Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi
maza-matrasiz qo‘shiqlarni yotib olib eshitayotgani rost. Aholining yarmini yoshlar tashkil
etadigan yurtda bu holni salbiy jarayon deb atash mumkindir.
Bugungi ayrim o‘g‘il-qizlarimizdagi kamchilik turmushdagi kamchilikning yo‘qligidadir.
Juda ko‘p kuzatamiz: kim insonga samimiy munosabatda bo‘lsa, atrofdagilarni qadrlasa, o‘sha
odam hayotda qiyinchilik ko‘rgan, bir burda nonning qanday paydo bo‘lishini yaxshi biladi. Va
aksincha, kim ota-onasining o‘ta g‘amxo‘rligi qurshovida o‘ssa, hamma narsa badastir bo‘lsa,
o‘zgalarga bepisand, qadrsiz qaraydi.
Ammo yoshlar orasida hech narsaga qaramay, ta’bir joiz bo‘lsa, «yorib chiqayotganlar»
ham borligini tan olish kerak. Ular sport, san’at, ilm-fan sohasida ilgari egallanmagan marralarni
zabt etmoqda. Va bu yoshlar mumtoz qo‘shiqlarimizni ham, milliy o‘zbek adabiyotini ham,
zamonaviy fanlarni ham, internet texnologiyalarini ham yaxshi biladi. Masalan, Davronbek
Tojialiev ismli bir talaba tashkil qilgan www.ziyo–uz.narod.ru internet-sayti bor. Bu saytga
Umar Hayyom, Hofiz Sheroziy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shavkat Rahmon kabi
shoirlarning barcha she’rlari, mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining shoh asarlari elektron
ko‘rinishda kiritilgan. Saytdagi milliy ma’naviyatga bag‘ishlangan forum sahifalarda esa har
kuni 200 dan ziyod yoshlar qatnashadi.
Bugungi avlod o‘tmish ajdodlarimizdagi qaysi jihatlarni o‘ziga qabul qilishi kerak, deb
savol qo‘yilsa, mardlik, tantilik, oriyat kabi xalqimizning azaliy qadriyatlari birlamchi o‘rinda
turadi. O‘zbekda «Belda belbog‘ing bormi?» degan ibora bor. Inson o‘z izzat-nafsi uchun
qanday talashib-tortishsa, kindik qoni to‘kilgan zamin, ya’ni Vatani sha’ni uchun ham shunday
kurasha olishi kerak. Biz yoshlarimizda ana shu fazilatlar mustahkam tarkib topishini istaymiz.
Axir, sizlar O‘zbekistonning ertangi taqdirini belgilaysizlar! Bunga hech kim befarq
bo‘lolmaydi.
Bu yo‘lda adashmaslik uchun nima qilish kerak? Albatta, e’tiqodi, yashash tarzi, kasb-
kori, ma’lumoti jihatdan har kim turli darajada bo‘lishi tabiiy. Lekin ularning hammasini bir
xislat – niyatning pokligi birlashtirib turishi kerak. Tinch-osoyishta hayot, bunyodkorlik, xayrli
ishlar – xalqimizning asosiy fazilati. Bunga esa, pok niyat bilan erishiladi. Eng to‘g‘ri mezon,
mana shu.
Lug‘at
qadimgi – древний diniy - религиозный
davr – период soha - сектор
sarkarda – командир ozod - свобода
o‘zaro – совместный e’tibor - внимание
zavq -восхищение ayrim-некоторые
tuyg‘u–чувства serqirra-многогранный
ehtiyoj –нужда kushanda – пожиратель
“Aqliy hujum” usuli yordamida suhbat.
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |