Margarin ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolar. Margarin ishlab
chiqarish uchun asosiy xomashyo yog‘ va sut hisoblanadi. Margarinning organoleptik
va strukturaviy xususiyatlari uni tarkibidagi yog‘ning sifati bilan baholanadi. Yog‘da
aromatik va ta’m beruvchi, bo‘yovchi moddalar va erkin yog‘ kislotalarini bo‘lishi
uni asosida yuqori sifatli margarin olishga yo‘l qo‘ymaydi.
Shu tufayli margarin olish uchun foydalaniladigan hamma yog‘lar to‘liq
ravishda rafinatsiyalangan, oqlangan, dezodoratsiyalangan bo‘lishi va kislota soni
0,3mg KON dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |