«Stratosfera» — atmosferaning o‘rta qatlami, u dengiz sathidan 100 km balandlikda joylashgan. Unda azot, vodorod, geliy va boshqa gazlar bo‘ladi.
«Ionosfera» — atmosferaning yuqori qismi bo‘lib u sayyoralar oralig‘idagi kengliklarga o‘tib ketadi. Ionosfera bilan stratosferaning chegarasida «shimol shafag‘i» hosil bo‘ladi.
Biosfera hududida tirik moddalar juda notekis taqsimlangan. Atmosferaning yuqori qatlamlarida, okeanlar tubida, litosferada tirik organizmlar nisbatan kam uchraydi.
Hayotning asosiy qismi yer yuzasida — tuproq qatlamlarida, dengiz va okeanlarning yuqori qismida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |