Matlab dasturining asosiy xususiyatlari
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar (Mathcad, Aspen va Mathematics) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni zamonaviy matnli protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud. Masalan, MATLAB yangi versiyalarining vositasi —matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning kerakli joylariga MATLAB hujjatlari va matn, jadval yoki grafik ko`rinishdagi hisoblash natijalarini qo`yish imkoniyatini beradi. Natijada ―jonli‖ elektron kitoblarni tayyorlash mumkin. Ularda namoyish qilinayotgan misollarni operativ tarzda o’zgartirish mumkin. Masalan, boshlang`ich shartlarni o’zgartirib, masalani yechish natijalarining o’zgarishini kuzatish mumkin. MATLAB da grafiklarni Microsoft PowerPoint-slaydlariga eksport qilishning takomillashgan vositalari ham ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |