O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» FAKULTETI
«OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI
«Oziq-ovqat sanoatining umumiy va maxsus uskunalari » fanidan
«Maydalash mashinasini loyihalash» mavzuidagi kurs ishining
TUSHUNTIRISH XATI
«Oziq-ovqat xavfsizligi»
kafedrasi mudiri dots. Choriyev A.J.
Rahbar: ass. Samadov O.B.
Bajardi: 36-15 guruhi talabasi
Sobirov Alisher
Abdujabbor o'g’li
TOSHKENT – 2019
MUNDARIJA
1.
|
Kirish
|
-3
|
2.
|
Texnologik qurilmalari strukturasi sinflanishi va asosiy ko‘rsatkichlari
|
-5
|
3.
|
Nasos uskunasining apparati
|
-17
|
4.
|
Nasos uskunasining apparatining xisobi
|
-19
|
5.
|
Kichik korxonalar uskunalariga quyiladigan talablar
|
-21
|
6.
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
|
-22
|
K I R I SH
Mustaqillikni dastlabki yillarida xalqimiz extiyojini qondirish maqsadida katta mablag‘ evaziga O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini asosiy qismini chetdan olib kelar, hali oyoqqa turib olmagan yosh davlatimiz uchun bu moliyaviy jihatdan ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi.
Yangi davr oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlash texnologiyalariga alohida e’tibor berishni taqozo etdi. Bu borada davlatimiz zudlik bilan sohaning strategik yo‘nalishlarini belgiladi va pirovard natijada oziq-ovqat mustaqilligiga erishish yo‘lida katta qadam qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida fan texnikaning tezkorlik bilan rivojlanishiga erishdi. SHu davr ichida oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida yangi ilg‘or texnika va texnologiya jadallik bilan hayotga tatbiq etildi. Fan va texnikani ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish natijasida oily o‘quv yurtlarida bilim olayotgan yosh kadrlar saviyasini oshirish va soha mutaxassisligini tez o‘zlashtirish hamda ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish katta imkoniyat yaratildi.
Oziq-ovqat sanoatining vazifasi Respublika aholisini to‘g‘ri va balanslashtirilgan ovqatlanish ratsionini shakllantirish uchun etarli hajmda va assortimentda xilma- xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash barcha mamlakatlarda davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.U oziq – ovqat kompleksi ishlab chiqarish tarmoqlarining samarali faoliyatiga bog‘liq: qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari , chunki mamlakat oziq-ovqat strategik zaxiralari va jamg‘armalarining 80-85% oziq-ovqat sanoati mahsulotlari hisobiga tashkil etiladi.
Respublika oziq-ovqat sanoatining boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, investitsiyalarni, birinchi navbatda xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni tarmoq korxonalarini moderinizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish uchun keng jalb qilish va shu asosda qishloq xo‘jalik xomashyosini chuqur qayta ishlash, mamlakatda ichki va tashqi bozorlarida raqobatbardosh oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish xajmini ko‘paytirish va assortimentini kengaytirish maqsadida oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi ta’sis etildi. Uyushma tarkibiga 39 yog‘-moy, 21 oziq –ovqatga tegishli, 46 go‘sht sut tarmoq korxonalari, shuningdek, asosiy korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi 16 idora va tashkilotlar tashkiliy ravishda kirdilar. Uyushma tarkibiga kirgan korxonalar faoliyatini koordinatsiya qilish, soha qayta ishlash korxonalari, qishloq xo‘jaligi xomashyosi ishlab chiqaruvchilar, tayyorlovchi va savdo tashkilotlari o‘rtasida zamonaviy bozor iqtisodiy munosabatlarini joriy etish , oziq-ovqat maxsulotlari ichki va tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini tashkil etish, a’zo-korxonalarga xomashyoni yanada chuqurroq qayta ishlashda ko‘mak berish va raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarish, ular bilan ichki bozorni to‘ldirish, maxsulotlar eksportini ko‘paytirishda , korxonalarga ishlab chiqarishni moderinizatsiyalashda va texnik qayta qurollantirishda, buning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda yordam ko‘rsatish uyushmaning asosiy yo‘nalishi ta’sis etildi.
Mustaqillikdan so‘ng sanoat korxonalari davlat tasarrufidan butunlay chiqarilib, bu tarmoqlar tizimida jarayonni chuqurlashtirilib, kichik va o‘rta biznes yo‘lga qo‘yilib keng imkoniyatlar yaratilib berildi. Bu o‘zgarish natijasida tarmoq korxonalarining boshqarish shakli, xarakteri, moxiyati ham o‘zgardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |