Muammoli savollar (amaliy misollar bilan yoriting).
1. Uslublarning o‘rtasidagi farqni korsating?
2. Har bir uslubning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.
Topshiriq.
Berilgan matnni o‘qing va mazmunini sharhlang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018- yil 20- noyabr kuni neft-
gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish
masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Neft-gaz
sanoati
mamlakatimiz
iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Ushbu soha nafaqat energiya ishlab
chiqaradi, balki ko‘plab tarmoqlar uchun
zarur bo‘lgan polimerlar, organik kimyoviy
moddalar hamda azotli mineral o‘g‘itlar
ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi
hisoblanadi. Keyingi ikki yilda sohada
amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz
qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi,
aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan
gaz 1,6 barobar ko‘p yetkazib berildi. Shu
davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qo‘shimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab
chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan talab qondirib kelinmoqda.
Sho‘rtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning o‘zida gazga nisbatan qo‘shilgan
qiymati 4 barobar ko‘p bo‘lgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab
chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030 yilgacha geologiya-
qidiruv ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha
umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish
belgilangan.
Bugungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli
mahsulotlar olinayotgan bo‘lsa, kelgusi 10 yilda bu ko‘rsatkichni 7 barobar oshirish
imkoniyati bor. Shuning uchun “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati neft va gaz kimyosi
yo‘nalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi ta'kidlandi. Jumladan, aromatik
uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi
mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen
va polipropilen ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyati mavjud. Ushbu loyihalarni amalga
oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablag‘ jalb qilinishi lozim. Shuning uchun yevropa
mamlakatlari, Yaponiya, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |