Elektr signallar kuchaytirgichlari. - Elektr signallar kuchaytirgichlari zamonaviy texnikaning keng sohalarida: radio qabul qilgich va radiouzatuvchi qurilmalarda, televidenieda, ovoz kuchaytirish va ovoz yozish apparatlarida, tovush eshittirish tizimida, radiolokatsiya va EHM larda qo‘llaniladi. Odatda kuchaytirgichlar elektr tebranishlarni ularni shaklini saqlagan holda kuchaytiradi. Kuchaytirish manbaning elektr energiyasi hisobiga bo‘ladi. SHunday qilib kuchaytiruvchi qurilmalar boshqarilish hususiyatiga ega bo‘ladi. Bizning misolimizda ko‘rib chiqilayotgan kuchaytirgich radiotexnik tizimlarda turli vazifalarda, shu bilan birga nochiziqli lokatsiyada nochiziqli elementni berilgan darajada nurlantirishni ta’minlab berish uchun ishlatladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |