Truboprovodli gidrotansportning asosiy uzellari tuzilishi. Trubalar asosan
po‘latdan yasalgan bo‘lib, ammo keyingi vaqtlarda po‘lat trubalar bilan bir qatorda
shishaplastikli trubalardan (SVAM) foydalanish xam yaxshi natija bermoqda.Ular
zanglamaydi, ich tomoni unchalik g‘idir-budir emas, xajmiy og‘irligi kam va ular
mustaxkamligiga ko‘ra po‘lat trubalardan qolishmaydi.Trubalar bir-biri bilan
rezina zichlagichlari ko‘yib muftalar yordamida birlashtiriladi, yoki payvandlanadi
yoki elimlab tutashtiriladi. Mayda bo‘lakli yuklar uchun suvning truboprovoddagi
tezligi 1-2 m/sek, yirikroq bo‘laklar uchun esa (bo‘laklar o‘lchami 10 sm gacha)
5-6 m/sek atrofida bo‘ladi. Trubalar diametri 150-160 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |