Polilog.
Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til
xususiyatlari jihatidan o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi
o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrini bildirishi mumkin.
Topshiriq.
Lirik monolog namunasini ifodali o‘qing. Mazmunini izohlang.
Tilla baliqcha
Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni…
Vazifa:
O‘zingiz sevgan asar qahramonining monologini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |