120. Juft so‘z ishtirok etgan gapni belgilang.
A) Ertalabga yaqin laylakqor yog‘a boshladi.
B) Hayot asta-sekin o‘z iziga tushib ketdi.
C) Bemor sekin-sekin gapirmoqda edi.
D) Bemorlarga oq yo‘l tiladik.
121. Yangi o‘zbek alifbosi qaysi yozuvga asoslanadi?
A) kirill yozuviga
B) lotin yozuviga
C) arab yozuviga
D) A va B
122. Qaysi qatordagi yonma-yon kelgan undoshlar orasiga talaffuzda bitta i qo‘shib
aytiladi?
A) stadion, stul
B) past, qasd
C) sabr, satr
D) omma, g‘alla
123.Yozilishi va aytilishi bir xil , ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlarga
qanday so‘zlar deyiladi?
A) shakldosh
B) ma’nodosh
C) zid ma’noli
D) paronim
124. Ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) yuz , bet, aft, bashara
B) olma, tut.
C) achchiq–shirin, katta- kichik.
D) darz-dars, asir-asr
Do'stlaringiz bilan baham: |