36-mavzu. “KIMYO SANOATI VA HAYOT”
Og‘zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning
ma’nosini izohlash. Matndagi asosiy fikrni ajratib so‘zlab berish.
Yozma nutq:
Mamlakat Kimyo sanoatida yuz bergan yangiliklar haqida xabar tayyorlash.
Kimyoiy terminlar tarkibidagi qisqartma otlar lug‘atini tuzish. Kimyo texnologiyasiga oid
qiziqarli ma’lumotlarni topib yozish.
Grammatika:
Umumxalq leksikasiga kirgan kimyoviy atamalar.
Tayanch so‘z va iboralar:
kimyo sanoati, iqtisodiy terminlar, qo‘shma gap, qo‘shma gap turlari,
bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap.
Kimyo sanoati
— ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lib, xilma-xil kimyoviy
mahsulotlar turlarini ishlab qaradi. Bular: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari
(ammiak, noorganik kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar,
suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam,
sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va
buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo
mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. Kimyo sanoatining mustaqil sanoat tarmogʻiga
aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota ishlab chiqarish boʻyicha dastlabki
zavodlar 1740-yilda Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766-yilda Fransiyada (Ruan), 1805-yilda
Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810-yilda Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan.
Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar
qurildi. AQSHda Kimyo sanoati Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi,
lekin 1913 yilga kelib kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa
chiqib oldi.
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay XX asrning 30-
yillarigacha kimyo sanoati deyarli yoʻq edi. 1910-yillarda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi
olish, oltingugurt ishlab chiqarish, ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan
shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq
fabrikasi) boʻlgan.
Zamonaviy kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yilga to‘g‘ri keladi. 20-asrning 90-yillari
boshiga kelib Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim oʻrinni egʻallagan kimyo sanoati
barpo etildi.
1991-yilda respublika kimyo sanoati korxonalari negizida "Oʻzkimyosanoat" konserni
tashkil etildi. 1994-yil yanvarda konsern "Oʻzkimyosanoat" uyushmasiga aylantirildi.
260
Do'stlaringiz bilan baham: |