148. Badiiy uslubga xos bo‘lgan gapni aniqlang.
A) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.
B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor.
C) “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mustaqillik sharofatidir.
D) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.
149. Quyidagi matn qaysi uslubga xos? Bo‘yginangdan onang o‘rgilsin! Baxtingga tasadduq
bo‘lay, qizginam! Magistraturang bittimi?
A) Ilmiy uslubga
B) So‘zlashuv uslubiga
C) Rasmiy uslubga
D) Publitsistik uslubga
150. Qaysi qatordagi ajratilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh emas?
A) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. – Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan.
B) Yoz o‘tmoqda soz. – Dutor – eng yaxshi soz.
C) Arg‘amchiga qil quvvat. – Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil.
D) O‘t ishi qovurmoq. – Qalbida ishq o‘ti alangalandi.
151. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan ( izn bermoq) so‘zining sinonimini aniqlang.
A) ixtiyor
B) erk
C) nishona
412
D) ijozat
Do'stlaringiz bilan baham: |