Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
–
o‘zbek adabiy tili me’yorlari, nutq uslublari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
–
kasbiy terminologiyani, og‘zaki va yozma nutq xususiyatlarini bilish va ulardan
foydalana olish;
–
matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va
rasmiylashtirish, kasbiy muloqot yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak.
Fanning o ‘quv rejasidagi fanlar bilan bog‘liqligi
О‘quv rejasining ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirgan barcha fanlar, xususan,
“Falsafa”, “Siyosatshunoslik”, “Ma’naviyat asoslari” kabi fanlar bevosita o‘zbek tili fani bilan
bog‘liq hisoblanadi.
O‘zbek tili fani ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan ixtisoslik fanlari bilan, shuningdek, rus
tili, chet tili fanlari bilan qiyoslab о‘rganilgani uchun bu fanlar bilan uzviy aloqadordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |