Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

 

Lug‘at 

ibora – выражение                     

izohlash– объяснять, комментировать 

 alloma – учёный 

 risola – брошюра 

muntazam – регулярный 

faoliyat – деятельность 

vujud – тело 

falsafa – философия 

hikmatli so‘zlar – мудрые слова 

 nazariya – теория                                              

 

Vazifa:

  Ulug‘ ajdodlarimiz hayotidan afsona va rivoyatlar o‘qib kelish va tahlil qilib berish.  

 

Konseptual jadval orqali “Ulug‘ ajdodlarimiz”ning yashagan davrlari va 



jahon svilizatsiyasiga qo‘shgan hissalarini taqqoslab ko‘rsatish mumkin. 

 

Ulug‘ 



ajdodlarimiz

 

Qaysi 

davrda 

yashagan

 

Jahon 

sivilizatsiyasiga 

qo‘shgan hissasi

 

Bugungi kunda e’tirof 

etilganlik darajasi

 

Al-Farg‘oniy

 

O‘rta 


Osiyo

Renessansi  davri 

(798-861)

 

IX-XV 



asrlarda 

yevropadagi 

har 

bir 


universitetda 

Alfarganusning 

matematikaga  oid  ishlari 

har 


bir 

universitetda 

o‘qitilgan. 

 

Yuqori  darajada  e’tirof 



etilgan. 

 

Al Buxoriy 



 

O‘rta 


Osiy 

Renessansi  davri 

(810-870)

 

Islom 



olamida 

“Quron”dan 

keyin 

2-

o‘rinda 



turuvchi 

“Al-


Jome’ 

as- 


sahiyh” 

asarining yaratilishi

 

Yuqori  darajada  e’tirof 



etilgan. 

Hartang 


qishlog‘ida  mustaqillik 

davrida 


me’moriy 

majmua 


bunyod 

etilgan.  

 

Al Xorazmiy



 

O‘rta 


Osiy 

Renessansi  davri 

(783-850)

 

IX-XV 



asrlarda 

yevropadagi 

har 

bir 


universitetda 

Al 


Xorazmiyning 

(Algaritmi)matematikaga 

oid 

ishlari 


har 

bir 


universitetda o‘qitilgan.

 

Yuqori  darajada  e’tirof 



etilgan. 

1983 


yili 

YuNeSKOning    qarori 

bilan  Muhammad  al 

Xorazmiyning 

1200 

yillik 


yubileyi 

o‘tkazildi.

 



58

 

 



Islom Karimov 

 

O‘zbekiston 



Respublikasining 

birinchi 

Prezidenti (1938-

2016)


 

Markaziy Osiyoda tinchlik 

va 

barqarorlikni 



ta’minlash, 

mintaqa 


mamlakatlari 

o‘rtasida 

yagona  iqtisodiy  makonni 

vujudga  keltirish,  Orol 

dengizi    muammosini 

jahon 


hamjamiyati 

ko‘magida  kompleks  hal 

etishga xarakat qildi.  

 

Yuqori  darajada  e’tirof 



etilgan.

 

 



Grammatika:   ATAMALAR VA ULARNING VUJUDGA KELISHI. BO‘G‘IN 

KO‘CHIRISH QOIDALARI



CHIZIQCHA BILAN YOZISH. 



  

             Fan-texnika, kasb-hunarga oid so‘z va birikmalar 



atamalar 

deyiladi. Atamalar, odatda, ilmiy uslubda qo‘llanadi. Masalan, 

fonetikada: tovush, harf, undoshlar, unlilar, grafika, fonema, urg‘u, 

bo‘g‘in; morfologiyada:  kelishiklar, yasovchi qo‘shimchalar, o‘zak, 

negiz, qo‘shma otlar,  yuklama; sintaksisda: so‘z birikmasi va gap

to‘ldiruvchi, hol, ajratilgan bo‘lak, uyushiq bo‘lakli gap, undalma, shaxsi 

topilmas gaplar; ergash gap, bosh gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, ko‘chirma gaplar va 

boshqalar.Ma’lum bir kasb-hunarga oid so‘zlar ham majudki, ular asosan shu kasbning so‘zlari 

hisoblanadi.

Masalan,

 tikuvchilikka oid so‘zlar – 



igna, qaychi, ip, andoza, chok, angishvona

astar. 

CHIZIQCHA BILAN YOZISH 

1.  Juft  so‘z  va  takror  so‘z  qismlari  chiziqcha  bilan  yoziladi:  el-yurt,  mehr-shafqat, 

qovun-tarvuz,  omon-eson,    kecha-kunduz,  yozin-qishin,    asta-sekin,  uch-to‘rt,  o‘n-o‘n  beshta 

(10—15  ta),  bilinar-bilinmas,  bordi-keldi,  kuydi-pishdi,  don-dun,  oz-moz,  mayda-chuyda, 

aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-

tuq,  qop-qop,  ming-ming  (ming-minglab),  bitta-bitta  (bitta-bittalab),  baland-baland,    chopa-

chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi,  uy-uyiga, ich-ichidan  kabi. 

Eslatma: 

1)  juft  so‘zdan    qo‘shimcha  yordamida  yasalgan  so‘zlar  ham  chiziqcha  bilan  yoziladi: 

baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi. 

2) juft so‘z qismlari  orasida -u (-yu) boјlovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi  

va  juft  so‘z  qismlari  ajratib  yoziladi:  do‘st-u  dushman  (do‘st-dushman),  kecha-yu  kunduz 

(kecha-kunduz) kabi; 

3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, 

borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi. 

2.  Belgini  kuchaytiruvchi  qip-qizil,  yam-yashil,dum-dumaloq,  kuppa-kunduzi,  to‘ppa-

to‘g‘ri,  bab-baravar  kabi  so‘z  shakllari  chiziqcha  bilan  yoziladi  (lekin  oppoq  so‘zi  qo‘shib 

yoziladi). 

3. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-

ko‘cha,  uuma-uu,  rang-barang,  dam-badam  kabi.  Lekin  mustaqil  ishlatilmaydigan  qism 

qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi. 

4.  Rus  tilidan  aynan  yoki  so‘zma-so‘z  tarjima  qilish  yo‘li  bilan  olingan  so‘zlar  asliga 

muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi. 

5. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-ueu) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: 

sen-chi,  boraylik-chi,  sen-a,  kutaman-a,  bola-ya,  mingta-ya,  keldi-ku,  kelgan-u,  yaxshi-yu, 

yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq   (-yoq), -ov (-yov), -




59

 

 



gina (-kina, -qina) yuklamalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keldimi, keliboq, 

o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina  kabi. 

6.  Tartib  son  arab  raqamlari  bilan  yozilsa,  -nchi  qo‘shimchasi    o‘rniga    chiziqcha  (-) 

qo‘yiladi: 7-sinf,  5-«A» sinfi,     3- , 7- , 8-sinf  o‘quvchilari, 60-yillar,  1991-yilning 1-sentabri   

kabi.  Tartib  sonni  ko‘rsatuvchi  rim  raqamlaridan  keyin  chiziqcha  yozilmaydi:  XX  asr,  X  sinf  

kabi. 



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish