Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 9-Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlari va tahlil qilish usullari Reja



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#764768
1   2   3   4
Bog'liq
9-Mavzu. Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva tahlil qilish usullari

Polisaxaridlar
Oligosaxaridlar. 
Birinchi tarkibli polisaxaridlar molekulasida 2 tadan 10 
tagacha monosaxariddan iborat bo‘lib o‘zaro glyukozid bog‘i bilan bog‘langan 
bo‘ladi. Bularga disaxaridlar, trisaxaridlar va boshq. kiradi. 
Tabiatda disaxaridlardan maltoza, saxaroza va laktoza keng tarqalgan. 


Maltoza, α-glyukopiranozil-(1,4)-α-glyukopiranoza kraxmalni parchalanishi 
natijasida hosil bo‘ladi. 
Eng ko‘p tarqalgan disaxaridlarga saxaroza kiradi. U bir molekula α-D-
glyukoza va β-D-fruktozadan iborat. 
Disaxarid laktoza faqat sut tarkibida uchraydi va β-D-galaktoza va D-
glyukozadan iborat. 
Trisaxaridlar ichida raffinoza fruktozadan, glyukozadan va galaktozadan 
iborat. Eng ko‘p miqdorda qand lavlagi tarkibida va dukkakli o‘simliklarda 
uchraydi. 
II tartibli polisaxaridlar.
Fiziologik nuqtai nazardan polisaxaridlar ikkiga bo‘linadi. Strukturali va 
zaxira funksiyasini bajaruvchi polisaxaridlar. Struktura funksiyasini bajaruvchi 
polisaxaridga sellyuloza, zaxira funksiyasini bajaruvchiga glikogen va kraxmal 
kiradi. 
Kraxmal ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib amiloza va amilopektindan 
iborat (C
6
H
10
O
5
)
p
. Amiloza 10-30%, amilopektin 70-90% tashkil etadi. Amiloza α-
1,4-bog‘lar bilan bog‘langan, tarmoqlangan qismi α-1,6-bog‘lar bilan bog‘langan. 
Glikogen — hayvon to‘qimasida keng tarqalgan bo‘lib tuzilishi bo‘yicha 
kuchli tarmoqlangan. 
Sellyuloza (yoki kletchatka) o‘simliklarda keng tarqalgan shoxlarni va 
barglarni skletini tashkil etadi. Paxta va filtr qog‘oz toza sellyulozadan iborat
Yog’ochni yarmi kletchatkadan va u bilan bog‘langan lignindan iborat. 
Lignin yuqori molekulali fenolli modda hisoblanadi.
Sellyuloza polimer bo‘lib molekulasi 600 - 900 ta gyukoza qoldig‘idan 
tashkil topgan (o‘rtacha molekulyar massasi 1-1,5 mln teng). 
Sellyulozlar molekulasida glyukoza β-(1,4)-glikozid bog‘ bilan bog‘langan, 
chiziqli strukturaga ega. Sellyuloza oshqozon fermentlari bilan parchalanmaydi, 
o‘txo‘r organizmlarni ichagida ajraladigan sellyulaza fermentlari bilan 
gidrolizlanganda sellodekstrinlar va sellobioza hosil qiladi.
Dekstranlar — asosiy qismi α-(1,6)-glyukozid bog‘ bilan bog‘langan 
glyukozani gomopolisaxararidi bo‘lib, dekstran bakteriyalarda sintez bo‘ladigan 
destransaxaraza fermenti ta’sirida saxarozadan hosil bo‘ladi. 
Pentozanlar — sellyulozaga o‘xshash polisaxarid bo‘lib ksiloza, arabinoza 
va boshqa pentozalardan tashkil topgan. 
Inulin — yuqori molekulali polimer bo‘lib, suvda eriydi. Spirtda cho‘kmaga 
tushadi. Gidrolizlanish natijasida fruktoza va qisman glyukopiranoza hosil qiladi. 


O‘simlliklar, zambrug‘lar va achitqilar tarkibidagi inulaza fermenti ta’sirida 
fruktoza hosil qiladi. 
Shilishiq va gummi moddalar (kamedlar) kolloid moddalar bo‘lib yopishqoq 
eritma hosil qiladi. Bularga olcha, olxo‘ri va o‘rik daraxtlari shikastlangan joyidan 
chiqadigan yelimsimon moddalar kiradi. 
Olcha yelimi tarkibi galaktozadan, mannozadan, arabinozadan, glyukouron 
kislotadan va qisman ksilozadan tashkil topgan. 
Kamedlar sanoatda bog‘lovchi va quyuqlashtiruvchi modda sifatida keng 
qo‘llaniladi. Emulgator sifatida kosmetikada va farmatsevtik krem tayyorlashda, 
oziq-ovqat sanoatida pasta, barqarorlashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish