1. Mafkuraviy immunitet - xavfsizlikning ma’naviy asosi.
2. G’oyaviy manipulyatsiya.
3. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar va mafkuraviy immunitet.
1. Mafkuraviy immunitet - xavfsizlikning ma’naviy asosi. Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil fevral, 2004 yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik voqealardan to’g’ri xulosa qilish muhim. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. YA’ni jamiyat, millat o’z g’oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo’llashi mumkin bo’lgan mafkuraviy tahdidlaridan qo’rqmasa, bunday millatni engish mumkin emas.
Mamlakatimizning xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti hech bir o’zbekistonlikni befarq qoldirmasligi kerak. CHunki ular o’z, yagona Vatanining tarixi qanday mashaqqatli, azobli asrlarni o’tkazib, mustaqillikka erishganligini yaxshi biladilar. SHunday ekan, Vatan - O’zbekistonning posboni ham millatidan, dinidan, tug’ilgan joyidan, kasbu-yoshidan qat’iy nazar uning o’zbekistonlik bo’lishidir. Demak, mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat – o’zbekistonliklarning milliy g’oya atrofidagi jipsligidir. SHu tariqa milliy g’oya bizni o’tmishimiz, hozirgi hayotimiz va kelajagimiz bilan bog’lab turadi. SHu sababli O’zbekiston xalqining milliy g’oyaga asoslangan immuniteti - Vatan xavfsizligi darajasining muhim ko’rsatkichlaridan biriga aylanadi.
Milliy g’oya xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik, komillikka tayanar ekan, ana shu g’oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarni oldini oladi. Tashqi tahdidlar - O’zbekistonning davlat chegarasidan tashqaridan kirib keluvchi, ichki tahdidlar esa O’zbekiston davlati mamlakatning ichidan chiqayotgan tahdidlardir. Biz ko’p asrlar ana shu ichki tahdidlar tufayli mustamlakalikda yashab keldik.
Ichki tahdidlar - o’z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar etkazishga qaratilgan g’oya, fikr, xatti-harakatlardir. Nosog’lom mahalliychilik, yonidagilarni mensimaslik, vatandoshlarning haqqiga xiyonat qilish, “ma’naviy emigratsiya” (baxtini o’z vatanidan emas, o’zga joylarda qidirish), odamlarni boy-kambag’alga bo’lib muomala qilish, poraxo’rlik, korruptsiya, qo’pollik, ashaddiy millatchilik, merkantilizm, ortiqcha mol-dunyoga hirs qo’yish, befarqlik, loqaydlik, o’zligini anglamaslik va boshqa illatlar bilvosita ichki tahdidlar vazifasini bajaradi. Ular qancha keng tarqalsa, o’zbekistonliklarning g’oyaviy birligiga shuncha ko’p zarar etkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bo’lmaydi. g’oyaviy birligi mo’rt millatning davlat xavfsizligi ham mo’rt bo’ladi.
Go’dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi mexanik ta’sirlardan o’zini xavfsiz qilish, saqlash, himoya qilishni bilmaydi. O’zini o’zi himoya qilishning shartli reflekslari asta-sekin, ulg’ayish davomida paydo bo’ladi. Natijada balog’atga etgach, o’spirin o’zini o’zi himoya qilishning barcha ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o’zini ongli himoya qilish ko’nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o’gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko’rishi va bilishi jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog’cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo’lga qo’yilsagina har bir millat sog’lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo’ladi. Immunitet esa o’z navbatida odamni to’g’ri yo’ldan “ozish”dan, turli yo’llarga adashib, keyin pushaymon bo’lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa - parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo’linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini himoya qiluvchi g’oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. SHuning uchun ham Prezident Islom Karimov “Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur”ligi haqidagi fikrni alohida ta’kidlaganlar.
“Immunitet” so’zining ma’nosi O’zbekiston milliy entsiklopediyasida quyidagicha berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bo’lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o’z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko’rsatishi, rezistentligi. YOt omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, gelmintlar, ko’chirib o’tkazilgan a’zo va to’qimalar, organizmning o’zgargan o’z hujayralari (mas., o’smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo’lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi1.
Mafkuraviy immunitet ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib etishni, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko’nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog’lom g’oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatidir.
Mafkuraviy immunitet muayyan g’oyalar to’qnashgan vaziyatlarda namoyon bo’ladi. Mafkuraviy immunitet fikriy jarayon natijasi bo’lganligi tufayli u ilmiy asoslangan, dalillar sistemasiga quriladi. Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini mafkuraviy bilim (vayronkor va bunyodkor g’oyalarning mohiyati, farqi haqidagi) (H) his-tuyg’u, (I) iroda, (K) ko’nikma va malakalar (M)tizimi tashkil qiladi. Mafkuraviy ko’nikmalar bilim, faoliyat va hatti-harakatlar birligida namoyon bo’ladi. Malakalar esa yot g’oyalar ta’siriga qarshi qaratilgan avtomatlashgan munosabat, adekvat yo’l va usullardir. SHu tariqa mafkuraviy immunitetning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Mafkuraviy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishida milliy g’oya negizlari muhim rol o’ynaydi. Agar mafkuraviy tahdid sezilganda, nima qilish kerakligini o’ylab o’tirmay va ayrim harakatlarga alohida diqqat qilib o’tirmay g’oyaga g’oya bilan javob berish amalda bajarila boriladigan bo’lsa, mafkuraviy immunitet amaliy shakllandi, deb hisoblash mumkin.
Milliy istiqlol g’oyalariga shaxsning ishonchi, mustahkam irodasi uning mafkuraviy immuniteti manbai hisoblanadi. Bunday mafkuraviy immunitetga ega bo’lgan shaxs yot mafkuralar ta’siriga berilmaydi, chunki Milliy g’oya mafkuraviy immunitetni shakllantirishda o’ziga xos imkoniyat va xususiyatlarga ega.
Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalliklariga bo’lgan ishonchga quriladi. Bu ishonch esa ishontirish, tushuntirish natijasida hosil bo’ladi. Masalan, O’zbekiston - dunyoviy davlat. Dunyoviy davlat faoliyatining asosiy tamoyillari, afzalliklari ularni diniy davlat bilan taqqoslagandagina keng va to’liq tushunchalarni beradi. Bu dunyoviy milliy-demokratik tuzumning mohiyati va afzalliklarini anglab etishga olib keladi. Taraqqiyotning “O’zbek modeli” rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, hamda boshqa davlatlarda yuz berayotgan jarayonlar, hodisalarni qiyoslash, anglab etishga imkon beradi.
2. G’oyaviy manipulyatsiya.
Mafkuraviy tortishuvlarda tahdid soluvchi ham, o’zini himoya qiluvchi ham - g’oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu - mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak, qaysi tomonning engishini pirovard natijada ilmga asoslangan targ’ibot va tashviqot hal qiladi. SHu tariqa mafkuralar tortishuvi - targ’ibot va tashviqotlar tortishuviga aylanadi, deyish mumkin.
Jamiyatga yot mafkuralar o’z g’oyalarini birdaniga olib kira olmaydi. Ular avvalo mahv qilinishi kerak bo’lgan millat azaldan ishonib kelgan narsalarga ishonchini, umidini so’ndiradi. Buning uchun millat ishonib kelgan narsalar yomonlanadi, obro’sizlantiriladi. Natijada mafkuraviy immunitetni sindirishning birinchi bosqichi amalga oshadi - millat o’zi ishonib kelgan g’oyalar, qadriyatlarga befarq munosabatda bo’la boshladi. Azaliy qadriyatlarga amal qilinmay qo’yiladi, odamlarda ularga amal qilmayotganlarga loqayd munosabat urf bo’ladi. qadriyatlar, g’oyalar qadrsizlanadi, ahamiyatsiz narsalarga aylanib qoladi. Bo’shliq ana shunday yaratiladi, “ochib olinadi”.
Mafkuraviy bo’shliq ochib olingach, endi uning o’rnini to’ldirish o’z g’oyasini jozibali tasvirlay boshlanadi. Buzg’unchi g’oyaga xos “yangilik” va u berayotgan va’dalar odamlar qulog’i va ko’zi orqali ong va qalbiga kira boshlaydi. Mafkuraviy bo’shliq shu tariqa to’ldira boshlanadi. YOlg’on g’oya odamlar ongiga kirsa, u ham katta kuchga aylanadi.
Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin, g’araz maqsad bilan ta’sir ko’rsatishni ifodalashda m a n i p u l ya ts i ya (manus – qo’l), so’zi, ya’ni ob’ekt ustidan biror maqsadda ish olib borish ma’nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi ko’zda tutiladi. SHu sababli “manipulyatsiya”ni ko’chma ma’noda “odamlar bilan ob’ekt sifatida munosabatga kirishish” deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu Yorkda chop qilingan “Zamonaviy sotsiologiya lug’ati”da bu haqda “boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o’zi istagan xulq-atvorni shakllantirish” deyiladi.
Bunda, ya’ni g’oyaviy manipulyatsiyada qanday jarayonlar kechadi? Avvalo g’oyaviy manipulyator (da’vatchi)ning maqsadi - unga o’z tasavvurlarini o’zgartirishga olib keluvchi belgi, bilimlar bera boshlaydi. Natijada ob’ekt (shaxs)ning dunyo, din, hayot, yashashdan maqsad kabi tasavvurlari, qadriyatlari tizimida da’vatchi-manipulyator kutayotgan tartib paydo bo’ladi va etakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxsning xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi, shaxs o’z xarakteridagi o’zgarishlarni sezmaydi va “men to’g’ri yo’l tutayapman, chunki ...”, degan asosga ega bo’lib qoladi.1
Jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurasi bir emas,balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo’lishimiz mumkin. Butun xalqni barlashtiradigan bayroq bo’lmish milliy g’oyani shakllantirish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida bitilgan bitiklarda ham o’z ifodasini topgan, uning yorqin ifodasini qadimgi SHarq va islom falsafasining buyuk namoyandalari ijodida ham uchratish mumkin.
XIX asrning ikkinchi yarmidan o’zbek xalqi milliy madaniyati, ma’naviyati taraqqiyotida mustamlakalik davri boshlandi. Mustamlakachilik siyosatida Turkistonni nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ma’naviy mustamlakaga aylantirish rejasi turardi. Buni ularning o’zlari ham yashirmas edilar. Bu haqda M.A. Muropiev 1882 yil 30 avgust kuni Toshkent o’qituvchilar seminariyasidagi yig’ilishida “...musulmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... islomni buzish... umuman diniy jihatlarni buzish... yotmog’i lozim (344-151) degan bo’lsa; Turkiston general gubernatori I.A.Kuropatkin esa kundaliklarida; “Biz 50 yil tub-joy aholini taraqqiyotdan chetda... tutdik”, - deb qayd etgan edi (344-165).
Agar fashizm o’z mafkuraviy xurujlarini “endi bosib olinishi kerak bo’lgan xalqlar”ga qarshi tashkil etgan bo’lsa, sobiq mustabid tuzum egallab olingan aholi uchun tuzdi. Lenin mafkurani odamlar tafakkurini o’zgartirishda qanchalik kuchli omil, kuch ekanligini hisobga olib, “partiya siyosiy faoliyatda ideologiyaga tayangan va tayanadi”, deb uqtirdi. Sobiq sovet mafkurasi o’zbek xalqining “eski odatlarini yo’qotish” shiori ostida milliy g’ururni, mustaqillik g’oyasi, uning kurashchilarini mafkuraviy zaiflashtirish maqsadida maktabdan tashqari minglab ma’rifiy-siyosiy oqartuv bo’limlarini ochdi. O’zbek xalqining tafakkurini sovetlashtirishga bunday yondashuv ularning manfur maqsadlariga tezroq etkazdi: sovet dekretlari targ’iboti, partiya dasturi targ’iboti, Konstitutsiya targ’ibotiga bag’ishlangan mitinglar, miting-kontsertlar, tashviqiy sudlar, tashviqiy mavsumlar, qishloqlarda yurib sho’ro tuzumi mohiyatini tushuntirishlar, teatr, kontsert, ko’rgazma, ma’ruzalar, kino, qiroatxonalarni ishga soldi. Agitpoezd, agitparoxod, klub, “qizil choyxonalar”, siyosiy suhbat, “siyosiy kun” , disput, kechalar, jangovar varaqalar, “CHaqmoq”, kinolektoriy, og’zaki jurnallar kabi targ’ibot-tashviqotning yuzlab usullaridan foydalanib, makkor sho’ro xalqimizning ongida sovetning soxta g’oyalarini singdirdi.
3. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar va mafkuraviy immunitet
Xalifa so’zining lug’aviy ma’nosi, o’rinbosar, terminologik ma’nosi musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig’i deb tushuniladi. Xalifalik davlati mutloq monarxiya tipidagi davlat bo’lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatini boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. “Hizbut-tahrir” da’vo qilgan xalifalik davlati esa “Islom Nizomi” nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Vaholanki, Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: “Xalifalik mendan so’ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo’ladi”.
Bu mo’’tabar sahih Hadis Imom Termiziy va Abu Dovuddan rivoyat qilingan. Hozirda “Hizbut-tahrir” tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to’kilsada, xalifalik barpo etilishini majburiy deb da’vat etmoqdalar. Ularning bunday hatti-harakatlaridan ko’zlangan maqsad konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan ag’darishdan boshqa narsa emas.
“Hizbut-tahrir” - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo’lib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan, “Al-Ixvon al musliman”dagi Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan.
1952 yilda Taqiyiddin Nabaxoniy tomonidan er yuzining musulmon davlatlarida mavjud bo’lgan tuzumni o’zgartirib, “xalifalik” davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun “Islom dini” niqobi ostida “Hizbut-tahrir” (Ozodlik) partiyasiga asos solinib, bu partiyaning idoraviy to’plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan edi. Uning a’zolari yoshlarni diniy fanatizm va ekstremizm ruhida tarbiyalashning barcha usullari - da’vat, ishontirish, inontirish, varaqa va mish-mishlar tarqatish, halqa dars uslublarini qo’llab, fuqarolar o’rtasidagi, davlat va shaxs o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirishga harakat qildi. Ular go’yo faqat “haqiqiy” musulmonlar hokimiyatga kelsa, “islomiy tartib”ni o’rnatish uchun keskin va agressiv harakatlarga imkoniyat yaratiladi, deb o’ylaydilar.
Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident Islom Karimov “Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, buzg’unchi kuch, hatto, fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Aynan fanatizm illatiga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar”1 deya alohida ta’kidlaydi.
SHuningdek, O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi o’rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar O’zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Markaziy Osiyoga yoyilishiga umid qiladilar. CHunki diniy allomalari ayni Movarounnahrdan chiqqanligi bu o’lka xalqi milliy xarakteri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qo’shganligini biladilar. SHu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati tamoyillarini qoralab, davlat va xalq o’rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. SHu sababli Hizbut tahrir dastlab yoshlarda soxta islomiy fikrlarga ishonchni oshirishni o’zining asosiy vazifasi deb bildi. Buni ular saqofiy (tushunchaga oid) amallar, ya’ni siyosiy amal-tadbirlaridan eng muhimi, deb hisobladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirish, engish va o’zlarining soxta g’oyalarini singdirishni birinchi vazifa qilib oldilar.
Bunday soxta g’oyaning ta’siriga tushgan, aldangan bir yoshning xatini e’tiboringizga xavola etamiz:
“Men turli aldovlarga uchib, “Hizbut Tahrir”dek manfur oqimning qora girdobiga tushib qolganman. Dinni o’rganishga bo’lgan qiziqishim va bu yo’lda kabih niyatli “soxta mulla”lar da’vatiga ko’r-ko’rona ergashganim tufayli, oxir-oqibatda xiyonatkor kimsaga aylandim. Nadomatlar bo’lsinkim, biz yoshlar Ollohning buyuk ne’mati bo’lgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga etmadik. Maktubimni yo’llashimdan maqsad, hali-hanuz yoshlarni yo’ldan urayotgan kimsalarning qora qilmishidan tengdoshlarimni ogoh etishdir. Mening qismatim g’aflatda qolgan tengdoshlarimga saboq bo’lsa, ajab emas.
1999 yilning oxirlarida Laziz meni Saidkarim degan bolaning uyiga taklif qildi. U erda Saidkarim besh-olti nafar bolaga “Islom nizomi” degan kitobdan dars o’tar edi. O’sha kungi dars so’ngida u: “Mana shu bolalar ham qasam ichib, “Hizbut Tahrir”ga a’zo bo’ldi, sening o’rtog’ing ham a’zo. Sen ham a’zo bo’lgin”, dedi. Hali ilmim yo’qligini tushuntirsam, ilmni keyin olaverishim, qasam ichib, “Hizbut Tahrir”ga qancha erta a’zo bo’lsam, savobi shuncha ko’p bo’lishi, hozir esa go’yoki savobsiz yurganligim, ilmni ishlatganim bilan savobim yo’qligi kabi gaplar bilan boshimni qanday qilib aylantirib qo’yganligini sezmabman. SHundan so’ng haftada bir marta darslarga qatnaydigan bo’ldim... Hozir o’ylab qarasam, qaysi bir kimsa yozgan “Islom nizomi” kitobini qur’on bilan tenglashtirar ekanmiz...
“Hizbut Tahrir”ga asosan maktabda yaxshi o’qimagan, tarbiyasi bo’sh oilalarning farzandlarini da’vat qilardik. CHunki ularni boshqarish juda oson. Ilmli odam “Hizbut Tahrirchilarning faoliyati jinoyat ekanligini tushunadi. Ilmi yo’qlar esa o’zlari qilayotgan da’vatlarining mazmunini ham anglab etmasdi. YAna qanday qilib bozorlarda, aholi ko’p bo’lgan joylarda g’avg’o chiqarish, fitna uyushtirish kerakligi haqida ham aytib berilar edi. Bu ishlar odamlarda davlat tuzumiga nisbatan norozilik tug’ilib, bizga ko’proq qo’shiladi, “Hizbut Tahrir” kuchayadi, degan maqsadda qilinar edi.
...Jamoat transportida aholini davlat tuzumiga nisbatan norozilik keltirib chiqarish uchun “ochiq da’vat”lar qildik. Endi o’ylab ko’rsam, “Hizbut Tahrir” boshliqlari yuragimizga qo’rquv solib, jinoyatga undagan ekan. Ilmsizligim meni ana shu yo’lga boshladi...” deydi bu haqda nomini aytmaslikni so’ragan, hidoyat yo’liga qaytgan yoshlardan biri1.
Odamlarni u yoki bu maqsadga yo’naltirish, tarbiyalash ikki tomonlama jarayon. Bunda targ’ibot sub’ektlari (targ’ibotchilar, TV, radio, matbuot) va targ’ibot ob’ektlari (shaxs, aholi) ishtirok etadi. Targ’ibot va tashviqotning samaradorligi xalq, jamoa siyosiy ongida targ’ibotgacha va targ’ibotdan keyingi darajalar orasidagi farqda bilinadi. Jamoa mafkurasidagi o’zgarishlar ilmiy yutuqlarga asoslangan holda olib borish, targ’ibot va tashviqot samarasini, yutuq va kamchiliklarini aniqlash va takomillashtirish mumkin bo’ladi.
Mafkuraviy tarbiya samaradorligi eng avvalo jamiyatni mafkuraviy tarbiyalashdan natija qanday bo’lishi kerak ekanligini aniq belgilanishiga bog’liq.
Prezident I.A.Karimov mafkura jabhasiga oid muhim fikrlarni bildirib, quyidagilarni aytdi. Jumladan, “Mintaqamizda “Hizbut tahrir” kabi ekstremistik, ayirmachilik tashkiloti faoliyati tobora xavfli tus olmoqda. U konstitutsiyaviy dunyoviy davlat tuzumiga qarshi chiqib, o’rta asrlardagi islom halifaligini tuzish to’g’risidagi bo’lmag’ur g’oyani targ’ib qilmoqda... Lekin, taassuf bilan tan olish kerakki, bu yovuz kuchga qarshi kurashdagi harakatlarimizda hamjihatlik va izchillik ko’zga tashlanmayapti...”1
Milliy mafkuraviy immunitet har bir yigit-qiz, fuqarodagi mustaqillikning siyosiy mohiyati, Prezident Islom Karimov asarlarida ko’tarilgan siyosiy g’oyalar, islohotlar yutuqlari va muammolari, ichki va tashqi siyosatga doir chuqur bilimlarga tayanadi. Har bir kishi, yoki jamoa, jamiyat mafkuraviy immunitetini besh darajaga bo’lib o’rganish, baholash va shu asosda takomillashtirish mumkin: Bunda:
birinchi, ya’ni mafkuraviy immunitetning quyi darajasi - shaxs, jamoa, jamiyat yuqoridagi bilimlardan xabardor emas; buzg’unchi mafkuraviy g’oyalarga befarq, loqayd;
ikkinchi darajasi - bilimlar bor, lekin ular his qilinmagan, sistemalashmagan, shu sababli ularni buzg’unchi mafkuraviy g’oyalarga qarshi ishlatishga tayyor emas;
uchinchi daraja - mafkuraviy bilimlarga ega, lekin ular nazariy, shaxs, jamiyat ularni qo’llashga qiynaladi;
to’rtinchi daraja - asosli bilimlarga ega, vaziyatni to’g’ri baholay oladi; ichki va tashqi siyosiy, mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immuniteti shakllangan va uni ongli ravishda ishlatadi;
beshinchi - oliy daraja - mukammal g’oyaviy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarga ega va bu bilimlarni bemalol amalda qo’llab, buzg’unchi mafkuraviy, siyosiy g’oyalarni doimo, hamma joyda faol fosh qila oladi.
Mafkuraviy immunitet shaxs tomonidan Vatan, millat uchun ko’ngilli, g’oyaviy asoslanib amalga oshiriladigan kundalik ishlarda namoyon bo’ladi. Bu faollik milliy birlik, ma’naviy yuksalishga xalaqit berayotgan sifatlar, yot qarashlar, milliy xavfsizligimizga ichki va tashqi tahdidlarga ochiq va mardona qarshi turishni ham o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, - Elim, yurtim deb yashashning har bir kishida, jamoada, jamiyatda namoyon bo’lishini anglatadi. Bu esa milliy g’oyani amaliy kuchga aylantirish va buzg’unchi mafkuraviy ta’sirlardan aholini, yoshlarimizni himoya qilishning shartlaridan biridir. Zero “Fikr va so’z amaliyotga yo’naltirilganda ularning har ikkisi ham moddiyatga - narsaga aylanadi”2
YOt mafkuralar targ’ibotining “mehribonligi”, “xolisligi” va “betarafligi”, “yoqimliligi”, “do’stonaligi”ning ortida nima yotganini doimo bilishlari lozim. YA’ni ularning zamirida O’zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o’zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ’iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an’anaviy fundamentalistik nazariya va g’oyalarni zamonaviy usullarda “jonlantirayotganini” tushunish zarur.
SHu bilan birga ayrim yoshlar har xil yot g’oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta’kidlash kerak. YOt mafkuralarni ko’r-ko’rona qabul qilish zararli.
Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to’plangan. YOsh avlodni, butun jamiyatni o’z davlati, mamlakatining mafkurasi ruhida tarbiyalash – sotsiologik, pedagogik, psixologik muammo sifatida faol o’rganilib, tezkor zamonaviylashtirilib kelinmoqda. O’tgan asrning 60-70 yillari g’arbiy Evropa va AQSHda mafkurasizlashuvga, ya’ni ijtimoiy hayotni mafkuradan xoli etishga urindilar. Lekin bu yo’l o’zini oqlamadi. CHunki tarbiyadagi mafkuraviy bo’shliq o’z asoratlarini ko’rsata boshladi. Bu haqda nufuzli nemis nashrlarida: “Hozirgi yoshlarimiz o’rtasida loqaydlik, ruhsizlik, befarqlik, anglanmagan norozilik, beqarorlik kayfiyatlari tarzida namoyon bo’layotgan “yoshlar madaniyati” deb ataluvchi xatti-harakatlar kuchaymoqda. Bu – yoshlarning o’z ajdodlari ijtimoiy va madaniy qadriyatlaridan begonalashayotganliklarining belgilaridir”, - degan tashvishli fikrlar bildirila boshlandi. Natijada “mafkuraviy yangilanish”, “qayta mafkuraviylashuv”ga kuchli zarurat tug’ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. SHu tariqa, g’arbiy Evropa va AQSHning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e’tiborni, mafkuraviy tarbiyani o’z ichiga oluvchi “maktabda o’quvchilarni siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish” kontseptsiyasini ishlab chiqib, amalga oshira boshladi.
AQSHda mafkuraviy tarbiya, ya’ni “siyosiy ijtimoiylashuv” kontseptsiyasining maqsadi yoshlarni amerikalashtirishdir. Bu – ularga o’z Vatani – AQSH siyosiy sistemasi va ma’naviyatini mukammal singdirish, e’tiqodiga aylantirishning ilmiy-pedagogik sistemasidir. Mafkuraviy tarbiyani amalga oshirish uchun adaptatsiya kurslari, turli o’yinlar orqali o’quvchilar amerika jamiyatining bo’lajak “namunaviy fuqarolari” sifatidagi axloqiy, mafkuraviy vazifalarini, burchlarini ado etishga amaliy tayyorlanadilar.
Amerika maktablarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish - o’z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Buni tushunsa bo’ladi, zero, bugungi yosh avlodning g’oyaviy, mafkuraviy birligi - ertaga Amerika xalqining g’oyaviy, mafkuraviy birligini anglatadi-da! SHu sababli AQSHning “Millat” (“The Nation”) jurnali “Agar ijtimoiy fan o’qituvchisi maktab sinfidan o’zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada ishsizga aylanadi”, - deya ogohlantiradi.
Xullas:
1. Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g’oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. YOt mafkura va buzg’unchi ta’sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko’rinishlariga murosasizlikni taqozo qiladi.
2. qarshi targ’ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bo’lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o’quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo’lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish ko’zda tutiladi.
3. SHaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo’layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.
CHunki mafkuraviy tahdid o’zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko’ra murakkab hodisadir. Unga: Mustaqil O’zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning hammasida bor bo’lgan umumiy muammolarni “faqat O’zbekistonda bor” deb talqin qilish, erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko’rsatish; ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko’kka ko’tarish; milliy g’oyalarimizni obro’sizlantirish; ko’p millatli O’zbekistonda aholi o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; odamlarning diniy tuyg’ularini junbushga keltirish, diniy yovqarashni paydo qilish kabi yo’nalishlar xosdir.
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”, 2003.
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va Taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: “O’zbekiston”, 1997. 31-40, 125-135, 149-162 b.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.7. -T.: “O’zbekiston”, 1998. 132-154 b.
Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. T.7. -T.: “O’zbekiston”, 1999. 84-102 b.
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. –T.: “O’zbekiston”, 2000.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. –T.: “O’zbekiston”, 2000, 462-467 b.
Karimov I.A Hushyorlikka da’vat. T.8. -T.: “O’zbekiston”, 2000. 18-31 b.
Karimov I.A. “Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasidagi so’z boshi. T.9. -T.: “O’zbekiston”, 2001, 220-224 b.
Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. -T.: “O’zbekiston”, 2004.
Karimov I.A El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish – har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. g’g’Ishonch. 2004 yil 26 may
Karimov I.A. qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. g’g’Xalq so’zi, 2004 yil 2 iyun
Azizxo’jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. –T.: “SHarq”, “Akademiya” 2001.
Ozod Abbosxo’jaev. Markazning g’irrom o’yinlari yoxud O’zbekistonda qurilgan bo’rilar uyasining yakson qilinishi haqida. g’g’ Xalq so’zi 8 avgust 2003 yil.
Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: “YAngi asr avlodi”, 2001
Do'stlaringiz bilan baham: |