358
I.
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o‘rni
O‘zR Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini
oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-37-75-sonli Qarori
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi, O‘zR Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim
tashabbusda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi.
Bu maqsadlar O‘zR Prezidentining kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta
ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida
2017-yil 20-aprelda qabul qilingan «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-29-09-sonli qarorida belgilab berilgan oliy ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarni
amalga oshirishni nazarda tutadi.
Davlatimizning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasidagi siyosatida ko‘zlanganidek,
ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri «oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini
kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak
ma’naviyati va insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish»dir.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biri uning milliy tili ekanligini e’tiborga olsak,
mustaqil davlatimizda davlat tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotgan, ish yuritishda
to‘liq davlat tiliga o‘tilayotgan bugungi kunda barcha mutaxassislarning millatidan qat'iy nazar,
o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.
Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun nutqi uslublardan ham xabardor bo‘lishi,
kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy ish yuritish tilini, muomala madaniyati, kasb odobi
sirlarini bilishi kerak.
O‘zR “Davlat tili to‘g‘risida”gi qarorining 10-moddasida “Korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari
davlat tilida yuritiladi”, - deyiladi.
“O‘zbek tili” fanini o‘qitish O‘zbekistonda istiqomat qiladigan boshqa millat vakillarining
davlat tilini puxta egallashiga, milliy, madaniy qadriyatlarni o‘rganishiga va ularga hurmat bilan
munosabatda bo‘lishiga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida
muloqot yuritishiga zamin yaratadi.
“O‘zbek tili” fani davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot yuritish, tilning orfoepik va imlo
qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili, monologik va dialogik matn tuzish, nutq
uslublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.
Ushbu fan dasturi ta’lim o‘zga tillarda olib boriladigan guruhlarda davlat tilini o‘rgatish
uchun me’yoriy hujjat sanaladi hamda talabalar o‘zbek tilidan egallashlari shart bo‘lgan bilim,
ko‘nikma, malakalarning zaruriy me’yorini asoslab beradi.
“O‘zbek tili” fani bo‘yicha ta’lim samaradorligiga erishish uchun o‘quv jarayonida sohaga
oid yangi adabiyotlardan foydalaniladi, talabalarda innovatsion fikrlashni rivojlantirishga, yangi
g‘oya va tashabbuslarni shakllantirishga e’tibor qaratildi.
Ta’lim sifatini oshirishda talabalar bilimini nazorat qilish bo‘yicha baholashning yangicha
tizimi va mezonlari asosidagi zamonaviy, shaffof va adolatli usullari ishlab chiqildi.