vositalardir. Ozbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega
boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki
elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi
telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan
yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa
shakllari OAV, deb ko‘rsatilgan.
OAV Kundalik hayotimizning ajralmas qismidir. Bu haqida so‘z yuritganda, biz,
avvalo, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib
boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan
128
Butun mamlakatimiz qatori O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari ham mustaqillik
yillarida katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, katta yutuqlarga erishdi.
Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat
ko‘rsatmoqda. E’tiborga molik jihati shundaki, ommaviy axborot vositalarining tarkibi ham
tubdan o‘zgarib bormoqda. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi,
radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi.
Yaqinda, kechayu kunduz uzluksiz faoliyat olib boradigan “O‘zbekiston - 24” telekanali ish
boshladi. U milliy axborot makonida o‘z munosib o‘rnini va o‘z tomoshabinlarini topadi.
OAV haqida so‘z yuritganda, eng tezkor axborot vositasi - internet hayotimizga tobora
chuqur kirib borayotganini alohida qayd etish lozim. Hozirgi vaqtda global tarmoqda “Uz”
domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy
tillarda faoliyat ko‘rsatayotgani, ushbu yo‘nalishda yangi ijodiy avlod - internet jurnalistlari
shakllanib borayotgani e’tiborga sazovordir.
Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalasi davlatimiz va jamiyatimizning
doimiy diqqat markazida bo‘lib kelayotir. Ana shunday e’tibor tufayli o‘tgan davrda
jurnalistlarimiz uchun faoliyat maydonini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini
ta’minlash maqsadida ko‘p ishlar qilindi. Jumladan, matbuot va ommaviy axborot vositalarini
liberallashtirish va rivojlantirish, so‘z erkinligini -ta’minlashga qaratilgan, demokratik talab
va standartlarga to‘la javob beradigan 10 ga yaqin qonun hujjati qabul qilinib, bu borada
mustahkam huquqiy baza yaratildi.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy
axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va
axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi kabi tashkilotlar
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi paytda ularning qatoriga Xalqaro press-klub
ham qo‘shildi.
Bugungi kunda OAV to‘rtinchi hokimiyat deb aytilishi bejiz emas. Chunki jamiyatda
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar, yutuqlar bilan birga kamchiliklar, muammolarni
xolisona yoritishi muhim. Bu kelajakda jamiyat rivojlanishiga xizmat qiladi. Biroq OAV bir
tomonlama, muayyan shaxs, guruh manfaatini himoya qilib noto‘g‘ri, real voqelikni bo‘rttirib
aks ettirishi o‘sha jamiyat jamoatchilik fikrining noaniq bo‘lisiga olib keladi.
«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunida ommaviy axborot vositalarining
turlari ko‘rsatilgan. Ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byullitenlar, axborot
agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino,
elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil
va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: