida  ta’lim 
tushunchasi  uning  mohiyati  mazmun  va  vazifalari,  o‘qitish  prinsiplari,  shaqllari 
haqidagi bilimlar bayon etiladi.  
Ta’lim  -  inson  bilish  faoliyatining  eng  murakkab  turlaridan  biri  bo‘lib, 
individual  psixik  rivojlanishni  va  bilimlarni  o‘zlashtirishni  ancha  tezlashtiradi. 
O‘qituvchi  ta’lim  jarayonida  faqat  bilim  berish  bilan  chegaralanmaydi,  balki  bu 
jarayonda  o‘kuvchi,  talabaga  ta’sir  ko‘rsatadi,  bu  esa  ularning  bilim  olishlarini 
yanada  faolashtiradi,  natijada  o‘quvchi  ta’lim  jarayonining  faol  ishtirokchisiga 
aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar, avvalo o‘qituvchiga bog‘lik. Mutaxassis sifatida o‘z 
fanini  chuqur  bilishi,  pedagogik  muloqot  ustasi  bo‘lishi,  psixologik-pedagogik  va 
uslubiy  bilim  va  malakalarni  egallagan  bo‘lishi,  har  xil  pedagogik  vaziyatlarni 
zudlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogak ta’sir ko‘rsatishning maqbul usul va 
vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.  
Ta’limni  asosiy  vazifasi  shaxsni  ilmiy  bilimlar,  ko‘nikma  va  malakalar  bilan 
qurolladtirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha 
maononi  bildiradi.  YA’ni:  ta’lim  oluvchilarda  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  hosil 
qilish,  ularda  dunyoqarash,  fikr  va  eotiqodlarni  shaqllantirish  hamda  ularning 
qobiliyatlarini o‘stiradi.  
Ta’lim  orqali  yosh  avlodga  insoniyat  tajribasi  orqali  to‘plangan  bilimlar 
boriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda eotiqodlar shallantiriladi.  
Ta’lim  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarning  birgalikdagi  faoliyati  bo‘lib,  u  ikki 
tomonlama  xarakterga  ega,  ya’ni  unda  ikki  tomon  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  faol 
ishtirok  etadi.  O‘qituvchi  aniq  maqsadni  ko‘zlab,  reja  va  dastur  asosida  bilim, 
ko‘nikma  va  malakalarni    singdiradi,  o‘quvchi  esa  uni  faol  o‘zlashtirib  oladi. 
Bildirish,  bilish  murakkab,  qiyin,  ziddiyatli  jarayondir.  Bu  jarayonda  inson 
psixikasiga  tegishli  sezgi,  idrok,  tasavvur  va  tafakkur  kabi  jarayonlar  faol  ishtirok 
etadi va muhim rolp o‘ynaydi.  
Ta’lim  berish,  yoshlarga  bilim  berish,  ularda  ko‘nikma  va  malakalarni  hosil 
qilish,  yangi  haqiqatlarni  ocha  bilishga  qodir  bo‘lgan  ijodiy  mantiqiy  tafakkurni 
tarbiyalashdir.  Ta’lim  o‘quvchi-talabalarning  o‘zlashtirish,  o‘zida  bilish 
qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. 
Bu  passiv  jarayon  emas,  balki  o‘quvchiga  noma’lum  faol,  ijodiy  faoliyat,  me’nat 
jarayonidir. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto‘g‘ri va 
noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni 
bosib o‘tadi.  


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
144
 
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik 
jarayonlar faol ishtrok etadi va amaliyotda sinab ko‘riladi.  
O‘qituvchi,  o‘quvchi  va  talabalardagi  fikrlash  jarayonni  to‘g‘ri  yo‘lga  solish 
uchun amaliyot har qanday bilishning negazidir, degan qoidani hisobga olishi zarur.  
O‘quvchi  va  talabalarning  erkin  fikrlash  qobiliyatini  o‘quv  va  amaliy 
mashg‘ulotlar  o‘tkazish  yo‘li  bilan  o‘stirish  lozim.  O‘quvchi,  talaba  tafakkur 
jarayonida  voqelikni  ta’lil  qilishni  va  taqqoslashni,  bilimlarning  o‘zlari  uchun 
tushunarli  sohalaridagi  sabab-xulosalar  chiqarishni  o‘rganadilar,  ya’ni  oddiy, 
so‘ngra esa ancha murakkab tushuncha hamda fikr-mulohazalar hosil qilishni bilib 
oladilar.  
Ta’limda  o‘qituvchi  bilim  berish  bilan  cheklanmaydi,  u  o‘quvchilarning 
fikrlash  faoliyatiga  ham  rahbarlik  qiladi,  o‘quvchilarda  ishdagi  mustaqillik, 
ijodkorlik  qobiliyatlarini  o‘stiradi  va  shu  tariqa  o‘rganilayotgan  narsaning  ongli 
ravishda  o‘zlashtirib  olinishga  erishiladi.  Materialni  idrok  qilishlari  va  tushunib 
olishlari  bilan  birga,  uni  puxta  esda  saqlab  qolishlari  to‘g‘risida  ham  am’o‘rlik 
qiladi.  
O‘qituvchi  o‘quvchi-talabaning  bilish  faoliyatlarini  tashkil  qilish  maqsadida 
o‘quv  ishlarini  olib  borar  ekan,  avvalo  ta’lim  jarayoni  orqali  uch  vazifani,  ya’ni 
bilim  berish  orqali  uch  maqsadni  hal  qilishi  lozimligini  unutmasligi  kerak.  Bu 
maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi.  

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish