O‘zi yurar aravachalar. O‘zi yurar aravachalar ancha og‘ir yuklarni (500kg
dan ko‘p) 100-500 m va undan ortiq masofaga tashish ishlarida qo‘llaniladi.
Ularning ikki tipi (ko‘rinishi) mavjud: akkumlyatorli elektr aravachalar
(elektrokara) va avtoelektroaravachalar. Bu ikkinchi tipdagi aravachalar uncha
kuchli quvvatga ega bo‘lmagan ichki yonar dvigatelli, o‘zgarmas tok generatori va
elektrodvigatel bilan jixozlangan. Ammo ikkinchi tip aravachalar amalda
qo‘llanilmaydi.
17 -rasmda ko‘tarma stolli elektrokara sxemasi keltirilgan. Aravacha
haydovchi (voditel) tomonidan boshqarib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |