O‘simlik oqsillarni iste’mol qilish inson organizmiga ijobiy ta’sir etadi.
o‘rniga soya oqsil izolyati bilan oziqlanganda uni miqdori kamayishi aniqlangan.
shimishi, dispers sistemalarni (emulsiya, ko‘pik, suspenziya) barqarorlashtirishi, gel
hosil qilishi, qatlam hosil qilishi, reologik (qovushqoqlik va elastik) xususiyatlari
Yuqori funksional xususiyatga ega bo‘lgan oqsillar, suvda yaxshi eriydi,
mustahkam gel hosil qiladi, barqaror emulsiya va ko‘pik hosil qiladi. Kam
funksional xususiyatli oqsillar suvda bo‘kmaydi, elastik massa, gel hosil qilmaydi,
barqaror emulsiya va gel hosil qilmaydi.
Lekin bug‘doy kleykovinasi bundan istisno. Suvda 2-5% eruvchanligiga
qaramay kolloid sistema hosil qiladi, issiqlikga, muzlashga va quritishga chidamli.
Javdari bo‘g‘doy oqsili esa 10-20% gacha eriydi, va yuqori yog‘ emulsiyasi va kopik
hosil qilish xususiyatiga ega.
E r u v ch a n l i k - oqsillarni funksional xossalarini birlamchi ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Bularga EAK (erigan azot ko‘rsatkichi) va oqsillarni dispergirlash
koeffitsienti (ODK) kiradi.
Eruvchanlik oqsillarni gidrofobliliga bog‘liq.
Oqsillarni eruvchanligi muhitni pH ko‘rsatkichiga va tuz miqdoriga bog‘liq.
Oqsillarni izlelektrik nuqtasiga pH ko‘rsatkichi mos kelganda oqsillarni
eruvchanligi kamayadi. Kislotali muhitda oqsillar musbat zaryadga ega bo‘ladi,
ishqoriy muhitda esa manfiy zaryadga ega.
Tuzli eritmalarning kam konsentratsiyasida oqsillarni eruvchanligi oshadi.
Yuqori konsentratsiyada esa oqsillarni o‘zaro gidrofob ta’sirlanishi natijasida
cho‘kma hosil qilishiga olib keladi.
Oqsil izolyati va konsentrati olishda ularni eruvchanligi asoslanadi.
Mahsulot sifatini oshirishda oqsillarni eruvchanligini oshirish muhim ahamiyatga
ega. Shuning uchun texnologik jarayonlarda gidroliz va denaturatsiya nazarda
tutiladi. Oqsillarni denaturatsiyalanish natijasida ularni hazm bo‘lishi tezlashadi.
Ba’zi bir mahsulotlar ishlab chiqarishda, masalan go‘shtli va baliqli
mahsulotlar olishda, oqsilli qo‘shimchalar chegaralgan darajada bo‘kish
xususiyatiga, yog‘ va suvni bog‘lash xususiyatiga va egiluvchan elastik xususiyatga
ega bo‘lishi kerak.
Suv bilan bog‘lanish xususiyati deganda, suvni aminokislotlarni gidrofil
qoldig‘i bilan adsorbsiyalanishi tushuniladi. Yog‘larni shimish xususiyati ham
gidrofob aminokislota qoldig‘i bilan yog‘larni adsorbsiyasi tushuniladi. Oqsil
yuzasidagi suvni va yog‘larni umumiy miqdori 1 g oqsilga 0,2-0,4 g to‘g‘ri keladi.
Bu xususiyatlar oqsilni strukturasiga, fraksion tarkibiga, ishlov berish
usuliga, muhit pH ko‘rsatkichiga, haroratga, uglevodlarni, lipidlarni borligiga
bog‘liq.
Amaliyotda ko‘pik hosil qilish va yog‘larni emulsiyalash xususiyatli oqsillar
keng qo‘llaniladi. Bunday hollarda oqsillarni gidrofob gruppalari yog‘ fazada va
gidrofil gruppalari suv fazasida bo‘ladi.
Ko‘pik gaz va suyuq fazali dispers sistema bo‘lib havoni oqsil eritmasi bilan
mexanik aralashtirish natijasida yoki past bosimda qaynatish natijasida hosil bo‘ladi.
Kleykovina oqsili non hamirida bijg‘ish jarayonida CO
2
ta’sirida ko‘pik hosil qiladi.
O‘simlik va hayvon oqsillarini emulgirlash xususiyati asosida ular non,
konditer, margarin, mayenez ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ko‘pik hosil qilish
xususiyatlari konditer mahsulotlari tayyorlashda (biskvit, krem va boshq.)
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: