Adinozin tri-fosfor kislota va uning moddalar almashinuvidagi ahamiyati
Toshkent kimyo-texnologiya institut yangiyer filiali
Reja - Adenozintrifosfat kislota, ATF – adenin, riboza va uch molekula fosfat kislotadan tarkib topgan organik modda.Organizmda katta ahamiyatga ega boʻlgan energiya va moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Adenozintrifosfat kislota barcha biokimyoviy jarayonlarda va tirik organizmlarda fermentlarni hosil qilish uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Adenozintrifosfat kislota organizm xujayralarida doimo sintezlanib va iste’mol qilinib turadi. Adenozintrifosfat kislota oʻzining pirofosfat bogʻlarida koʻp energiya saqlaydi (ma-kroergik bogʻlar).
- U xujayra mitoxondriya moddalarning aerob va anaerob oksidlanishi natijasida ajralib chiqqan energiyani fosforlash yoʻli bilan makroergik fosfat bogʻlari shaklida toʻplaydi va organizmning energiyaga ehtiyoji boʻlgan hamma jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi.ATF organizmda murakkab moddalar sintez reaksiyalarida qatnashadi:biologik membranalar orqali molekulalarda moddalarning faol oʻtkazilishini amalga oshirish, shu jumladan transmembranalarda elektr potensialini yaratish va mushaklarning qisqarilishini amalga oshirish.
- Energiya bilan bir qatorda ATF inson tanasidagi boshqa bir qator muhim vazifalarni bajaradi:boshqa nukleosid trifosfatlar bilan birgalikda ATF nuklein kislotalarni sintez qilishda asosiy boshlangʻich mahsulotdir.ATF juda koʻp biokimyoviy jarayonlarni tartibga solishda muhim oʻrin tutadi. Bir qator fermentlarning allosterik effektori sifatida ATF ularning tartibga solish markazlariga qoʻshilib, ularning faolligini oshiradi yoki butunlay toʻsqinlik qiladi. Adenozintrifosfat kislota parchalanishi natijasida 8– 11 kkal/mol energiya ajralib chiqadi. U muskullardan, achitqidan olinadi, sintetik usulda ham tayyorlanadi.
ATF - 1929-yilda bir guruh olimlar: Karl Loman, Sayrus Fiski va Yelloprogado Subbarao tomonidan kashf qilingan va 1941-yilda Fritz Lipman ATF hujayralardagi asosiy energiya tashovchisi ekanligini aniqlagan.
Formulasi:
Molyar massasi:507,18g/mol
Zichligi:1,04g/sm3
Erish temperaturasi:187C
- Fosfor (yun. φῶς-yorug’lik va φέρω-tarqayuv; φωσφόρος-nur-tarqatuvchi — lat. Phosphorus) — 15 guruhining kimyoviy elementi (eskirgan tasnifga ko’ra — beshinchi guruhning asosiy guruhi) davriy tizimning uchinchi davri, 15 atom raqamida joylashgan. Fosfor pniktogenlar guruhiga kiritilgan. Fosfor yer qobig’ida keng tarqalgan elementlaridan biridir: massa bo’yicha uning ulishi 0,08-0,09%. Dengiz suvida kontsentratsiyasi 0,07 mg/l. Erkin holatda uchramaydi, chunki yuqori kimyoviy faollik ega. 190 ga yaqin minerallar hosil qiladi, ularning eng muhimi Ca5(PO4)3 (F,Cl,OH), fosforit (Ca(PO4)2) va boshqalar. Fosfor eng muhim biologik birikmalarning bir qismidir (fosfolipidlar).Hayvon to’qimalarida mavjud bo’lib, oqsillar va boshqa muhim organik birikmalarning bir qismi (ATF, DNK), u hayot elementi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |