Vazifa
:
1. Mamlakat Kimyo sanoatida yuz bergan yangiliklar haqida xabar tayyorlash.
2.Kimyo texnologiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlarni topib yozish
GRAMMATIKA: UMUMXALQ LEKSIKASIDA KIMYOVIY
ATAMALARNING ISHLATILISHI.
Kimyo sanoati
Kimyo sanoati xalq xo‘jaligining muhim sohalaridan biridir. Hozirgi paytda hayotni
kimyosiz va kimyo sanoatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kimyoni ajoyib o‘zgarishlar
sanoati deyish mumkin. U tabiatda uchramaydigan materiallarni sintez qilishda, ulardan turli-
tuman mashina va asboblar yaratishda, turar joylar qurishda va xalq iste’mol buyumlarini ishlab
chiqarishda ishlatishga imkon beradi. Shu sababli kimyo jadal sur’atlar bilan rivojlantirilmoqda.
Kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastmassa, sun’iy tola, sun’iy yoqilg‘i, bo‘yoqlar, dorilar
va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqaradi. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar va
o‘simliklarni zararkunandalardan, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qiluvchi kimyoviy
vositalar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Ularni ishlatish mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning eng muhim tadbirlaridan biridir.
Kimyoviy usullar yordamida mamlakatimiz sanoatining asosi bo‘lgan metallar olinadi,
ularni korroziyadan himoya qiladi, asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari – kislotalar, ishqorlar,
tuzlar ishlab chiqariladi. Keyingi yillarda inson oldida turgan eng muhim vazifalardan biri atrof-
muhitni, ya’ni yashash muhitini va odamning ishlab chiqarish faoliyatini muhofaza qilish bo‘lib
qoldi. Atrof-muhit sanoat chiqindilari, transport va energetik qurilmalardan chiqadigan gazlar,
rangli metallurgiya, kimyo sanoati korxonalari va boshqalar tomonidan chiqarilib tashlanadigan
chiqindilar bilan, ayniqsa ko‘p ifloslanmoqda. Mamlakatimizda atrof-muhitga nisbatan avaylab-
asrash munosabatida bo‘lish va tabiiy boyliklardan unumli foydalanish amalga oshirilmoqda.
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi mutaxassislar uchun kimyoni chuqur bilish nihoyatda
zarurdir.
Topshiriqlar:
1. Kimyoviy terminlar tarkibidagi qisqartma otlar lug‘atini tuzish.
2.Yoqorida berilgan matndan kimyoiy terminlarni toping.
3
. Matnni o‘qing. Tayanch so‘z va so‘z birikmalarini eslab qoling: sintetik kauchuk, plastmassa,
sun’iy tola, bo‘yoq, ishqor, tuz, rangli metallar.
4
. Matnni lug‘at yordamida rus tiliga tarjima qiling.
5. Quyidagi so‘zlarni o‘qing, ulardagi unlilar talaffuziga e’tibor bering.
Tuproq, o‘g‘it, tarkib, eritma, qotishma, ma’dan, modda, xossa, reaktiv, ekologiya, biokimyo,
mikroelement, kislota, asos, zarracha, xususiyat, qutbsiz, toshko‘mir, neft, gaz, efir, sellyuloza,
oqsil, kalsiy, magniy.
Do'stlaringiz bilan baham: |